Asosiy qoidalar


-modda. Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

209-modda. Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash
uchun topshirish
Ishga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib qo‘yilgan pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari,
zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa
buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida ko‘zdan
kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qo‘yilgan yoki qabul
qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit
hisobiga topshirilishi shart.
(209-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lgunga qadar ashyoviy dalillar to‘g‘risida
qabul qilinadigan qarorlar
Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan narsalar; uy
hayvonlari, parrandalar va boqish lozim bo‘lgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari
o‘tkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim.
Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy
egasi yoxud mulkdori noma’lum bo‘lgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ularni qaytarib berish
mumkin bo‘lmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish
uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim.
211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar
to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar
Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar
masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat
qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib
yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan
mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek
merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga
tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi
shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;
(211-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo‘q qilib
yuboriladi;
3) hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan ashyolar yo‘q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar
yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
4) jinoyat yoki boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va
mulkdoridan mahrum bo‘lib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga
yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib berilishi lozim;


5) jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat
natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar ko‘rgan shaxs
aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o‘tkaziladi;
6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab
turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish