Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish


* * *  182  RADIATSION SHAROITLARNI PROGNOZ BO’YICHA



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

* * * 


182 
RADIATSION SHAROITLARNI PROGNOZ BO’YICHA
ANIQLASH VA BAHOLASH 
O.N.Xakimov (O’zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi 5-bosqich kursanti)
adioaktiv moddalarning o‘ziga xos muhim xususiyatlaridan biri 
radioaktiv moddalarning odam organizmiga turli xil darajada jarohat 
yetkazishidir. Radifaol moddalarning inson organizmiga jarohat 
yetkazish qobiliyatiga qarab, ba’zi bir radifaol moddalar insonning ayrim 
organizmlariga ta’sir etib, ularni jarohatlantirsa, ba’zi radioaktiv moddalar esa 
insonlarni ommaviy qirg‘iniga olib kelishi mumkin. 
Radioaktiv moddalar bilan bog‘liq halokat sodir bo‘lganda odamlar hayoti 
uchun katta xavf paydo bo‘ladi, radioaktiv moddalar bir agregat holatidan qisqa 
muddat ichida boshqa agregat holatiga aylanishi natijasida ma’lum bir hududdagi 
odam va hayvonlar ommaviy jarohat olishi hamda buning oqibatida katta 
vayronagarchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Radioaktivlik haqida tushuncha. 
Radioaktivlik bu – ba’zi kimyoviy 
elementlar atom yadrolarining o‘z - o‘zidan yemirilishi natijasida atom va massa 
raqamining o‘zgarishidir. Bunday turdagi elementlar radioaktiv moddalar deb 
ataladi. Radioaktiv moddalar ma’lum bir tezlikda yemiriladi, ya’ni elementning 
tarkibidagi barcha atomlarning 50 foizi ma’lum bir vaqt ichida yemiriladi. 
Radioaktiv moddalarning yemirilish jarayoni to‘xtashi yoki tezlashishi mumkin 
emas. Ma’lumki, radioaktiv zararlanish hech qanday alohida alomatlarga ega emas 
(rang, hid, ta’m), shuning uchun uni aniqlash uchun maxsus dozimetrik asboblar 
ishlatiladi. Dozimetrik asboblar radiatsion ma’lumot olish uchun ko‘zda tutilgan 
bo‘lib, ular yordamida yadroviy talafot chegarasi va radioaktiv zararlanish 
darajasini, odamlar nurlanishini nazorat qilish, yutish darajasini o‘zgartirish, 
yong‘in o‘chirish kuch va vositalari, oziq-ovqatlar, ta’minot, suv va shaxsiy 
tarkibning zararlangan joyda ishlash vaqtida olgan nurlanish darajasini aniqlash 
mumkin.Ko‘pgina dozimetrik asboblarining ishlash xususiyati radioaktiv nurlar 
ta’sirida gazlarning ionlashish prinsipiga asoslangan. Ionlangan bo‘shliqdan 
radioaktiv nurlanishning o‘tishi gaz molekulalarini ion holatiga o‘tkazadi, bu esa 
ionlarning elektr toki o‘tkazish xususiyati oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Tok 
kuchini o‘lchash bizga radiatsion zararlanish darajasi va kuchini ko‘rsatadi. Bu 
asboblarga radioaktivlik indikatori (DP-63-A) dala holatida betta va gamma 
nurlanishni hududning yerda hamda havoda mavjudligi hamda gamma 
nurlanishning taxminiy baholashini aniqlashga mo‘ljallangan. 
Rentgenometr (DP-2)da zararlangan joyda gamma nurlanishning miqdorini 
o‘lchash ko‘zda tutilgan. Uning yordamida radiatsiya diapazonining 0-200 r/s 
miqdorini o‘lchash mumkin. 
Radiometr-rentgenometr (DP-5) esa odamlar teri qavatini, bekinish joylarini, 
harbiy kiyimlar, texnika, oziq-ovqatlar zaxirasini, turli xil mol-mulk va harbiy 
kiyimlardagi gamma nurlanish miqdorini aniqlash hamda narsalarda betta 
nurlanish mavjudligini aniqlaydi. 



183 
Odamlarning umumiy shaxsiy nurlanish miqdorini aniqlash uchun shaxsiy 
dozimetrlar jamlanmasi ishlatiladi, bu jamlanmalar DP-22-V va DP-23-A 
turkumiga kiradi. Jamlanma tarkibiga DKP-50-A dozimetrlari ham kiradi. 
Ion nurlanishning tirik organizmga ta’siri.
Ion nurlanish tirik organizmlarga 
ta’sir etganda, quyidagi holatlar vujudga kelishi mumkin: 
tirik organizm juda katta energiyani o‘z ichiga yutadi va buning natijasida 
chuqur biologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin; 
ion nurlanishning yopiq inkubatsion rivojlanish davrida tirik organizm 
o‘zining nurlanganligini bilmaydi; 
nurlanish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, bu davr shuncha qisqa bo‘ladi; 
kam miqdordagi nurlanish ko‘payish soniga qarab oshib boradi; 
nurlanish faqat tirik organizmga emas, balki undan paydo bo‘ladigan yangi 
avlodga ham ta’sir qiladi va bu genetik effekt hisoblanadi; 
har bir organizm nurlanishni har xil qabul qiladi, har kungi 0,002 – 0,005 rg 
nurlanishda tirik organizmning qonida o‘zgarish seziladi; 
ion nurlanish va chastotalarning soniga bog‘liq holda bir marta katta doza 
nurlanish oqibatlari, bir necha marta kichik doza nurlanishidan ko‘ra ko‘proq 
favqulodda noxush hodisalarga olib kelishi mumkin. 
Radioaktiv moddalar tarkibidan chiqayotgan radioaktiv nurlanish atrof-
muhitga yutiladi. Tirik organizmning ion nurlanishida odamning terisida murakkab 
fiziologik, kimyoviy va biologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Ma’lumki, inson 
terisining uchdan ikki qismini suv va uglerodlar tashkil etadi. Suv nurlanish 
ta’sirida vodorod (
H
) va ishqor gruppasi – 
OH 
ga ajraladi, yuqori kimyoviy faol 
moddalarga aylanadi, bir so‘z bilan aytganda ishqor guruhiga yoki vodorodga 
aylanib ketadi. Bu birikmalar organik moddalarning molekulalari bilan o‘zaro 
reaksiyaga kirishishi natijasida terini emiradi. 
Ion nurlanishning barcha turlari ya’ni, xoh tashqi, xoh ichki nurlanish bo‘lsin, 
u tirik organizmda o‘zgarishlar hosil qiladi. 
O‘limga olib keladigan nurlanish dozalari:
bosh qismi – 20 R, qorinning 
ostki qismi – 30 R, qorinning yuqori qismi – 50 R, ko‘krak qafasi – 100 R, oyoq va 
qo‘l uchlari 200 R. 
Og‘ir radiatsion sharoitda jangovar harakatlarni amalga oshirayotgan 
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi a’zolarining bir necha bor nurlanish 
olishiga to‘g‘ri keladi, natijada umumiy nurlanish dozasi inson uchun belgilangan 
me’yordan oshib ketadi. Ma’lumki, nurlanish natijasida olingan jarohat uning 
dozasiga va ushbu dozani olish uchun sarflangan vaqtga bog‘liqdir. Umumiy 
nurlanish dozasi aniqlanayotganda inson organizmidagi ma’lum bir qismlarining 
sog‘ayib borish qobiliyatini ham hisobga olish lozim, agar bu qism 90 % ni tashkil 
qilsa, u qaytish dozasi deb ataladi. Nurlanishdan shikastlangan inson 
organizmining qolgan 10 % qismi esa juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi va u qayta 
tiklanmasligi ham mumkin. Qaytish dozasidagi 90 % ni tashkil etgan qismning 
yarmi 1 oy ichida, qolgan yarmi esa 3 oy ichida tiklanib boradi. 
Nurlanish boshlangandan so‘ng 4 sutka mobaynida hech qanday tiklanish yuz 
bermaydi. Faqat 4 sutkadan keyingina inson organizmida sog‘ayish jarayoni 
boshlanadi. 


184 
Tirik organizm olgan nurlanish miqdorini aniqlash uchun qaytish dozasi
(90 %) bilan og‘ir kechuvchi dozani (10 %) qo‘shish kerak. Shu ikki qismning 
yig‘indisi samarali doza deb ataladi. Shu doza yuqorida ko‘rsatilgan nurlanishdagi 
biologik ta’sir dozasi deb yuritiladi. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy 
tarkibining organizmi ion nurlanish davrida nurlanish darajasini o‘zida yig‘ib 
borish xususiyatiga ega. 
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki katta hududlar radioaktiv nurlanganda 
kishilarning sog‘ligini saqlash muammosiga birinchi navbatdagi vazifa deb 
qaraladi. Samarali doza qancha tez aniqlansa, bu muammoni hal qilish ham 
shuncha yengillashadi. Samarali dozaning qanchaligiga qarab, uning xavflilik 
darajasini, shu hududda yashash va mehnat qilish mumkin yoki mumkin emasligi 
aniqlanadi. Har kuni dozimetrik tekshiruvlar olib borilib, nurlanish miqdori 
samarali dozadan oshib ketmasligi nazorat qilib turiladi. Shu yo‘l bilan yong‘in-
qutqaruv bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi nurlanishdan himoya qilinadi. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish