o`roq. Sodda otlar tub va yasama bo`ladi. Tarkibida so`z yasovchi qo`shimchasi bo`lmagan
otlar sodda tub otlardir: tilimiz, bolalar, kitob. Morfologik usul bilan (so`z yasovchi
qo`shimchalar yordamida) yasalgan otlar sodda yasama otlardir: ekin, supurgi, aravakash
Qo`shma otlar ikki yoki undan ortiq asosdan tarkib topgan otlardir: kungaboqar,
beshvarmoq, qulqop, boychechak.
Qo`shma otlar qo`shib yoki ajratib yoziladi:
-ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar doim ajratib yoziladi: laylakqor,
olibsotar, tillaqosh, atirgul;
-ikkinchi qismi turdosh otdan bo`lgan atoqli otlar qo`shib yoziladi: Oltiariq, Yangibozor,
Surxondaryo;
-ikkinchi qismi atoqli otdan bo`lgan qo`shma otlar ajratib yoziladi: O`rta Osiyo, G`arbiy
Yevropa, O`rta Chirchiq.
-Tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‘shib yoziladi.
Juft otlar ikkita otning juftlashuvidan hosil bo`ladi va chiziqcha bilan yoziladi:
kitob-daftar, ota-ona, temir-tersak, ot-ulov,orzu-armon, gap-so`z.
Takroriy otlar otni aynan yoki tovush o`zgarishi bilann takrorlash orqali hosil
qilinadi. Takroriy so`zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi: savat-savat, dasta-dasta, qovun-
povun, uy-puy.. 4-ilova
SODDA OT- bir
asosdan iborat
so’zlar. Ular ikki
xil bo’ladi: sodda
tub va sodda
yasama
Uy, piyoz, deraza
kitoblar, yangilik,
bilim kabilar
JUFT OT
Or-nomus,
o’y-xayol,
gul-chechak
TAKROR OT
Choy-poy,
ma’no-ma’no,
test-pest
QO’SHMA OT
ikki va undan ortiq
asosdan iborat
so’zlar. Qo’l+qop,
Katta+qo’rg’on,
so’z+boshi,
ur+to’qmoq
OTLAR TUZILISHIGA KO’RA
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
9
OTLARNING MA’NOLARIGA KO`RA TURLARI:
Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki umumiy nomini bildirishiga ko`ra
otlar atoqli otlar va turdosh otlarga bo`linadi. bir turdagi predmetlardan bittasini ajratib
ko`rsatuvchi. shaxs, narsa yoki joyga atab qo`yilgan otlar atoqli otlar deyiladi: Amudaryo,
Zarafshon, Sirdaryo, Nigora. (5-ilova)
Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko`ra :
shaxs nomlari: Kishilarga atab qo`yilgan nomlar, ularning ismi, familiyasi, taxallusini
bildiruvchi atoqli otlar shaxs nomlari deyiladi: Mir Alisher Navoiy , Yusuf xos Xojib,
Mahmud Qoshg`ariy, Hasanali, Erkin Bohidov.
Narsa nomlari: a) osmon jismi nomi: Zuhal, Mirrix, Yupiter; b) gazeta, jurnal,
darslik, asar nomi: "Nasaf", "Yoshlik", "O`tgan kunlar", Ona tili; d) suv havzasi va inshooti
nomi: Chimqo`rg`on suv ombori, Hisor tog`i; e) tarixiy sana va bayram nomi: Ramazon
hayiti, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Mustaqillik kuni; f) hayvon nomi: Boychibor, Yo`lbars,
Olapar.
Ma’lum bir geografik hududga atab qo`yilgan nomlar o’rin-joy nomlari deyiladi:
Farg`ona, Xatirchi, Chorsu, Italiya, Markaziy Osiyo, O`zbekiston Respublikasi. Mamlakat
va o`lka nomlari qo`shma so`z shaklida bo`lganda har bir qism bosh harf bilan yoziladi:
Buyuk Britaniya, Amerika Qo`shma Shtatlari, Saudiya Arabistoni, O`rta Osiyo. Tarkibi
turdosh otlarning qo`shilishidan hosil bo`lgan joy nomlari qo`shib yoziladi: Oltiariq,
Yettisuv, Oqtosh, Bildirsoy, Qizilqum, Yangiobod, Qumqo`rg`on. Tarkibida bo`yi, orti, oldi
so`zlari ishtirok etgan joy nomlari qo`shib yoziladi: Orolbo`yi, Kavkazorti. (6-ilova)
OTLAR MA’NOSIGA KO`RA
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
10
6-ilova
Atoqli otlar tashkilot, korxona, muassasa nomlarini ham bildiradi: Sog`liqni
Do'stlaringiz bilan baham: |