Asosiy qoidalar


-modda. Shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan namunalar olish tartibi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

194-modda. Shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan namunalar olish tartibi
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan namuna olish
to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni shifokorga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. Shifokorni, boshqa
mutaxassisni, xolislarni rad etish masalasini qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki
sud hal qiladi.
Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun
namunalar oladi. Bunda og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli
bo‘lmagan ilmiy-texnikaviy vositalardan foydalanilishi mumkin. Namunalar o‘ralib va muhrlanib,
surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboriladi.
Tekshirish uchun hayvonlardan namunalar olish zarurati tug‘ilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki
sud tegishli qarorni yoxud ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi.
195-modda. Ekspert tomonidan tajriba uchun namunalar olish
Tekshiruv o‘tkazish jarayonida ekspert tomonidan ushbu Kodeks 188-moddasining 
to‘rtinchi
qismida 
nazarda tutilgan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin.
Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chog‘ida hozir bo‘lishga haqli
bo‘lib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi.


Ekspert tekshiruv o‘tkazib bo‘lganidan keyin namunalarni muhrlangan holda o‘z xulosasiga
qo‘shib qo‘yadi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa sud va taraflar ekspert taqdim qilgan
tajriba namunalarini ko‘zdan kechiradilar, shundan so‘ng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga
qo‘shib qo‘yiladi.
196-modda. Namunalar olishda shaxs huquqlarining himoya qilinishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qo‘llaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy
vositalar inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi lozim. Kuchli og‘riq beradigan murakkab
tibbiy tadbirlar va usullarni qo‘llash namuna olinishi lozim bo‘lgan shaxsning roziligi bilan, basharti
u voyaga yetmagan yoki ruhiy holati buzilgan bo‘lsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki
homiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(196-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi O‘RQ-587-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Namuna olish namuna olinuvchini yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, shifokor,
boshqa mutaxassis, xolislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda bo‘lishlari lozim.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish