Mavzu: XX asr oxiri XXI asr boshlarida globallashuv muommolari, harbiy va ekstrimistik xavf-xatarlarning



Download 457,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana14.07.2022
Hajmi457,79 Kb.
#794506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
14 ma'ruza

Geynsgen 
ma‘lum darajada hozirgi terrorizm nazariyasining asoschisi 
bo‗ldi. Reaksion qo‗shinlarningkuchi va intizomiga shunday kurolni qarshi
qo‗yish kerakki, toki kishilarning kichik bir guruhi uning yordamida eng ko‗p 
darajada tartibsizliklarni yuzaga keltira olsin, deb hisoblardi u. Shu nuqtada
Geynsgen zaharlovchi gaz, raketalarga umid boglagan, shuningdek qirg‗in qilish 
ning yangi vositalarini izlab topish ni talab qilgandi. Bu keyinchalik
Bakuninning «vayron qilish nazariyasi»da rivojlantirilgan va chukurlashtirilgan 
«bomba falsafasi» edi. Bakunin o‗z asarlarida bitta harakatni — vayron 
qilishni e‘tirof etish to‗g‗risidagi fikrni himoya qilardi. 
XIX asrning oxiri Yevropa va AQSh da anarxistlarning uzluksiz terrori,
Rossiyada terrorchilik kurashi va Irlandiya, Polsha, Balkanda hamda 
Hindistonda terrordan foydalangan holda milliy ozodlik uchun kurash davri bo‗lib 
qoldi. Anarxistlar olga surgan doktrina mohiyatiga ko‗ra so‗z emas, balki 
terrorchilik harakatlarigina ommani hukumatga tazyiq o‗tkazishga undashi
mumkin. oqlangan» terrorizm ijtimoiy hayotning doimiy omiliga aylanib bordi.
Rus narodniklari, Irlandiya, M akedoniya, Serbiyadagi radikal millatchilar, 90-
yillar F ransiyasidagi anarxistlar, shuningdek, Italiya, Ispaniya, AQSh dagi
monand harakatlar uning eng yorqin ko‗rinishlari edi. 


Terrorizmni uzoq vaqt, hatto, Birinchi jahon urushigacha ham 
so‗llarning quroli deb xisoblab keliidi, bu urush tugagach terrorni o‗nglar 
o‗zlariga qurol qilib olishdi. 1919 yilda Karl Lyuksemburgning, 1934 yilda Yu 
goslaviya qiroli Aleksandrning va Fransiya tashki ishlar ministri Bartuning 
o‗ldirilishi o‗sha davrdagi eng yirik teraktlar bo‗lib qoldi. Keyinchalik terror
Germaniya, Fransiya, Vengriya, Ruminiyadagi millatchi separagistlar va fash 
istlar harakatlari tomonidan amalda qo‗llana boshladi. 20-yillar boshida Veymar
Germaniyasida G‗arb bilan hamkorlikni yokdab chiqqan siyosatchilarning 
ko‗plab o‗ldirilishi bunday terrorizmning yorqin misoli edi, zotan «vatanparvarlar» 
bunday hamkorlikni milliy xiyonat deb hisoblashardi. 1920 yilda Germaniya 
nomidan Versal tinchlik shartnomasini imzolagan va unga amal qilishni
yoqlab chiqqan M. Ersbsrger o‗ldirildi, 1921 yilda respublikaning birinchi 
kansleri F. Sheydemannga suiqasd qilindi, 1922 yilda esa yirik sanoatchi, tashqi
ish lar ministri, G‗arb bilan Sh arqo‗rtasida muvozanat siyosatini o‗tkazgan,
millati yahudiy bo‗lgan V. Ratenau o‗ldirildi. 
XX asrning 30—40-yillari terrorizm tarixida u davlat darajasiga olib 
chikilgan yangi davr boshi bo‗lib qoldi. Misol tariqasida, tabiiyki, fashistlar 
Germaniyasi keltiriladi, zero uning rahbariyati terrorizmni to‗sqinlik qiluvchi 
muhim figuralarni bartaraf etish yo‗li bilan siyosatni amalga oshirish vositasi 
sifatida ishga solgandi. 1934 yildayoq bir qancha mudhish harakatlar sodir etildi. 
25 iyulda kiyimini o‗zgartirib olgan SS a‘zolari davlat rezidensiyasining o‗zida
Avstriya kansleri E. Dolfusni o‗ldirib, to‗ntarish qilishga urinib ko‗rishdi. 9 
oktyabrda «Tevton shamshiri» operatsiyasi amalga oshirildi — Marselda 
Yugoslaviya qiroli Aleksandr va Fransiya tash qi ishlar ministri Lui Bartu
o‗ldirildi.
Yuqorida qayd etilganidek, fashistlar terrorizmi mutlaqo Germaniyaga xos hodisa 
emasdi. Ruminiyaning (1934 yilda Ruminiya bosh ministri Dukini o‗ldirgan)
«Temir gvardiya»si, Vengriya va Fran-siyaning fash istik tashkilotlari ham 
terrorizm taktikasidan foydalanishgandi.Shunday qilib, XX asrning birinchi 
yarmida o‗ta o‗ng va agressiv qarashlarga ega tashkilotlar hamda harakatlarning 
quroliga aylangan terrorizm o‗zining avvalgi romantik qobig‗i va yo‗nalishidan 
butkul maxrum bo‗ldi. 

Download 457,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish