261
yuklamalar 5 kPa dan oshmasligi taxmin qilingan. Bu esa, ishlab chiqarish binosini
loyihalashda inobatga olinishi zarur bo‘lgan shartlardan biri bo‘lib, binoning ichki
qismida
portlash yuz berganda, uning saqlanib qolinishini ma’lum bir miqdorda
ta’minlaydi.
Hozirgi kunda turar joy binolarini (shu qatorda gaz bilan ta’minlanganlarini)
loyihalashda, ularning portlashga chidamliligi masalasiga deyarli e’tibor
qaratilmaydi. Buning asosiy sababi, turar joy binolarining portlab-yonish va
yong‘in xavfi bo‘yicha toifalanmasligidir. Turar joy binolarining tashqi
devorlaridagi deraza o‘rinlari esa, faqatgina xonalarni tabiiy yoritish nuqtai
nazaridan
bajariladi, vaholanki, bu derazalar portlashda yuzaga kelgan bosimni
tashqariga chiqarib tashlash uchun ham xizmat qilishi mumkin.
Deraza o‘rinlarini zamonaviy turdagi to‘ldiruvchilari – plastik shisha paket
(steklopaket)larning yurtimizda keng qo‘llanilishi, turar joy binolarini portlashdan
himoyalash muammosini dolzarb hisoblangan masalalar qatoriga qo‘shmoqda.
Bunday shisha paketlarning oson tashlanishi uchun yetarli bo‘lgan bosim
ko‘rsatkichi 5-6 kPa ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich, binoning asosiy yuk
ko‘taruvchi konstruksiyalarining mustahkamlik ko‘rsatkichiga deyarli yaqin.
Yuqoridagi kabi shisha paketli derazalardan iborat binolarda sodir bo‘lgan
portlashlar, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tabiiy gaz asboblari mavjud xonalarda derazalarga oyna solishning
kuchaytirilgan usulini qo‘llash, portlashdan himoyalash meyorlariga zid bo‘lgan
holat hisoblanadi. Portlash yuz berganda bunday usulda
oyna solingan derazalar
oson tashlanuvchi konstruksiyalar vazifasini bajarmaydi va bu holat o‘z navbatida
portlashda hosil bo‘ladigan ortiqcha bosimning birdaniga ortib ketishiga olib
keladi. Shunday ekan, tabiiy gaz bilan ifloslanish ehtimoli mavjud bo‘lgan
xonalarda shisha paketlarni qo‘llash, portlashga chidamlilik nuqtai nazaridan o‘ta
xavfli hisoblanadi.
Turar joy binosida doimiy havo almashuvining mavjudligi, xonada
portlashdan xavfli konsentratsiyaning hosil bo‘lish imkonini tez sur’atlarda
pasaytiradi, bu esa o‘z navbatida portlash xavfsizligi darajasini ancha oshishiga
olib keladi. Xonalarni shamollatish
sifatining yomonlashishida esa, portlash
ehtimoli ancha ortadi. Yilning sovuq mavsumida markaziy isitish tizimining
qoniqarsiz ishlashi (odam tanasi uchun yetarli bo‘lgan issiq harorat bilan ta’minlab
bera olmasligi) oqibatida, ko‘p qavatli binolarning xonadonlarini isitish uchun
oshxonada o‘rnatilgan gaz plitalaridan foydalanish natijasida yuz bergan
portlashlar buning yaqqol dalilidir. Qishki mavsumda
xonadonlardagi havoning
harorati derazalarning yopiq bo‘lishiga qaramasdan atrof muhitning haroratiga
yaqin bo‘ladi, shuning uchun xonani shamollatish masalasi uy egasi uchun deyarli
muhim hisoblanmaydi. Bunday holat esa, o‘z navbatida gazning uncha katta
bo‘lmagan miqdorda sirqib chiqib ketishida ham portlashdan xavfli aralashmani
hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun turar joy binolarining shamollatish
tizimlarini profilaktikasi ham, portlashdan himoyalash
choralarining biri
hisoblanadi.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, turar joy
binolarining portlashga chidamliligini ta’minlovchi chora-tadbirlar deyarli katta
262
mablag‘larni talab etmasligini, loyihalash davrida ularni tatbiq qilish esa,
qo‘shimcha xarajatlarni oldini olishini ko‘rsatmoqda.
Faqat saqlovchi
konstruksiyalar (derazalarga oyna solish) turini to‘g‘ri tanlash kerak xalos.
Pirovardida quyidagicha xulosa qilish mumkin: bino va inshootlarning
portlashga chidamliligini ishonchli ravishda ta’minlash uchun, aniq hajmiy-rejaviy
yechim uchun taxminiy yuklamalar dinamik xarakteristikalarining hisobi zarur,
chunki hozirgi kunda mavjud bo‘lgan normativ baza portlash yuklamalarining
ko‘rsatkichini aniq belgilab berish imkonini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: