nazariyasidan voz kediishi yoki ay rim «ijtimoiy kafolat»lami muzlatishi
kerak edi. Buning o'miga Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga
asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifmi yanada
orttirib bordi, o‘z navbatida, inflatsiya darajasi ham o‘sib bordi.
Yigirmanchi asming 20-yillarga kelib,
Buyuk Britaniyada
inflatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport
hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa davlatlarida
iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada
qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga kelgan
vaziyatdan chiqish muammosi ko‘ndalang turgan edi. Shu maqsadda
1922-yili Genuya shahrida bo‘lib o‘tgan
konferensiyada Buyuk
Britaniya yangi pul standarti boigan oltin deviz standartini taklif qildi.
Dunyo mamlakatlari ichida AQSHda klassik oltin standarti
saqlangan boiib, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari
1926-yilga kelib klassik oltin standartiga tenglashtirilgan yangi pul
tizimiga o‘tishdi. Unga ko‘ra Britaniya funti va boshqa valutalar oltin
tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni amalga
oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk
Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari
fuqarolari kundalik hayotda
oltin tangalardan foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va
inflatsiyani rag‘batlantirishga xizmat qilar edi. Yangi oltin deviz
standartiga asosan Buyuk Britaniya fimtni so‘ndirishda oltin bilan birga
dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o‘zlarining valutalarini
oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yo‘1 bilan aksariyat
mamlakatlarda milliy valutalar kursi sun’iy oshirildi va oltin standartiga
qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi.
Uning asosini qisman funt bilan ta’minlangan
Yevropa mintaqasi
valutalari, qisman dollar bilan ta’minlangan funt, qisman oltin bilan
ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu «oltindeviz standarti» deb ataldi,
dollar va funt esa «tayanch valutalar» hisoblangan.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining
ortishi hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday
vaziyatda oltin standarti inflatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo‘ydi.
oltin deviz standarti Buyuk Britaniyaga milliy valuta taklifmi oshirish va
inflatsiya darajasini oshishiga sharoit yaratgan. Yevropaning boshqa
davlatlari funtni oltin bilan qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa
Yevropa
va
Buyuk
Britaniyada
inflatsiya
darajasi
tobora
chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi
ortib borayotgan edi.
262
Undan
tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollami chiqib
ketishini oldini olish maqsadida AQSH Federal zaxira tizimining dollar
taklifini oshirishiga erishgan edi.
Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq
muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy
piramidaning izdan chiqishidan qochib bo‘lmaslik haqiqat bolgan.
AQSH, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda
ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig‘ildi. 1931
yilda
Yevropa mamlakatlarida inflatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya
«qattiq pul» siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda
yig‘ilgan funt sterling o‘miga oltin ayirboshlashni talab qilishi yevropa
banklarmi bankrot boiishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani
butunlay oltin standartidan voz kechishiga sabab bo‘ldi. Buning
natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o‘zini bankrot deb e’lon
qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: