Asosiy qoidalar


-modda. Ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

206-modda. Ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish
Boshqa shaxslardan topilgan, olib qo‘yilgan yoki qabul qilib olingan narsalar ushbu
Kodeksning 
135 — 137

139 
va 
140-moddalarida 
ko‘rsatilgan qoidalarga asosan darhol ko‘zdan
kechiriladi.
Ko‘zdan kechirishda narsaning ishga taalluqliligi haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan,
shuningdek uni boshqa narsalardan farqlovchi belgilar aniqlanishi lozim.
Ko‘zdan kechirish jarayoni va uning natijalari narsa olingan paytda o‘tkazilayotgan tergov
harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
207-modda. Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish
Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risida
surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni
ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim.
208-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va boshqa joyga yuborish
Ashyoviy dalillarni saqlash, shuningdek ularni ekspertiza o‘tkazish uchun yuborishda yoki
jinoyat ishi boshqa surishtiruv, dastlabki tergov organiga, prokurorga yoxud sudga o‘tkazilishi
munosabati bilan yuborish chog‘ida ashyoviy dalillarning yo‘qotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-
biriga qo‘shilib yoki aralashib ketishining oldini olish choralari ko‘rilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishni o‘tkazishda u bilan birga yo‘llanadigan ashyoviy dalillar ilova xatda yoki unga ilova
qilinadigan ro‘yxatda birma-bir sanab o‘tiladi. Bundan tashqari, ayblov xulosasiga yoki ayblov
dalolatnomasiga ilova qilingan ma’lumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining
qayerda ekanligi ko‘rsatilib, birma-bir sanab o‘tilishi lozim.
(208-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda surishtiruvchi, tergovchi yoki
sudya xolislar ishtirokida, zarur bo‘lganda esa, shuningdek ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida
1
1


olingan dalillarni ko‘zdan kechiradi va ularni ilova xati yoki ro‘yxati bilan solishtiradi. Ko‘zdan
kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi.
Ashyoviy dalillar, ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan
yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ishni tugatish to‘g‘risidagi qarori bilan hal
qilinmagunga qadar saqlab turiladi. Ushbu Kodeksning 
210-moddasida 
nazarda tutilgan hollarda
ashyoviy dalillarga oid qaror ish yuritish tamom bo‘lgunga qadar qabul qilinishi mumkin.
Ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yilgan narsaga egalik qilish huquqi borasidagi nizo
fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi lozim bo‘lganda, bu narsa fuqaroviy ish bo‘yicha
sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlanishi lozim.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish