Mavzu: XX asr oxiri XXI asr boshlarida globallashuv muommolari, harbiy va ekstrimistik xavf-xatarlarning



Download 457,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana14.07.2022
Hajmi457,79 Kb.
#794506
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
14 ma'ruza



14-MAVZU: XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHLARIDA GLOBALLASHUV 
MUOMMOLARI, HARBIY VA EKSTRIMISTIK XAVF-XATARLARNING 
YUZAGA KELISHI. ( 2 soat)
Reja: 
1.Globallashuv muommolari. 
2. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati. 
3.Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorchilik harakatlarining 
vujudga kelish sabablari va tarixi.
4. Soxta salafiylik harakatining yuzaga kelishi va g‗oyaviy asoslari. 
5..Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida 
terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik masalalari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
ekstremizm, diniy ekstremizm, 
fundamentalizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, terrorizm, xalqaro terrorizm, 
xorijiylar, soxta salafiylar

Globallashuv jarayoni va bir xillikka intilish.
Hozirgi globallashuv 
mafkurachilarining fikricha, xalqlarni davlatlarga bo‗lish shartli xarakter kasb 
etmoqda, shunday ekan, yagona axborot, ta‘lim va madaniy kengliklar 
shakllanishiga bog‗liq holda insonlar hayot tarzida universiallik kuzatilmoqda. 
Hozirgi davrda faqat turli davlatlar va mintaqalarning geografik alohidaligi 
to‗g‗risidagini gapirish mumkin. Sayyora turli kengliklardan iborat bo‗lishiga 
qaramay, u ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ma‘noda yaxlitlik alomatini namoyon 
qilmoqda. Alohida mamlakat va xalqlar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining 
turli tuman ekanligi va xususiyatlaridan farq qiladigan yagona jahon hamjamiyati 
shakllanmoqda. 
Hozirgi zamon xalqaro munosabatlarining asosiy vazifalaridan biri davlatlar 
o‗rtasida bo‗layotgan nizolarni hal etish yo‗llarini izlash bo‗lib qolmoqda, chunki 
bu hol milliy manfaatlarning to‗qnashuvi asosida yuzaga keladi. Nizolarning oliy 
ko‗rinishi urushdir. Xalqaro huquq va diplomatiya asosida noharbiy tamoyillar 
turishi kerak. Nizolarni harbiy vositalar bilan hal etish sub‘ektiv va ob‘ektiv 
omillarni keltirib chiqaradi. CHunki harbiy vositalardan foydalanish dunyoda 
ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy va madaniy nizolarni kuchaytiradi va voqealarning 
o‗zgacha tus olishiga sabab bo‗ladi. Bunday vaziyat muammoni hal etishni yanada 
chigallashtiradi. Muammolarni tinch yo‗l bilan hal qilishning yagona yo‗li xalqaro 
huquq tamoyillari va me‘yorlariga asosan munosabatlar olib borishdadir. Bu 
borada muammolarni hal etish, qarorlar qabul qilish va davlatlararo 
munosabatlarda muhim strategiyaga ega bo‗lish lozim. 
Zamonaviy xalqaro munosabatlar kesishayotgan va mos kelmayotgan tashqi 
siyosiy va iqtisodiy manfaatlar, mafkuralarni ifoda etayotgan xalqaro munosabatlar 
sub‘ektlarining raqobatli kurash maydonini namoyon qilmoqda. Ushbu kurash 


iqtisodiyotning, siyosiy munosabatlarning, axborot makonining hamda ijtimoiy va 
madaniy 
aloqalarning 
globallashuvi sharoitida ro‗y bermoqda. Jahon 
taraqqiyotining hozirgi bosqichida milliy, diniy, mintaqaviy, global, shuningdek
xususiy manfaatlar xalqaro munosabatlarning predmeti bo‗lib maydonga 
chiqmoqda. Shu bilan birga, manfaatlar tizimida iqtisodiy tashkil etuvchi qism va 
xavfsizlik manfaatlari asosiy o‗rin tutadi. Qator mamlakatlarning manfaatlari 
jamiyatdagi hukmron qadriyatlar va mafkuraviy ko‗rsatmalar bilan belgilanishi 
kam uchraydigan hodisa emas. Shunday davlatlar borki, ularda din bosh mavqega 
ega, shunga muvofiq, diniy va mafkuraviy omillarning ta‘siri tashqi siyosatda 
ancha yuqori bo‗ladi.
Xalqaro munosabatlar turli harakatlanuvchi kuchlar va motivlar ta‘sirida 
rivojlanadi, o‗zaro hamkorlikda davlatlar — sub‘ektlar manfaatlarining mos kelishi 
yoki to‗qnashuvi, manfaatlarni himoya qilish, ular bo‗yicha kelishuvga erishish hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Har qanday davlatning tashqi siyosiy manfaati, maqsad 
va vazifalari, avvalo, milliy ehtiyojlar, manfaatlar va qadriyatlarga, ularni xalqaro 
maydonda himoyalash va ta‘minlashga bog‗liq. Shu bilan birga, konstitutsion 
me‘yor va tamoyillar eng muhim, doimiy manfaat va qadriyatlarning huquqiy ifoda 
shakli hisoblanadi. Ba‘zi mamlakatlarda konstitutsiya davlatning tashqi siyosatini 
tartibga solishni o‗ziga qamrab oladi. Tashqi siyosat predmeti konstitutsiya 
tarkibiga kiritilganda yoki uning alohida me‘yorlari bilan tartibga solinganda, 
tashqi siyosat muayyan davlat konstitutsion huquqining tarkibiy qismiga aylanadi 

Download 457,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish