Xorijiy investitsiyalarning tasniflanishi
6
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar
kapitalni joylashtirish shakli bo‘lib,
investorni qimmatli qog‘ozlarga yoki mulkka bo‘lgan bevosita huquqidan
dalolat beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo‘yuvchi davlat
yoki uning xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan investitsiyalarni kapital
qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi. Investitsiyalardan
6
Mamatov B.: Xorijiy investisiyalar: O`quv qo`llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2010.
25
olinadigan yoki kutilayotgan daromad evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz
stavkasidan yuqoriroq darajada bo‘lishi kerak. Shundagina kapital qabul
qiluvchi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan talabi
qondirilgan bo‘ladi. Jahon kapital bozorida kapital oqimi unga bo‘lgan talab va
taklifdan kelib chiqadi. Xorijiy kapitalning milliy iqtisodiyotga kiritilishi ikkala
tomonga ham manfaat keltirishni ko‘zlaydi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘zga iqtisodiyotga kirib
borishi moliyaviy xatarlar bilan bog‘liq. Chunki kapital oqimlarining harakati
kapital bozorlari orqali vujudga keladi va, o‘z navbatida, moliyaviy harakatlarga
asos soladi. Milliy kapital bozorlarida moliyaviy xatarlardan bo‘lmish foiz,
kredit, inflyatsiya xatarlari asosiy xatarlardan hisoblanadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
kompaniyalarning o‘z kapitalini xorijga chiqarishi;
to‘g‘ridan to‘g‘ri investor xorijiy korxonadan olgan foydasini uning
foydasiga qayta moliyalshtirilishi;
kapitalning bosh firma va uning xorijiy korxonalari o‘rtasida ichki
korparativ o‘tkazmalari.
Portfel investitsiyalar -
bu kapitalni xorijiy korxonlar qimmatli
qog‘ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam qismini) kiritish shaklida
olib chiqib ketish bo‘lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish
imkonini bermaydi.
Jahon
iqtisodiyotining
barqaror
rivojlanishi
jarayonida
portfel
investitsiyalar ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikki holat bilan izohlandi:
jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi;
portfel investitsiyalarning yuqori likvidligi bilan bog‘liq afzallikdir.
To‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalarni boshqa mamlakatga chiqib
ketishida, albatta, maqsad birinchi o‘rinda turadi. Bu 2 turdagi investitsiyalar
orasidagi farqlarni 2.1.1-
jadvalda ko‘rishingiz mumkin.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning
ahamiyati quyidagilar bilan xususiyatlanadi:
birinchidan,
ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni
joriy
etib,
eksportga
mo‘ljallangan
mahsulotlarni
ishlab
chiqarishni
rivojlantiradi;
ikkinchidan,
import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish
va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga
yo‘naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash
imkonini yaratadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |