ijrochilari o‗rtasida aniqaloqa mavjudligi xos bo‗lgan, ya‘ni terrorchilar qurbon
sifatida muayyan davlat yoki jamoat arboblarini tanlashgan bo‗lsa,
XX asrning
ikkinchi yarmida qurbonlar terrorchilar oldida aybdor ham, ularning talablariga
aslo aloqador ham bo‗lmagan tendensiya yuzaga kela boshladi va hozir u
shakllanib bo‗ldi.
XX asrning ikkinchi yarmida kish ilarning o‗zi emas, balki siyosiy vaziyat
terrorchilar
nishoniga aylandi, endi tinch aholiga qarshi qaratilgan terror
vositasida uni terrorchilar uchun kerakli yo‗nalishga sol ishga harakat
qilinmokda. Terrorchilar kishilar qalbiga sarosima va qo‗rquv sol ishga umid
bog‗lashmoqda va shunga intilishmokda. Lekin bu birdan-bir maqsad emas, balki
muayyan siyosiy maq-sadlarga erishish vositasidir.
«Yangi dunyo tartiboti» shakllana boshlashi, global xalqaro tizimda
bo‗hronli
vaziyatlarning ortib borishi, strategik noayonlikning jiddiy
kuchayishi, xalqaro huquqning mavjud normalarini keng ko‗lamda taftish
qilishning boshlanishi va h.k. sayyoramizning ko‗plab qismlarida turli radikal
kuchlar va oqimlar kuchayishiga ko‗maklashdi.
XX asr oxirida birmuncha jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar
guruhi paydo bo‗ldi. Ularning hukmron doiralari
jahon xomashyo manbalarini,
savdo-sotiq bozorlarini, kapital joylash tirish sohasini tubdan qayta taqsimlash
ga intildilar. Bularning bari hozirgi dunyoda davlatlar va davlatusti tuzilmalar
(korporatsiyalar, moliyaviy institutlar va sh.k.) o‗zaro munosabatining yangi
tizimi qaror topish iga olib keldi. O‗tmishda hokimiyat uchun kurashda
ishlatilgan an‘anaviy vositalarning ko‗pchiligi negizida
davlat suvereniteti
yotgan bo‗lsa, XX asr oxiridagi siyosiy sharoitda yangi hokimiyat da‘vogarlari
uchun bu vositalar qo‗llanishga yaroqsiz bo‗lib chikdi. Ularga an‘anaviy
hokimiyat tizimlariga mintaqa, davlat, qit‘a miqyosida samarali ta‘sir
ko‗rsatish imkonini beradigan vosita zarur edi. Bunda ran, aslida,
hokimiyatni suveren davlatchilikning nominal alomatlari saqlanib qoladigan
tarzda qayta taqsimlash usullari haqida bormokda. Bular: davlat chegaralari,
parlamentlar, prezidentlar va h.k.lardir. Global tizim
sifatida modernizatsiya
qilingan terrorizm shunday bo‗lib qoldi.
Terrorchilik tuzilishi ham maqsadiga qarab o‗zgardi. Hozirgi zamon
terrorizmi ko‗lamiga monand jihozlangan qudratli tuzilmalardir. Qachonlardir
parokanda bo‗lgan terrorchi tashkilotlar bugungi kunda umumiy mafkuraviy-
konfessional, harbiy, tijoriy va boshqa asoslarda o‗zaro aloqa o‗rnatishgan.
Terrorchi guruhlar, ayniqsa, ularning rahbarlari
qurol-aslaha sotib olish, bir-birini
yashirish, keng kulamli (masalan, Afg‗oniston yoki Livandagi singari)
operatsiyalarni amalga oshirishda funksiya va vazifalarii taqsimlash masalalarida
ko‗p hollarda jips aloqada ish olib borishadi. Xalqaro terrorchilar hamjamiyati
kuch va vositalar bilan manyovr qilishni, ko‗plab qurol-aslaha hamda jangarilarni
nolegal yo‗llar bilan bir joydan boshqasiga tashlashni o‗rganib olganligini
ta‘kidlash mumkin. Ayni mahalda xalqaro
terrorizmga qarshi kurashda
foydalaniladigan mavjud siyosiy va huquqiy mexanizmlarning nuqsonlari
ko‗rinib qoldi.
Bular: kuch ishlatuvchi idoralarning davlat ichidagi va xalqaro ko‗lamdagi ishi
lozim darajada muvofiqlashtirilmaganligi, turli mamlakatlardagi har xil ijtimoiy-
siyosiy kuchlarning zamonaviy terrorizmning kelib chiqishi va unga qarshi
kurash masalalariga munosabati xilma-xilligidir.
Bir so‗z bilan aytganda, terrorizm
hozirgi bosqichda xalqaro, global
xususiyat kasb etdi. U XX asrning 80—90-yillaridan boshlab murakkab hodisaga
aylandi. Terrorizmning globallashuvi va tobora kengroq baynalmilallashib
borayotgani bugungi kunda bahs talab qilmaydigan fakt bo‗lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: