A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


 Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

15.2.5. Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti
(1945-1968yy.)
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSH tomonidan yangi 
pul tizimi taklif etildi. Uning qoidalari 1944-yilda Nyu - Xemshir 
shtatming Bretton - Yuds shahrida boiib o‘tgan xalqaro konferensiyada
264


kelishildi va 1945-yilning iyul oyida AQSH Kongressi tomonidan 
ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan Bretton - Vuds pul 
tizimining 1920-yillarda qabul qilingan oltin deviz standartidan farqli 
jihatlari ko‘p emas edi. Shu nuqtayi nazardan, ushbu pul tizimi ham 
kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklami 
kelib chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi.
Bretton - Vuds pul tizimining eski oltin deviz standartidan 
amaldagi farqi shunda ediki, uning asosini ikki «tayanch valuta»(funt va 
dollar) emas, balki yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 unsiya 
oltingan tenglashtirilgan. Shu bilan birga, amaldagi tizimni 20-yillardagi 
oltin deviz standartidan farqli jihatlari, amerika fuqarolari dollardagi 
hisob-kitoblami oltin bilan so‘ndirish imkoniyatining yo‘qligi va 
dollardagi hisob-kitob qilish huquqi xorijiy davlatlar va banklarga 
berilganligini e’tirof etish lozim. Ya’ni, jahon pulini (oltin) dollar bilan 
so‘ndirish vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton
- Vuds tizimi ham 1920-yillami oltin deviz standard kabi moliyaviy 
piramida asosiga qurildi.
AQSHda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat 
xukumatlari talab qilish huquqiga ega boigan oltin tashkil etgani holda, 
muomalada ta’minlanmagan dollarlar mavjud boigan. 
Boshqa 
davlatlarda moliyaviy piramidaning asosini, valuta zaxirasi sifatida 
saqlanayotgan dollar tashkil etgani holda, muomalada ta’minlanmagan 
milliy valutalar amal qilgan. Bunday moliyaviy piramidani tashkil etish 
uchun AQSHda yetarlicha imkoniyatlar mavjud edi. Chunki ikkinchi 
jahon urushidan keyin AQSH da to‘plangan juda katta miqdordagi oltin 
zaxiralari (25 mlrd. doll.), ularga moliyaviy piramida qurish imkonini 
bergan. Bretton - Vuds tizimi amaliyotga joriy qilinishi bilan Yevropa 
davlatlari valutalarining dollarga nisbatan kursi oshirildi. Masalan, 
Buyuk Britaniya funt sterling kursi urushgacha bo‘lgan vaqtdagi 
qiymatga, ya’ni 4,86 dollarga tenglashtirildi. Funtning sotib olish 
qobiliyatiga nisbatan qaralganda esa, uning qiymati pastroq bo‘lgan. 
Ta’kidlash joizki, 1945-yilda dollar kursi sun’iy pasaytirilishi va boshqa 
davlatlar valutalarining kursi dollarga nisbatan sun’iy oshirilishi 
natijasida «dollar tanqisligi» yuzaga keldi. AQSHdan tashqarida yuzaga 
kelgan «dollar tanqisiligi»ni oldini olish maqsadida Amerika hukumati 
tomonidan Yevropa mamlakatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatildi. 
Boshqacha qilib aytganda, Yevropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar
265


kursini sun’iy pasaytirilishi natijasida AQSH toiov balansi profitsitini 
qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan.
Bretton - Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq 
boidiki, ushbu tizim doirasida dollar inflatsiyasini oshirilishi 
javobgarlikka olib kelmas edi. Shu nuqtayi nazardan, urushdan keyingi 
davrda inflatsiyani rag‘batlantirilishi AQSHda davlat siyosatiga aylandi.
1950-yillar boshida dollar inflatsiyasi natijasida xalqaro savdo 
oqimi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQSHda pul taklifi va kredit hajmi 
ortib borishi natijasida, aksariyat Yevropa mamlakatlari (G‘arbiy 
Germaniya, Shveytsariya, Fransiya, Italiya)ning valutalari yanada 
mustahkamlandi. Inflatsiya darajasi yuqori boigan Buyuk Britaniyada 
esa mamlakatdan dollami chiqishini oldini olish maqsadida funtni 2,40 
dollargacha devalvatsiya qilindi. Yevropa va Yaponiyada ishlab 
chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSH to io v balansida kamomadni 
yuzaga kelishiga sabab boidi. Inflatsiyani cheklashda oltin tanga 
standartining klassik yondashuvchanligi o‘zining xususiyatini butunlay 
to‘xtatishi bilan birga, Bretton - Vuds tizimining qoidalari G‘arb 
davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini ko‘paytirishni va buning asosida 
milliy valuta taklifi va kredit hajmini oshirishni talab etgan.
Shu tariqa 1950 - 1960 yillarga kelib, 
G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari va Yaponiya dollar zaxirasini oshirib borish siyosati 
samarasiz ekanligi hamda yangi tizim tashkil etilganda dollar kursi 
sun’iy baholanganligidan sarosimaga tushdi. Chunki dollaming sotib 
olish qobiliyatining tushishi, G‘arb davlatlarida dollarga boigan 
ehtiyojni pasaytirdi.
Bretton - Vuds tizimi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun 
«tuzoq» sifatida qaraldi va qarama - qarshiliklar ortdi. Fransiya nomidan 
oltin deviz standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga qarshi 
fikrlar bilan davlat moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak Ryueff chiqdi. 
Amerika siyosatchilari va iqtisodchilari yuzaga kelgan qarshiliklarga 
e’tibor bermay, Yevropa dollami «tayanch valuta» sifatida qabul 
qilganligini ta’kidladi. Ulaming fikriga ko‘ra, Yevropa aynan Bretton -
Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy tanglikdan chiqish 
muammosini hal etgan. Davlatlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan boshqa 
mamlakatlarda dollaming inflatsiya darajasi ortishidan qat’iy nazar, 
AQSH yanada pul taklifini oshirish huquqiga ega edi.
Yevropada oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollarga teng boigan 
miqdori saqlanib qolingan edi. 1950-yillarda Yevropada dollar massasini
266


ortib ketishi, uning oltinga vayevropaning «qattiq» valutalariga nisbatan 
qadrsizlanishiga hamda Amerikadan oltinni chiqib ketishiga sabab 
bo‘ldi. Buning natijasida AQSHning oltin zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 
9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi. Yevropa mamlakadari hukumatlari 
va Markaziy banklarining dollami oltin bilan so‘ndirish talabini 
qondirilmasligi oqibatida Bretton - Vuds tizimining izdan chiqish xavfi 
tug‘ilgan edi. Lekin, Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu 
salbiy holat ham AQSHni pul taklifmi oshirishdan qaytarmadi. Shu 
tariqa 60 yillaming oxirida Yevropada 80 mlrd. dollardan ortiq 
«yevrodollar» nomini olgan pullar paydo bo‘ldi. Yevropada muomalada 
boigan dollami oltin bilan so‘ndirish talabini to‘xtatish maqsadida 
AQSH siyosiy bosim o‘tkaza boshladi. 1930-yilda oltin deviz 
standartining inqirozga yuz tutishida ham Buyuk Britaniya va Fransiya 
o‘rtasida shunday vaziyat yuzaga kelgan.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiy qonunlami aylanib o‘tish, AQSH 
inflatsiyani hisobga olmagani kabi, mamlakatda ijtimoiy - iqtisodiy 
salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu tariqa 1968-yilda Amerika tomonidan 
taklif etilgan «abadiy va buzilmas» Bretton - Vuds tizimi yemirila 
boshladi.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish