Xorijiylikning kelib chiqishi.
Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya
o‗rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishidan iborat
qo‗shinning bir qismi norozi bo‗ldi. Ular «hukm chiqarish faqat Allohning
qo‗lidadir», degan shior bilan qo‗shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura
qishlog‗iga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xuruj» (bo‗ysunmaslik) voqeasi
ularning «xavorij» (qarshi chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo‗ldi. Bu
voqea Harura qishlog‗ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriy lar» deb
ham ataganlar. Ular o‗zlarini «shurot» (jonlarini Alloh yo‗lida tikkan kishilar)
deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm Allohning qo‗lida»
deguvchilar) degan nomlari ham bo‗lgan.
Xavorijlar o‗zlariga Abdulloh ibn Vahb arRosibiyni amir etib saylab, Ali
(r.a.) va Muoviyani yo‗q qilish payiga tushdilar. Xalifa Ali (r.a.)ni 660yilda
xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‗ldirgach, xavorijlar ikki firqaga bo‗linib, biri
Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida
xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga
katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma,
Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar hamda o‗lkalar ni egalladilar.Hokimiyat
Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749–1258) qo‗liga o‗tganidan keyin ham bu
toifa bir muddat o‗z kuchini yo‗qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi
uzluksiz olib borgan kurashlaridan so‗nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi.
Xavorijlar ta‘limotlari asosi quyidagilardan iborat:
– ular gunohkorni «kofir» deb e‘lon qildilar. Shunga ko‗ra xalifa Usmon ni
Abu Bakr va Umar yo‗lidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali , Muoviya,
Abu Muso alAshhariy, Amr ibn alOslar muxolif guruhlarda qatnashganlari
uchun ular nazdida kofirlar;
– «zolim» podshohga qo‗lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib)
deb biladilar. O‗z e‘tiqodini yashirish tamoyili (taqiya) rad etadilar. O‗zlari harbiy
jihatdan zaif bo‗lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib
bo‗laveradi, deb hisobladilar;
– xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bo‗lishligidan
qat‘i nazar, musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar
aytganidek, ma‘lum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;
– namoz, ro‗za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo‗lagi, deb
hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili
bilan aytishi musulmon deb tan olini shi uchun kifoya emas.Demak, islomda
dastlab paydo bo‗lgan firqa «xorijiylar»dir. Boshqa dinlarda bo‗lgani kabi
musulmonlar ichida ham firqalar bo‗lgan. Muhammad payg‗ambar aytganlaridek,
islom dinida 73 ta firqaga bo‗linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‗g‗ri yo‗lda
qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur‘on oyatlari va hadislarda ham
firqalarga bo‗linmaslikka buyuriladi. «Xorijiylar» o‗z talqinlaridagi «sof» islom
qoidalariga qat‘iy rioya qilish tarafdori edi. Aynan xorijiylar o‗z qarashlari va
faoliyatiga qo‗shilmaganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib
borish haqidagi g‗oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo‗llash orqali
hukmdorlarni jismonan yo‗q qilish amaliyotini boshlab bergan edi. Bunday
g‗oyalar kelib chiqishiga ko‗ra hokimiyat uchun kurashning zo‗ravonlikka
asoslangan usullaridan bo‗lib, minglab kishilarning halok bo‗lishiga olib kelgan.
Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofih ibn alAzraqdir (vaf.
685y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan bu jamoa
hozirgi kungacha yetib kelmagan.Azoriqa ta‘limotiga xos bo‗lgan jihatlar
quyidagilar:
– xalifa Alini «kofir» deb hisoblaganlar;
– gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e‘lon qilganlar;
– azoriqalardan bo‗lmagan musulmonlar, ularning qariyalari, ayol va bolalari
qonini to‗kishni (istiroda) halol deb hisoblaganlar;
– hayz ko‗rgan ayollarga ham namoz o‗qish va ro‗za tutishni farz deb
hisoblaganlar;
– mayda o‗g‗rilik uchun ham qo‗lni butunlay yelkadan kesib tashlashni
buyurganlar.
IX asr oxirida Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar ekstremistik harakati
ham islom arkonlarini tan olmagan holda, haj amalini ham bid‘at, butparastlik
deb e‘lon qilgan edi. Harakat o‗z nomini uning asoschisi Hamdon ibn
alAshhasning laqabi «qarmat» so‗zidan olgan bo‗lib, uning ma‘nosi
manbalarda turlicha «kalta oyoq» yoki «qizil ko‗z» kabi ma‘nolarda ifodalangan.
Qarmatiylar islom tarixida o‗chmas dog‗ qoldirgan jinoyatlarni sodir etgan. Ular
haj mavsumlarida karvonlarga hujum uyushtirib, bosqinchilik bilan shug‗ullangan.
Xususan, 930yilda ular Makaga bostirib kirib, shaharni talontaroj qilganlar, bir
necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka‘bani vayron
qilib, qora toshni ikkiga bo‗lib, Bahraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin
katta to‗lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan.
XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko‗rgan
«hashshoshiylar» (arab: hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik
oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadida ularga xayrixoh bo‗lmagan
hukmdorlarga suiqasd uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt
hashshoshiylar ko‗plab hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa
mamlakatlari rahbarlari o‗z xavfsizliklarini ta‘minlash uchun ularga to‗lov
to‗lashga majbur bo‗lgan. Ingliz tilidagi suiqasd ma‘nosini anglatuvchi
«assassinate» so‗zi ham aynan «hashshoshiy» atamasidan kelib chiqqani oqimning
o‗z davrida davlatlar xavfsizligiga katta tahdid tug‗dirganidan dalolat beradi. Shu
bilan birga, «hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng
qo‗llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand moddalarni iste‘mol
qildirib, o‗lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan.
Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida cheksiz nizolar,
kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chiqib, katta talafotlarga va
jamiyatning inqiroz tomon yuz tu tishiga sabab bo‗lgan. Buzg‗unchilik va
zo‗ravonlikka asoslangan, e‘tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar
faoliyati o‗z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralanib, sultonlar tomonidan
ta‘qib qilinganini alohida ta‘kidlash lozim. Masalan, Umaviy va Abbosiy xalifalar
xorijiylarni butunlay qirib tashlash siyosatini olib borgan edilar. Islomning
mohiyatiga butunlay zid bo‗lgan bunday oqimlarning barchasi oxir oqibatda
tanazzulga duchor bo‗lgan.
Shunday bo‗lsada, yuqorida qayd etilgan oqimlarning g‗oyalari va amaliyot
shakllari keyingi davrlarda ham rivoj topganini aytish joiz. Xususan, VII asrning
ikkinchi yarmida paydo bo‗lib, to XVIII asrning oxiriga qadar islom olamida
davom etib kelgan diniyekstremistik harakatlar inqirozga uchragan bo‗lsa
ham,oradan oz muddat o‗tib, ular tomonidan talqin qilingan g‗oyalar
zamonaviy ko‗rinishdagi turli mutaassib guruhlar yetakchilari mafkurasiga asos
bo‗lib xizmat qildi va bu bilan diniy ekstremis tik harakatlar rivojining yangi davri
boshlandi deyish mumkin.
Shunday bo‗lsada, islomning asl mohiyatiga butunlay zid bo‗lgan
yuqoridagi g‗oyalar va amaliyot shakllari keyingi davrlarda ham rivoj topdi.
Islomda «inqilobiy kurash» ta‘limotini yaratgan suriyalik Ahmad ibn Taymiya
(1263–1328)ning fikrlari keyinchalik «soxta salafiylik» kabi turli radikal
harakatlarning yuzaga kelishiga xizmat qildi. Aslida islomda «salaf» (arab:
«ajdodlar», «avval yashab o‗tganlar») deganda, hadislarga ko‗ra, Muhammad
payg‗ambar zamonlari va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar
tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni «salafi solih», ya‘ni
«solih ajdodlar» deb yakdil hisoblashadi. Ulardan keyingi davrlarda yashagan
musulmonlarga nisbatan «salaf» yoki «salafiy»lar tushunchalari aslo ishlatilmaydi.
Ibn Taymiyaning: «Agar musulmonlar o‗z diniy amallarini bajarishga qodir
bo‗lmasalar, buning zamirida payg‗ambar ko‗rsatmalariga amal qilmaslik yotadi.
Faqat salafi solihlardan o‗rnak olinsagina, ular kabi muvaffaqiyatga erishish
mumkin» – degan g‗oyasi boshlab bergan masala hamon dolzarb bo‗lib kelmoqda.
Bu g‗oya ni amalga oshirish bir tomondan, Qur‘oni Karimni yangicha sharh lash
hamda o‗sha davr mujtahid ulamolar kengashi bilan munozara qilishni, ikkinchi
tomondan esa, qurbi va toqati yetganicha shar‘iy amallarni bajarishni, shuningdek,
yaxshilikka da‘vat etib yomonlikdan qaytarish bilan jihod qilishni taqozo etadi.
XX asr o‗rtalariga kelib salafiylar tashabbusi bilan quyidagi aqidaviy
masalalar to‗plami e‘lon qilindi:
Birinchidan, salafi solihlar kabi kamtarona hayot kechirmaslik hamda G‗arb
mamlakatlariga tobelik musulmon dunyosi ning tanazzuliga sabab bo‗ladi.
Islomning ilk davridagi urf-odat va an‘analarni hayotga tatbiq etish orqali bunday
noxushliklarni bartaraf qilish mumkin.
Ikkinchidan, G‗arb madaniyatiga taqlid qilmagan holda, ular yaratgan ilm-fan
va texnika yutuqlaridan foydalanishni o‗zlash tirish lozim.
Va nihoyat, islomni asl holiga qaytarish, butun dunyoni Alloh uchun fath
qilish va Iblisga qarshi kurashish uchun jihod qilishdir.
XX asrning ikkinchi yarmida o‗z oldiga xalifalikka asoslangan islom
davlatini barpo etish vazifasini qo‗ygan «islohotchilik», «panislomizm» niqobi
ostida soxta salafiylik yangidan jonlandi. Bu o‗z navbatida siyosiy islohotlarni
amalga oshirish zarurligini bayroq qilib ko‗targan o‗ta radikal diniysiyosiy
tashkilot va
oqimlarning vujudga kelishiga yo‗l ochib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |