Oldingi
tahrirga qarang.
201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra hujjatlarni
taqdim qilish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va
boshqa mansabdor shaxslari
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki
o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida taftish yoki
boshqa xizmat tekshiruvi o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani
barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi
dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar
va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab
qilishga haqli.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
202-modda. Narsa va hujjatlarni taqdim qilish bayonnomasi
Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlar taqdim
qilinganligi to‘g‘risida
ushbu Kodeksning
90 — 92-moddalarida
nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib
qo‘yadi.
Bayonnomada:
1) narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) bu shaxsning narsa yoki hujjatni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
3) narsa yoki hujjatni ko‘zdan kechirish jarayoni va natijalari, agar u pochta orqali yuborilgan
bo‘lsa, uning o‘ramasini ko‘zdan kechirish natijalari;
4) narsa yoki hujjatning surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga haqiqatan ham topshirilgani
yoxud narsa yoki hujjat uni keltirgan shaxsga qaytarib berilgani ko‘rsatiladi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli bo‘lgan yoki ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa
yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki
tergovchi bayonnomadan nusxa, sud
majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan ko‘chirma beradi.
Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan bo‘lsa, bayonnomaning nusxasi yoki
undan olingan ko‘chirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga jo‘natiladi, pochta pattasi
bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki
hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham
pochta pattasi bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish
haqidagi
iltimosni rad qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va
boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida
taqdim qilingan boshqa
hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qo‘shib qo‘yiladi.
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun so‘ralgan narsalarning
qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud
majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan
rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa,
ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan
tergov davomida
ishlatilgan bo‘lsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: