MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
16
9-ilova
Kelishik shaklari
Kelishik shakllari. Ismlarni boshqa so`zlarga tobelantirib bog`lash uchun xizmat
qiluvchi qo`shimchalar kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doim tobe so`zga
qo`shiladi. O`zbek tilida oltita kelishik mavjud: (10-ilova)
Kelishik nomlari
Qo`shimchalari
Misollar
Bosh kelishik
---
Bola gapirdi
Qaratqich kelishigi
-ning
Karimning ukasi
Tushum kelishigi
-ni
Do`stini uchratmoq
Jo`nalish kelishigi
-ga (-ka, -qa)
Onaga tog`ga, buloqqa,
bilakka
O`rin-payt kelishigi
-da
Maktabda o`qimoq
Chiqish kelishigi
-dan
Uydan chiqmoq
Ismlarning
egalik
qo`shimchalari
bilan
shaxs-sonda
hamda
kelishik
qo`shimchalari bilan o`zgarishi turlanish deyiladi. Turlovchi qo`shimchalar
egalik va
kelishik qo`shimchalaridir.
Bosh kelishik
- kim? nima? qayer? so`roqlariga javob bo`ladi. Bosh kelishik shakli
maxsus ko`rsatkichga ega emas. Bu shakldagi so`z gapda ega,
ot kesim, undalma
vazifalarida keladi.Masalan: Mening onam –
vrach. Bahor, buncha-go`zalsan. Qizcha
maktabda o`qiydi.
Qaratqich kelishigi
–kimning? nimaning? qayerning? so`roqlariga javob bo`ladi.
Qaratqich kelishigini olgan so`z gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan:
Karimning
belgili
ukasi bor.
Olma
belgisiz
bargi to`kildi.
Qaratqich kelishigidagi so`z
qaratqich, u bog`lanib kelgan so`z esa qaralmish
deyiladi. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog`laydi va
Kelishik shaklari
Egalik shakllari
Bog'lamalar
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
17
qaralmishdagi
narsa-hodisa belgi- xususiyat, harakat-holatning qarashliligini bildiradi.
Masalan:
Maktabimiz
qaratqich
bog`i
qaralmish
Qaratqich kelishigi o`zidan keyin ot va otlashgan so`zlarni bog`laydi. U belgili va
belgisiz shaklga ega. Belgisiz shakli turdosh otlarda uchraydi:
maktab bog`i, bahor
yomg`iri. Lekin qaratqich va qaralmish o`rtasida so`z ishtirok
etganida u belgili shaklda
qo`llaniladi:
maktabimizning katta bog`i, vahorning yoqimli yomg`iri.
Atoqli otlar, olmoshlar, otlashgan so’zlarda qaratqich kelishigi doim belgili
qo`llaniladi. Masalan:
Karimning ukasi, uning fikri, hammaning joyi .
Qaratqich kelishigining belgili shakli
ning va
n (poetik) shakllarga ega:
Erkalanib
yotadi onasin quchog`ida. Saidaning hujrasida yig`ilishdi.
Qaratqich kelishigi egalik qo`shimchasini olgan so`z bilan qo`llansa
qarashlilik
ma’nosini ifodalaydi.
Tushum kelishigi kimni? nimani? qayerni? so`roqlariga javob bo`ladi. Tushum
kelishigidagi so`z doim o`timli fe’llarga bog`lanadi. Bu so`z gapda doim
vositasiz
to`ldiruvchi bo`lib keladi:
Bu she’rlarni hayajon bilan o`qiymiz.
Tushum kelishigidagi so`z bilan o`timli fe’l yonma-yon kelganda tushum kelishigi
belgisiz qo`llaniladi. Masalan:
Kitob o`qidi, suv ichdi.Tushum kelishigidagi so`z bilan
o`timli fe’l orasida biror so`z qo`llanilsa, tushum kelishigi faqat belgili shaklda
qo`llaniladi:
Kitobni miriqib o`qidi, suvni qonib ichdi.Tushum kelishigining belgisiz shakli
ko`pincha turdosh otlarga narsa otlariga xosdir: g
ul terdi, xat yozdi, rasm chizdi.
Atoqli otlar, olmoshlar, otlashgan so`zlar faqat belgili shaklda qo`llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: