A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


 Bretton - Vuds tizimining barham topishi



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

15.2.6. Bretton - Vuds tizimining barham topishi
(1968-1971 yy.)
Yevropada dollar massasining ortib borishi va AQSHda oltin 
zaxiralarini kamayishi, London va Syurixdagi erkin oltin bozorlarida 
oltinning unsiyasi uchun belgilangan 35 dollar narxni ta’minlab turish 
AQSHga qiyinchiliklar tug‘dira boshladi. Mamlakatlar o‘rtasida Bretton
- Vuds tizimining qoidaiari kelishilganda ushbu narx (oltinning bir 
unsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil etgan. Amerika 
fuqarolariga 1934-yilda oltinga egalik qilish taqiqlangan boiib, boshqa 
davlat fuqarolari oltin quyma va oltin tangalarga qonuniy egalik qilishi 
mumkin boigan. Ulaming dollami oltin bilan so‘ndirish imkoniyati 
faqat erkin bozorda 35 dollarga sotish orqali amalga oshirilgan. 
Amerikadagi 
inflatsiya darajasining o‘sishi, 
dollaming yanada 
qadrsizlanishi natijasida AQSH toiov balansidagi kamomad o‘sdi, 
oltinga egalik qilgan fuqarolar esa erkin bozorda faol ravishda oltin 
xarid qilar edi. 0 ‘z navbatida AQSH, London va Syurix erkin oltin 
bozorlaridagi oltin narxini befgilangan miqdorda ushlab turish uchun 
qisqarib borayotgan oltin zaxirasidan berishga majbur boidi.
267


Erkin oltin bozoridagi dollarga boigan ishonchsizlik, 1968-yilning 
mart oyida AQSH tomonidan mavjud pul tizimga o'zgartinshlar 
kiritishiga olib keldi. Ya’ni, amaldagi tizimni saqlab qolish maqsadida, 
oltinni erkin bozoridagi faoliyatini to'xtatish zarur degan xulosaga keldi. 
Shlinday qilib, «ikki pog‘onali oltin bozori»: oltinni erkin bozori -
mustaqil va mamlakatlar Markaziy banklarining oltin hisob-kitoblari -
mustaqil faoliyat yurita boshladi. AQSH taklifiga binoan oltinning erkin 
bozor bahosini belgilangan 35 dollar miqdorida xarid qilinishi rad etildi. 
Shu bilan birga, barcha davladar oltin unsiyasi uchun 35 dollar miqdomi 
abadiy belgilangan narxda boiishiga kelishib oldi.
Mamlakat Markaziy banklari va Hukumatlari «tashqi» (erkin) 
bozordan oltinni sotish va sotib olishdan bosh tortdi, natijada oltin 
Markaziy banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda hisob birligi (1 unsiya = 
35 doll) sifatida qoilanila boshladi. Oltinning erkin bozori ham umumiy 
pul tizimiga aloqasi boimagan holda rivojlandi.
Ikki pog‘onali oltin bozorining parallel ravishda amal qilishi, 
AQSHni yangi zaxira qog‘ozIarini joriy etish to‘g ‘risidagi fikrini ilgari 
surdi va maxsus huquq beruvchi birlik (SDR)ni muomalaga kiritish 
masalasi ko‘rildi.74 Amerika bunday birlikni kiritish orqali oltinning 
o‘mini bosuvchi yangi qog‘oz pul shaklidagi jahon valutasini joriy etish- 
ni boigan. SDRni amaliyotgajoriy etish va uni emissiya qilish huquqini 
Jahon banki ixtiyoriga berish rejalashtirilgan edi. SDRni joriy etish va 
uni jahon valutasiga aylantirish xususida ilgari surilgan tizimni barpo 
etish orqali AQSH boshqa davlatlar bilan birlashgan holda pul taklifmi 
yanada oshirish imkoniyatiga ega b o iar edi. Bu tizimni joriy etish, 
albatta, dunyo iqtisodiyotining izdan chiqishiga jiddiy xavf tug£dirdi.
SDR amaliyotini tarqalishiga qarshilik ko‘rsatayotgan G‘arbiy 
Yevropa va qattiq valutaga ega boigan mamlakatlar AQSH valuta 
zaxiralarining sezilarsiz miqdorini tashkil etgan.
Qog‘oz pullar nazariyasini qoilab - quvvatlagan Milton Fridman 
ham o‘z qarashlarida jahon valuta tizimidan oltinni butunlay bekor 
boiishini ilgari surgan. Ya’ni, Bretton - Vuds tizimi joriy etilganda, 
AQSHning yetakchi ekspertlari sanoatda dollarga talab ortishi natijasida 
oltin narxini 10 dollargacha pasayishini taxmin qilishgan. Lekin, ushbu 
tizimni mukammal ishlashi uchun dollar inflatsiyasini belgilangan 
me’yorda saqlash lozim edi. 1973-yilning boshlariga kelib, oltinning bir 
unsiyasi 125 dollargacha ko‘tarildi.
74 
Special drawing rights.
268


Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, AQSHning taklifiga asosan 
ikki pog‘onali oltin bozorining yaratilishi, Bretton - Vuds tizimining 
faoliyat yuritish muddatini bir necha yilga cho‘zishga xizmat qildi. 
Chunki, inflatsiyaning o‘sishi oqibatida Amerikaning to‘lov balansi 
kamomadi ortib, oltin zaxiralari qisqarib bordi. Yevropa Markaziy 
banklari hisobvaragiarida esa, «yevrodollar»lar miqdori ortib bordi. 0 ‘z 
navbatida, erkin oltin bozorida dollar massasini ortishi, oltin narxini 
ortishiga va dollarga boigan ishonchsizlikni ortishiga olib keldi. 
Endilikda, oltinga egalik qilgan shaxslar, uni sotishdan voz kechayotgan 
edi. Bu, o ‘z navbatida, avvaliga erkin oltin bozori faoliyatini, 
keyinchalik Bretton - Vuds tizimini batamom to‘xtashiga olib keldi.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish