MORFOLOGIYA
SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
12
va ko`plik (–lar) qo`shimchasini olganda grammatik ma’no ifodalanmaydi, ma’no
kuchaytiriladi uslubiy ma’no anglashiladi: Tuyg`ularim jo`shib ketdi.
Mavhum otlar yasama bo`lishi ham mumkin:
-lik
shodlik,yomonlik, ahmoqlik
-ch
quvonch, o`kinch, yupanch, sog`inch
-inch
qo`rqinch
-gi
sevgi, kulgi
-at, -ot
samimiyat, hissiyot
Yakka va to`da otlar
Donalab sanaladigan predmetlar yakka otlardir:
daftar, ruchka, qalam, stul, stol.
Bir turdagi predmetlarning jamini bildiruvchi, o`zi alohida predmetga xos atash ma’nosini
anglatmaydigan otlar to`da otlardir:
xalq, el, yurt, poda, sabzavot, meva.
7-ilova
OTLARNING LUG`AVIY SHAKLLAR
Otlarning son shakli uning lug`aviy shakli sanaladi. Son shakli birlik va ko`plik
shaklga ega. Otlarning –lar qo`shimchasini olgan shakli
ko`plik shakli, -lar qo`shimchasini
olmagan shakli esa
birlik shakli bo`lib hisoblanadi. Masalan: Kitob
(birlik)
–
kitoblar
(ko`plik)
,
qalam
(birlik)
– qalamlar
(ko`plik)
.
Otlarning birlik shakli predmetning yakkaligigini ifodalaydi, u maxsus
ko`rsatkichga ega emas.
Otlarning ko`plik shakli predmetning birdan ortiqligini
ifodalab keladi va
qo`yidagi usullar bilan yasaladi:
morfologik usul – asosga -lar qo`shimchasini qo`shish orqali yasalgan shakl:
farzandlar, gullar, qushlar, yulduzlar.
Shaxs
otlari
aniq va mavhum
otlar
TURDOSH OTLAR
Yakka va to`da
otlar
Narsa
otlari
Faoliyat-
jarayon
otlari
O`rin-joy
otlari
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
13
sintaktik usul – otdan oldin miqdor bildiruvchi ayrim so`zlar
yoki sonlarni
keltirish orqali yasaladigan shakl:
o`nta kitob, ancha odam, ko`p odam.
semantik usul – ma’noviy ko`plikni anglatuvchi otlarda ifodalanadi:
poda, omma,
jamiyat, to`da, to`plam.
-lar qo`shimchasi grammatik va uslubiy ma’nolarni ifodalash xususiyatiga ega:
-lar qo`shimchasi ot yoki otlashgan so`zlarga qo`shilib, ko`plik ma’nosini ifodalashi
uning
grammatik ma’nosidir: uylar, bolalar, yaxshilar, kelganlar.
-lar qo`shimchasining faqat birlikda qo`llanuvchi otlarga qo`shilib, ko`plikdan tashqari
anglatgan ma’nolari uning
uslubiy ma’nosi bo`lib hisoblanadi.
-lar qo`shimchasining uslubiy ma’nolari:
-mavhum otlarga –lar qo`shimchasi qo`shilsa ma’no kuchaytiriladi:
sevinchlarim, qayg`ularim,
armonlarim, quvonchlarim.
-donalab sanalmaydigan otlarga - qo`shilganda xil, nav, tur ma’nolarini anglatadi: unlar,
suvlar, yog`lar.
-atoqli otlarga – qo`shilganda umumlashtirish, jamlash ma’nolarini ifodalaydi:
Akmallarnikiga bordik. Samarqandlarni aylandik.
-Tabiatdagi yakka jismlarga – qo`shilganda ma’no kuchaytiriladi: Oylar yuziga parda
tortadi. Ushbu sanalgan otlar lar qo`shimchasini olsada, ulardan anglashilgan ma’no
uslubiy ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun ham quyida sanab o`tgan otlarimiz birlikda
qo`llaniluvchi otlar bo`lib ular grammatik ko`plikda qo`llanila olmaydi.
hurmat ma’nolarini
anglatadi – bunda lar qo`shimchasi egalik qo`shimchasidan keyin joylashadi:
oyimlar
keldilar, akamlar vrachlar.
-chama taxmin ma’nolarini anglatadi: Ikki soatlar kutdik.
Kichraytirish va erkalash shakllari otlarning lug`aviy shakli sanaladi. Otlarning
–-
Do'stlaringiz bilan baham: