17
Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish,
qo‘llab-quvvatlash,
markazlashgan
investitsiyalash
jarayonidan
nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o‘tish, ustuvor investitsion loyihalarni
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig‘indisi hisoblanadi.
Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko‘proq ustuvorlik kichik biznes
subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud
kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu
asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay
iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar
va korxona investitsiya
siyosatlaridan tarkib topib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Hududlar investitsiya siyosati
investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfatlarini hisobga olgan
holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-
tadbirlar
majmuyi.
Tarmoq
investitsiya
siyosati
esa
bu
mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini
eksport qilish, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-
texnika taraqqiyotini investitsiya yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Davlat investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va
rivojlantirish, aholining iste’mol
tovarlari, ish joylarga bo‘lgan talabini qisqa
vaqt ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarga
amal qilinmoqda:
1)
eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
2)
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
3)
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish
tuzilmalarini yaratish;
4)
ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon
qadar yuqori darajada foydalanishni ta’minlash;
5)
mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash hamda uni
kuchaytirish;
6)
samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi,
xizmat
ko‘rsatish
sohasi
va
intellektual
faoliyatlar
rivojlanishini
uyg‘unlashtirish;
7)
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni
barpo etish;
8)
aholining ish bilan bandligini hamda iqtisodiy faolligini oshirish;
9)
hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to‘liq shakllantirish.
Davlat investitsiya siyosatini olib borishda
muhim strategiyalar ishlab
chiqarilgan bo‘lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy subyektlar rivojlanishini
qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy
18
investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy
barqarorlik, investitsiya muhitining juda qulayligi, xorijiy investorlar uzoq
muddatli investitsiya loyihalarini tuzishida asos bo‘lmoqda. Bundan tashqari,
jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish,
soliq va bojxona ta’riflari bo‘yicha imtiyozlar berish orqali shart-sharoitlar
yaratilmoqda, o‘nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda.
Investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
investitsiyalar,
ularning
harakatlanishi,
investitsiya
faoliyati
ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo‘yicha qulay huquqiy
bazani yaratish, amaldagi qonunchilikning huquqiy bazasini takomillashtirish;
iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni
yurgizish;
investitsion jarayonni yaxshilash va
barcha investitsion jarayon
ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish
funksiyalarini yanada takomillashtirish.
Davlat investitsiya siyosatini joylarda, qishloqlarda amalga oshirish uchun
gaz, suv, elektr, kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, davlat soliq
imtiyozlari asosida kichik korxonalar tashkil etish zarur. Chunki shu yo‘l
bilangina qishloq korxonalariga investitsiyalarni jalb etish mumkin.
Xulosa
1.
Investitsiyalar – bo‘sh turgan kapitalni daromad (foyda) olish maqsadida
qonun doirasida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi
qonunida investitsiyalar quyidagi uch turga ajaratilgan:
1)
kapital investitsiyalar;
2)
innovatsion investitsiyalar;
3)
intellektual investitsiyalar.
3.
Investitsiya jarayoni – bo‘sh sarmoyaga ega bo‘lganlar bilan sarmoya
talab qilayotganlarni uchrashish jarayoni.
Investitsiyaning obyekti bo‘lib, mablag‘larni, ya’ni qonun doirasidagi
barcha boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi
korxonalar yoki amalda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, qimmatli qog‘ozlar,
bank depozitlari, intellektual mulk va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Investitsiya subyekti deyilganda, investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi
yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, xalqaro moliya
institutlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari,
turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo‘lgan
19
fuqarolar, shu jumladan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
bo‘lishi mumkin.
4.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya jarayonlarini
tartibga solish, yo‘nalishi va taqsimlanishini to‘g‘ri aniqlashning iqtisodiy
asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon
tug‘diruvchi shart-sharoitni ta’minlash investitsiya
siyosatining muhim
vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy o‘sishga aynan shu yo‘l bilan erishish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: