K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


22
II BOB. IQTISIDOYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY 
INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI
2.1. Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati hamda iqtisodiyotga 
jalb qilishning obyektiv zarurligi 
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab 
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. U 
iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o‘rin 
tutishini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, 
xususan, chet el investitsiyalariga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu 
esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining 
rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning 
yo‘lga qo‘yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya 
siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim. Zero, respublika birinchi 
prezidenti I.A.Karimovning “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport 
imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli investitsiya 
siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi”
4
, - degan ko‘rsatmalari muhim 
amaliy ahamiyatga ega. 
Albatta, kuchli investitsiya siyosati o‘tkazish orqaligina biz o‘z 
iqtisodiyotimizni yanada gullab-yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy 
investitsiyalarning o‘rni katta hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi 
qonunida 

Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida 
tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi 
faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar 
hamda ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, 
chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston 
Respublikasi hududida chet el investitsiyalari” deb e’tirof etiladi
5

Bizningcha, xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan 
yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutlaq boshqa 
davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan 
barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki 
investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbayiga kiradi. Ular 
milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag‘batlantirgan holda jalb 
qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ham 
moliyalashtirishning tashqi manbayi bo‘lmasligi mumkin. Bu, birinchi navbatda, 
foiz to‘lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taalluqli. 
4
Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. T.: O`zbekiston, 1993. 
5
“Chet el investitsiyalari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni. 1998. 30-aprel. 3-modda.


23
Chunki chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari ma’lum vaqt 
o‘tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talab etadi. 
Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan 
kreditlarninig o‘ziga xos farqlari mavjud. Bu borada xorijiy investitsiyalar 
risklar doirasi bilan, chet el kreditlari esa risklari kengligi bilan farqlanadi.
Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor 
mamlakatlar iqtisodiy subyektlari hamda qo‘shma korxonalar real va moliyaviy 
aktivlariga kiritgan mablag‘laridir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining 
bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada 
foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka – kapital 
egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag‘lar oqimini 
ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib ketish, qochish, ya’ni 
mamlakatlararo ko‘chib yurish xosdir. Huquqiy nuqtayi nazardan ular 
o‘zlarining milliy-huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy 
sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan o‘z milliy 
investitsiya muhitini o‘zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromaddorlik, 
kapitallashuv va likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining o‘ziga xos 
muhim belgisi aniq maqsadlarni ko‘zlash hisoblanadi. Ularning e’tiborini 
tortuvchi iqtisodiyot ham o‘z maqsadlariga erishishga intiladi. Bu maqsadlar 
samaradorlik, ishlab chiqarishni o‘stirish, tashqi bozorlarga kirib borish yoki 
noiqtisodiy mazmundagi vazifalar bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘zaro 
manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini 
hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishining 
asosi hisoblanadi. 
“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy 
organlari; 

davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan 
yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar; 

chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va 
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shahslar boshqa har qanday shirkatlar, 
tashkilotlar yoki uyushmalar; 

chet el davlati fuqorolari bo‘lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi 
bo‘lmagan shahslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari. 
Bugungi kunda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda bevosita 
xorijiy investitsyalarning eksportini oshirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy, 


24
mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytrishga olib keladi, bu esa, o‘z 
navbatida, faol investitsiya faoliyatiga undaydi.
Xorijiy investitsiyalarni turlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, chet 
el investitsiyalarining tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin (2.1.1-chizma). 
2.1.1-chizma.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish