Mavzu: XX asr oxiri XXI asr boshlarida globallashuv muommolari, harbiy va ekstrimistik xavf-xatarlarning


Terrorizmning asosiy uch tasnifini birmuncha batafsil ko‘rib chiqish zarur



Download 457,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana14.07.2022
Hajmi457,79 Kb.
#794506
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
14 ma'ruza

Terrorizmning asosiy uch tasnifini birmuncha batafsil ko‘rib chiqish zarur. 
Birinchi tipologiya
terrorchilar faoliyatining xususiyati prinsipiga, ya‘ni
bu faoliyat u ichki, transmilliy yoki xalqaro ekanligiga ko‗ra qurilgan. Bu 
terrorchilik faolligining oldini qonuniy yo‗l bilan olish darajasi ni belgilab beradi. 
Ushbu tipologiyaga muvofiq terrorizm quyidagilarga bo‗linadi: 
1 - Ichki: fuqarolarning o‗z hududida o‗z davlatiga qarshi harakatlari. 
2. Transmilliy: bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududidagi o‗z 
vatandoshlariga qarshi harakatlari. 
3. Xalqaro: terrorchilar xalqaro, millatlararo guruxdarining boshqa davlat yoki 
davlatlar ga qarshi harakatlari. 
Ikkinchi tasnif
terrorchilik faoliyati sabablari bo‗yicha turlarga ajratishdir.
Bu tasnifga ko‗ra, terrorizm quyidagi mustaqil turlarga bo‗linadi: 
— siyosiy terrorizm; 
— mafkuraviy terrorizm; 
— millatchilik terrorizmi; 
— dunyoqarash bilan bog‗liq terrorizm; 
— jinoiy terrorizm. 
1. Siyosiy terrorizm tarafdorlari uni siyosiy kurash metodlaridan biri deb 
xisoblashadi. Ushbu metodning moxiyati siyosiy dushmanlarni bartaraf qilish, 
hokimiyat tuzilmalarini muayyan ishni qilishga yoki qandaydir ishni qilmaslikka 
majburlash maqsadida amalda o‗ta zo‗ravonlik choralarini ko‗rish yoki shunday


kdpish bilan taxdid soli shdan iborat. Siyosiy faoliyatning ushbu turi amalda 
davlat arboblari va siyosiy arboblarni shantaj qilishda, ularni o‗ldirishda, garovga 
olishda, transport ishi ga siyosiy aralashuvda va boshqa zo‗ravonlik harakatlarida 
ko‗zga tashlanadi.Ayni mahalda, siyosiy terrorizm haqida gapirganda, uning ikki 
kichik turi i i farkdash zarur. Bular: davlat terrori hamda oppozitsion 
(hukumatparast va hukumatga qarshi) terrordir. Terrorchilik faoliyatining bu ikki 
turi o‗rtasidagi f arq shundaki, davlat terrori — hukmron elita tomonidan sodir 
etiladi gan, kuch ishlatadigan davlat tuzil malarin ing qatag‗on ko‗rinishidagi
kuch-quvvatiga tayanadigan oshkora zo‗ravonlik. Maxsus xizmatlar bunday 
metodlardan davlat dushmanlarini yo‗q qilishda foydalanishgan va foydalanib 
kelishmokda. Oppozitsion terror esa xukmron rejimga dushman guruxlar 
tomonidan siyosiy kurash vositasi sifatida foydalaniladigan zo‗ravonlikdan yoki
shunday zo‗ravonlik bilan kurqitishdan iborat. Oppozitsion terror ko‗pincha 
alohida terrorchilik harakatlari — davlat arboblarini o‗ldirish, jamoat joylarida
portlatishlar sodir etish, garovga olish va boshqalarda namoyon bo‗ladi. 
2. Mafkuraviy terrorizm tub ichki ijtimoiy-siyosiy mojarolar negizida
shakllanadi hamda so‗l va o‗ng terrorizmda namoyon bo‗ladi. Ayrim
tadqiqotchilar bu turni ijtimoiy terrorizm (chunki uning sub‘ektlari dunyoni,
mamlakatni o‗z mafkuraviy konsepsiyalariga muvofiq ijtimoiy qayta
qurishning turli variantlarini olg‗a surishadi) yoki tor ma‘nodagi siyosiy 
terrorizm, deb ta‘riflashadi. So‗l (revolyusion, «qizil») terrorizm mafkuraviy
jihatdan turlicha so‗l doktrinalarga (marksizm, leninizm, troskizm, anarxizm, 
gevarizm, maoizm va sh.k.), revolyusion vaziyatni va aholining ommaviy 
chiqish larini yuzaga keltirish bo‗yicha keng ko‗lamli strategiyani amsshga
oshirish orqali tizimlarni zo‗ravonlik bilan yo‗qotishga tayanadi. Biznes 
vakillari, davlat amaldorlari va xavfsizlik organlari xodimlari, hukumat bilan
hamkorlik qiluvchi mustaqil mutaxassislar, hukumatparast siyosiy partiyalar 
amaldorlari so‗l terrorchilar uchun nishon hisoblanadi. Odatda, ichki bo‗hronlar 
keskinlashgan chog‗da so‗l terrorizm faollashadi. So‗l mafkuraviy terrorizm
Yevropada juda kengyoyilgan (GFRda «Kizil Armiya Fraksiyasi» (RAF),
Italiyada «Kizil Brigadalar», Fransiyada «To‗g‗ridan-to‗g‗ri harakat»
tuzilmalari, Gresiyada «Xalq revolyusion kurashi» va b.). Tarixan qaraganda, 
so‗l terrorchilarning jangovar tashkilotlari uncha uzok, muddat ish olib bormaydi. 
O‗ng (kontrrevolyusion, «qora») terrorizm millat uchun an‘anaviy bo‗lgan
siyosiy doktrinalar va qadriyatlarga, tarixan esa o‗tmish milliy arboblarga 
yo‗nalgan bo‗ladi va so‗l kuchlar tomonidan tahdid kuchaygan davrlarda qisqa 
muddatga faollashadi. Bunda so‗l va liberal siyosatchilar hamda faollar ularga 
nishon bo‗ladi. 


3. Millatchilik terrorizmi etnik belgilarga ko‗ra amalga oshiriladi. Umum e‘tirof 
etilishicha, ekstremizmninghozirgi amaliyotida millatchilik terrorizmi ancha keng 
yoyilgan. U, odatda, o‗ta shafqatsizligi va qurbonlari ko‗pligi bilan ajralib 
turadi.Millatchilik terrorizmi ayrim millatlar va etnoslarning xuquq hamda
manfaatlari chinakam yoki soxta buzilishiga qarshi kurashdek nomonand 
shaklda bo‗ladi. Lekin terrorning bu turi, pirovard natijada, siyosiy maqsadlarga:
mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, mamlakatning davlat (ko‗pincha, federal)
tuzilishini, mamlakatdagi mavjud milliy-davlat yoki ma‘muriy-hududiy 
tuzilmalarni va sh.k.ni zo‗ravonlik bilan o‗zgartirishga ham yo‗naltirilgan
bo‗ladi. Ispaniya, Fransiya, Angliya, Belgiya va Yevropaning boshqa bir qator 
mamlakatlarida millatchi ekstremistik tashkilotlarning yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan 
maqsadlarga erishish bo‗yicha faolligi kuchayayotgani kuzatilmokda. 
Millatchilik terrorizmi, o‗z navbatida, separatistik, milliy-ozodlik, repressiv-milliy 
va xududiy-separatistik terrorizmga bo‗linadi. 
4. Dunyoqarash bilap bog‗liq terrorizm xukmron normalar va munosabatlar bilan 
mutlaqo kelishmaslik sabablariga ko‗ra amalga oshiriladi. Bu turga diniy,
ekologik, «kontrabort», feministok terrorizm kiradi. 
Bular orasida eng keng tarqalgani — diniy terrorizm. D.V. Olsh anskiy 
bunday deb yozadi: «Diniy terrorga fanatizm — voqelikni juda tor idrok etish, 
«yagona to‗g‗ri» qarashlardan farkdanuvchi qarashlarni qabul qilmaslik, an‘anaviy 
e‘tiqod xosdir. Diniy fanatizm «kofirlarni» o‗ldirgan kishi jannatga tushadi», 
degan mutlaq e‘tiqodga asoslanadi». Diniy terrorizm, o‗z navbatida,
fundamentalistik va sektantlik terrorizmiga bo‗linadi. 
Fundamentalistik terrorizmda din terrorchilarga hukumatga qarshi kurash
konsepsiyasini ta‘riflash imkonini beradigan dunyoqarash pozitsiyasi bo‗lib 
xizmat qiladi. Buning yorqin misoli — AQSh dagi protestantizmga yo‗naltirilgan 
«Oriylar Millati» yoki Isroildagi yahudiylar fundamentaliz i — «KAX»dir. 
Hozirgi dunyoda islom terrorizmi juda keng tarqalgan bo‗lib, uning 
tarafdorlari musulmonlar istiqomat qilayotgan mamlakatlarda islomiy tartibotni 
qaror toptirishga urinishadi. Bunday tashkilotlar jami 150 tadan ziyod. 
Sektantlik terrorizmi zo‗ravonlikni hokimiyatni qulga olish va nisbatan mukammal 
mamlakat qurish sharti sifatida qarovchi totalitar xarakterdagi turli marginal 
sektalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday turdagi terrorizm uchun butun
jamiyat ta‘sir ko‗rsatish ob‘ekti bo‗lib qoladi. M enson to‗dasi (AQSh ), Aum
Senrikyo (Yaponiya) bunga misol bo‗la oladi. 5. Jinoiy terrorizm siyosiy
beqarorlik onlarida yuzaga keladi, uni ko‗pincha oddiy uyushgan jinoyatchilik 
bilan chalkashtirishadi yoki unga xos xususiyatlarni boshqa turdagi terrorizmga 
taqashtirishadi. 


Terrorizmning 

Download 457,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish