227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab
turish
(227-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi
tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni
muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning
224-moddasi
qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi
boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish to‘g‘risida ushlab turish
haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim.
(227-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(227-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-100-sonli
Qonuni
bilan chiqarilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab o‘tgan vaqt ayblanuvchini qamoqda
saqlash yoki uning uy qamog‘ida bo‘lishi hamda Jinoyat kodeksining
62-moddasida
belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.
(227-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga
keltirilganidan so‘ng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi
yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga
joylashtiriladi.
(228-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va
daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
(228-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar
jihozlanadi.
(228-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda
belgilanadi.
(228-moddaning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-
sentabrdagi O‘RQ-299-sonli
Qonuniga
asosan to‘rtinchi qism bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son,
410-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(229-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli
Qonuniga
asosan
chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |