Asosiy qoidalar


-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

349-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki
Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga
haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun
ahamiyatga molik ma’lumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan
joyni ko‘rsatishni so‘rab murojaat qiladi.
Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga ko‘ra, ayrim tergov harakatlarida
ishtirok etish uchun o‘z oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin.
Jamoatchilik vakillari bo‘lmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu
Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari to‘g‘risidagi qoidalari to‘liq
tatbiq etiladi.
350-modda. Dastlabki tergovning boshlanishi
Tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, uni o‘z ish yurituviga oladi va bu haqda ish qo‘zg‘atilganligi
to‘g‘risidagi qarorga yozib qo‘yadi. Basharti tergovchiga oldin qo‘zg‘atilgan ish berilgan bo‘lsa, u
ishni o‘z yurituviga olganligi to‘g‘risida qaror chiqaradi, shundan so‘ng dastlabki tergovni boshlaydi.
351-modda. Dastlabki tergov muddatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Dastlabki tergov jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda
tamomlanishi lozim.
(351-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat
davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha ish
yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo‘shimcha
ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi
yangi jinoyat bo‘yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo‘lsa, tegishli qaror chiqarilgan
kundan e’tiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida
ish yurituvga ajratilgan bo‘lsa, o‘sha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
(351-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-123-sonli 
Qonuni
asosida
ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 502-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ish ayblov xulosasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxud
taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan
jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga
topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov
tamomlangan hisoblanadi.
(351-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-193-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi:
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va
ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
2) dastlabki tergov to‘xtatib turilgan vaqt;
3) qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish tergovchiga kelib
tushgunga qadar o‘tgan vaqt.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga
tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin.
1


Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki
uning o‘rinbosarlari tomonidan yetti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ish qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki
tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan
paytdan e’tiboran bir oy doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga
berilgunga, to‘xtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar o‘tgan tergov muddati hisobga olingan
holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(351-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan beshinchi — sakkizinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT,
2017-y., 13-son, 194-modda)
Tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani tergovchi tergov muddati tugashidan
kamida o‘n sutka ilgari prokurorga topshiradi. Prokuror o‘z ustxati bilan iltimosnomani
qanoatlantiradi yoki dastlabki tergovni tamomlab, ishni sudga yuborish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi
yoxud jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish