A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


Xalqaro valuta tizimining elementlari



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

Xalqaro valuta tizimining elementlari.
-
jahon pulining funksional shakli;
- valutalami o‘zaro konvertirlash shartlari;
- valuta pariteti rejimining reglamenti;
- davlatlararo valutaviy chegaralami tartibga solish;
- xalqaro valuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli;
- xalqaro kredit mablag‘lari muomalasini 
unifikatsiyalash 
qoidalari;
- xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qo‘llashning qoidalari;
- xalqaro valuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi;
- davlatlararo valutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar.
Milliy valuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valutasi
tashkil etadi. Ushbu valuta tegishli qonunchilik hujjatlari asosida 
mamlakatda yagona to‘lov vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro 
hisob -kitoblarda qoilaniladigan pul (milliy valutalar) valuta deb 
yuritiladi.
15.2. Valuta tizimining rivojlanish bosqichlari
15.2.1. Klassik oltin standarti
(1815-1914 yy.)
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi dunyodagi 
turli mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta’sir 
ko‘rsatdi. Shu nuqtayi nazardan XIX asmi tom ma’noda g‘arb 
sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standarti hukmronligi asri 
deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush 
ham to‘lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o‘rtasidagi hisob- 
kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin 
standarti ostida birlashgan edi.
Mamlakatda amal qilgan milliy valutalar (dollar, funt, frank va h.k.) 
esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatini o‘lchov birligi bo‘lib xizmat 
qilgan. Masalan, dollaming nomlanishi - 1/20 unsiya og'irlikka teng 
bo‘lgan oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa - oltinning j unsiya 
og‘irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlash kurslari davlat 
ishtirokisiz qat’iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat 
milliy valutalari o‘lchov birligiga bog‘liq ravishda bir - biriga doimo
258


mos kelgan. Ya’ni 1 funt (o‘lchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddi 
shunday 1 funt sterling (oltin o‘lchov birligi) 4,86 dollarga teng bo‘lgan.
Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan 
va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini o‘tagan. 
AQSHning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yetishining asosiy 
sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida 
dollaming to‘lov vositasi sifatida amal qilishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat taqsimotida, xalqaro 
kapital oqimida, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda 
ko‘rishimiz mumkin.
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, 
barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent «maxsus 
tovar» sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning 
bu jarayonlardagi o‘mi unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga 
chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan kelib chiqib 
belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun’iy 
inflatsiyani yuzaga kelishiga yo'l qo‘ymasligi bilan birga, mamlakat 
to‘lov balansining muvozanati ta’minlagan.
Mamlakatda pul taklifmi ortishi mahalliy tovar va xizmatlar 
bahosining ortishiga olib keladi. 0 ‘z navbatida, aholining nominal 
daromadlari ortadi, bu esa importning o‘sishiga ta’sir ko‘rSatadi. 
Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past 
bo‘ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan 
qisqaradi. 0 ‘z navbatida, mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni 
keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valuta zaxiralarini kamayishiga 
olib keladi. Shu o‘rinda aytish joizki, bank depozidarining sun’iy 
ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditiar hajmining 
ortishi ham oltin - valuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Chunki, 
bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlami oltin 
miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun mamlakatda pul 
taklifmi kamaytirish va uning tegishli me’yorini saqlash lozim bo‘ladi. 
Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu 
tariqa bozorda narxlar muvozanati ta’minlanadi. Bu esa eksport hajmini 
oshirish ehtiyojini tug‘diradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat o‘zaro savdo - iqtisodiy munosabatda 
bo‘lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar 
davom etadi.
259


0 ‘z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal 
qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va ushbu 
pul tizimining mukammalligidan qat’iy nazar inflatsiya, retsessiya 
natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin 
tangalami zarb etish ustidan davlat nazoratini o‘matilishi, qonuniy 
to‘lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo‘yilganligi, qog'oz 
pullami joriy etilishi va inflatsiyani rag‘batlantirilishi kabi yo‘nalishlar 
orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. Davlatning 
pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu 
sohadagi o‘zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga 
oshirilgan.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish