K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


 O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
2.5. O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning 
davriy tahlili 


39
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar 
investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari chog‘ida ularning barcha huquqlarini 
kafolatlaydi va himoya qiladi. Davlat tomonidan chet ellik investorlar va chet el 
investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy 
himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo‘yilgan rejimga qaraganda 
noqulayroq bo‘lishi mumkin emas. 
Bugungi kunda respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va 
sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd AQSH dollaridan ko‘proq, 
asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat 
iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6% dan ko‘prog‘i 
ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika 
iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga 
qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. 
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofiq, soliqlar va boshqa to‘lovlarni, shu jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanuvchi o‘z xodimlari uchun ijtimoiy 
sug‘urta va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi. 
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi 
barcha xarajatlari ularning o‘z valyuta tushumlari hisobiga, shuningdek, chet el 
valyutasini olishning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan 
boshqa manbalari hisobiga ta’minlanishi lozim. Ularning valyutada o‘zini o‘zi 
qoplashi tuziladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham 
ta’minlanishi mumkin. 
Xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalar 
O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import 
operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘zlari ishlab chiqargan 
mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va 
kvotalanmaydi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 
mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o‘zining 
ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun 
import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Xorijiy investorlar O‘zbekiston Respublikasiga o‘z ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun, shuningdek, chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar 
bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida 


40
turgan chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan 
mol-mulkdan boj to‘lovi olinmaydi. 
Xorijiy investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxonalarga tegishli, ularning investitsiyalari sifatida qo‘shiladigan ixtirolarni 
patentlash va sanoat namunalarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish 
o‘tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog‘liq. 
Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o‘tgan yillarda investitsiyalarning o‘sishi 
jadallashdi (
2.5.1-jadval).

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish