Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish


Maxsus vazifalarni bajarish munosabati bilan gaz-tutundan himoyalash  xizmati tuzildi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

 
Maxsus vazifalarni bajarish munosabati bilan gaz-tutundan himoyalash 
xizmati tuzildi. 
 
Gaz va tutundan himoyalash xizmati - Davlat Yong’in xavfsizligi xizmati 
bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan nafas olishga, yaroqsiz bo‘lgan muhitlarda 
odamlarni qutqarish, Yong’inni o‘chirish hamda falokat oqibatini bartaraf etish 
bo‘yicha jangovar harakatlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida tashkil 
etiladi. 
 
Gaz va tutundan himoyalash xizmati asosiy vazifalari: 
-odamlarni qutqarish;
 
-nafas olish uchun yaroqsiz muhitda yong’in xolatini o‘rganish va yong’ini 
bartaraf qilish;
 
-mol-mulklarni va moddiy boyliklarni yong’in hududidan tashqariga olib 
chiqish;
 
-yong’in xavfsizligi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va falokat oqibatini bartaraf 
etishda qatnashadigan guruhlarning normal ishlashlari uchun sharoit yaratish.
 
Gaz va tutundan himoyalash xizmati - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining boshqaruv organlari va bo‘linmalari, 
shuningdek ta`lim muassasalariga taalluqli bo‘lib, yong’in-qutqaruv xizmati 
tizimlarida gaz va tutundan himoyalash xizmatining vazifasi, faoliyatini tashkil 
etish asoslari va tartibini belgilab beradi.
 
GTXX, FVVTlari shaxsiy tarkibi tomonidan nafas olishga yaroqsiz bo`lgan 
muhitlarda odamlarni qutqarish, favqulodda vaziyat va yong`inlarni bartaraf etish 
hamda falokat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha har xil harakatlarni amalga 
oshirishni ta'minlash maqsadida tashkil etiladi.
 
GTXXni tashkil qilish va faoliyatini boshqarish hududiy Favqulodda 
vaziyatlar boshqarmalariga (bundan buyon matnda FVB deb yuritiladi) GTXX 
ustasi, instruktor va texniklar bilan mashg`ulotlarni tashkillashtirib o`tkazilishi, 
ularni xizmat tayyorgarligi hamda GTXX vositalarini soz holatda saqlanishini 
nazorat qilish ishlari, xizmatni tashkil etish va tuzilmalar jangovarligini ta'minlash 
bo`limiga hamda Tezkor boshqaruv xizmatiga, shuningdek GTXXning moddiy-
texnik ta'minot bilan ta'minlash va zarur ehtiyot qismlar zaxirasini yaratish ishlari 
moddiy-texnik ta'minot bo`limiga yuklatiladi.
 


256 
Navbatchi smenaning jangovar xisobida besh nafar va undap ko`p gaz-
tutundan himoyachilar mavjud bo`lsa, shuningdek asosiy yong`in o`chirish 
avtomobili bilan ta'minlangan barcha FVVTlarida GTXX tashkil etilishi lozim. 
G'TXXning boshlang`ich taktik birlik guruhdan tashkil topadi. Xar bir guruh 
qoidaga ko`ra, bo`linma boshlig`i bilan birga uch kishidan kam bo`lmasligi kerak. 
Ayrim xollarda yong`ino`chirish rahbarining buyrug`iga asosan, odamlarni 
qutqarish va mol-mulklarni xavfsiz joyga olib chiqish ishlarida guruxni ikki 
nafargacha kamaytirishga ruxsat etiladi. Gaz-tutundan himoyachilar ixtiyorida 
himoya apparati bo`lgan yong`in-qutqaruv xizmatining oddiy, boshliqlar va 
yong`in-qutqaruv xizmati xodimlarini tayyorlaydigan O`zbekistan Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi o`quv yurtlarining boshliqlar tarkibi hamda 
kursantlaridan tayinlanadi.
 
Favqulodda 
vaziyatlar 
va 
yong`inni 
o`chirishga 
jalb 
etiladigan 
FVVTlarining barcha boshliqlar tarkibi va xodimlari himoya apparatlari bilan 
ta'minlangan bo`lishi hamda tekshiruvlarni shaxsan o`zlari o`tkazishlari va reja 
asosida undan foydalanish mashg`ulotlarini o`tishlari kerak.
 
Zaxarli kimyoviy moddalarni ajratish va qayta ishlash bilan bog`lik bo`lgan 
hamda neftni qayta ishlash ob'ektlarini muhofaza qiluvchi FVV tarkibiy 
tuzilmalarining haydovchi vamuxandis-nozirlari tarkibi himoya gazniqob bilan 
ta'minlangan bulishi kerak.Yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, ishlab 
chiqarish aloqa va muxim transport kommunikatsiyalari ob'ektlarida yong`in 
xavfsizligini ta'minlovchi FVV tarkibiy tuzilmasining gaz va tutun bilan kurashish, 
qutqaruv ishlarini olib borish uchun maxsus avtomobillarda GTXXning 
bo`linmalari tashkil etiladi. 
 
Favqulodda vaziyatlar va yong`inlarni bartaraf etishda himoya apparati va 
zaruriy anjomlari mavjud bo`lgan gaz va tog`- qutkaruv hamda boshqa 
tuzilmalarning jalb etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ular bilan xamkorlikda 
ishlash va xarakat tartibini hududiy FVB va maxsus tuzilmalar boshliqlari 
belgilaydi. Favqulodda vaziyatlar va yong`inlarni bartaraf etish ishlarini bajarishda 
faqat bir turdagi himoya apparati mavjud bo`lgan gaz-tutundan himoyachilar 
tarkibidan guruh tuzilishi kerak.
 
GTXX guruhlarini har xil turdagi apparatlar bilan bitta xavfsizlik joyida yoki 
yong`in o`chirish uchastkasida ishlatish man etiladi. Ushbu masala bo`yicha 
umumiy javobgarlik shaxsanyong`in o`chirish raxbari zimmasiga kiritiladi.

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish