Asosiy qoidalar


-modda. Guruh a’zolari bo‘lgan tergovchilar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

356-modda. Guruh a’zolari bo‘lgan tergovchilar
Guruh a’zolari bo‘lgan tergovchilar guruh rahbari bo‘lgan tergovchi topshiriqlarini,
ko‘rsatmalarini bajaradilar va bu to‘g‘rida uni xabardor qiladilar.
Guruh a’zolari bo‘lgan tergovchilar tomonidan bajarilgan tergov harakatlarining natijalari
jinoyat ishini yuritishga qabul qilib olgan tergovchi bajargan harakatning natijalari bilan bir xil
ahamiyatga egadir.
Guruh a’zosi bo‘lgan tergovchi guruh rahbari bo‘lgan tergovchining topshirig‘ini,
ko‘rsatmasini qonunga xilof yoki asossiz deb hisoblasa, bu haqda u guruh rahbariga o‘z e’tirozlarini
bildiradi. Guruh rahbari bo‘lgan tergovchi bu e’tirozlarni ko‘rib chiqib, topshiriqni yoki ko‘rsatmani
bekor qiladi yoki uni ijro etish uchun boshqa tergovchiga beradi yoxud o‘zi tegishli tergov harakatini
bajaradi. Guruh a’zosi bo‘lgan tergovchi o‘z e’tirozlari bo‘yicha tergovchilar guruhining rahbari qabul
qilgan qarorga rozi bo‘lmasa, nazorat olib boruvchi prokurorga o‘z e’tirozlarini yetkazadi, prokuror
uzil-kesil qaror qabul qiladi.
357-modda. Tergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi
Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda ko‘zdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa
tergov harakatlarini o‘tkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda bo‘lishlari yoki
bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda
bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir bo‘lgan shaxslarni kuzatish ta’minlanishi lozim bo‘lib qolsa,
tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining o‘zi unga yordam berayotgan


surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar,
surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi.
358-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat
berish
Tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat tergov bo‘linmasi boshlig‘iga va ishni
tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi.
Prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi prokurorga beriladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish