K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127
3)
 
ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro zonalari. 
Ushbu zonalar tarkibiga tashqi 
bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida 
mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan “Texnopolis” zonalari kiradi; 
4)
 
xizmat ko‘rsatish (servis) zonalari. 
Ushbu zona shaklining o‘ziga xosligi 
shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliya-bank markazlari, sug‘urta 
bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliya-bank 
xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqori salohiyatga ega xorijiy 
investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir. 
Muayyan ustavga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalarning keng tarqalishi 
o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan. 
1959-yilda Irlandiyaning Shenon shahri shunday erkin iqtisodiy zonaga 
aylantirilgan. Irlandiya hukumati Shenon xalqaro aeroportiga asosiy e’tiborni 
qaratib, uning hududi yonida xalqaro erkin tadbirkorlik zonasini tarkib 
toptirishga rasmiy ruxsat berdi. Shundan keyin jahon iqtisodiyotida turli xil 
xo‘jalik yuritish va faoliyat ko‘rsatish tartibiga amal qiladigan minglab erkin 
iqtisodiy zonalar tarkib topa boshladi. 
Hozirgi paytda erkin iqtisodiy zonalarning aksariyati Amerika va Janubi-
sharqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi 
ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy zonalarning alohida mamlakatdagi samarali 
tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, avvalo, undagi siyosiy barqarorlik, 
investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil 


35
etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy 
boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog‘liqdir. 
Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin 
iqtisodiy zona turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Yevropa 
davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortish-tushirish ishlarini ortiqcha 
rasmiyatchiliksiz va bojxona to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab 
erkin savdo zonalari tashkil etishgan. Erkin aeroport zonalari tashkil etish Buyuk 
Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo‘lsa, moliya-bank markazlari va Offshor 
zonalar Shveytsariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. AQSH va Yaponiyada “Texnopolis”lar rivojlanishiga qulay sharoit 
yaratilib, hozir ularda keskin yuksalishga erishgan. Dunyodagi eng katta 
“Texnopolis” AQSHdagi erkin iqtisodiy zonada joylashgan bo‘lib, u Silikon 
vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan 
kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu zonada 
tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizatsiya qilinmoqda. 
Sharqiy Osiyoda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq 
Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmoqda. 
Xitoyda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish uchun, asosan, dengiz 
bandargohiga yaqin bo‘lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan 
transport magistrallari kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki zonalar XX 
asrning 70-yillar oxirida tashkil etila boshlangan. Erkin iqtisodiy zonalarni 
tashkil etishda quyidagilarga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan: 

xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal 
rag‘batlantirish hamda intellektual mehnat o‘rnini bosadigan texnika 
korxonalarini tashkil etish; 

tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat 
taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga 
valyuta tushumini ko‘paytirish; 

erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy tovarlarni ko‘plab ishlab chiqarish, 
xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tajribalarini o‘rgatadigan maktablardagi ilg‘or 
tajribalarni mamlakatning qolgan hududlariga ham keng joriy etish; 

mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib, 
vujudga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tanglikning oldini olish. 
Sobiq sho‘ro respublikalar o‘rtasidagi rejali iqtisodiy aloqalar uzilganidan 
so‘ng har bir respublika o‘z hududida imkon qadar erkin iqtisodiy zonalarni 
tashkil etishga kirisha boshladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha 
ular orasida Rossiya Federatsiyasi yetakchi o‘rinni egallamoqda.


36
Mamlakatimizda siyosiy mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan 
boshlab, iqtisodiyotga zamonaviy texnika va texnologiyalarni xorijiy investitsiya 
shaklida jalb qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy investitsiyalarni 
respublika viloyatlarida teng taqsimlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida, 
marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda, erkin iqtisodiy 
zonalarni tashkil etish va rivojlantirish ishlari ustida ham keng amaliy tadbirlarni 
bajarish davom etmoqda. Pirovardida Andijon, Samarqand, Xorazm, Buxoro, 
Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida xorijiy investitsiyali zamonaviy 
korxonalar barpo etilib, mehnat resurslarini yuqori darajada ish haqi bilan 
ta’minlaydigan ish o‘rinlari ham ochilmoqda. Shu jumladan, respublikaning 
jahon hamjamiyatida salohiyatli a’zo sifatida tanilishiga yorqin hissa 
qo‘shuvchi, davlat byudjetiga salmoqli soliq to‘lovchi subyektlar paydo bo‘lib, 
ular byudjet kamomadini qisqartirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. 
Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini tezlashtiruvchi asosiy omil 
mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etib, ularning ma’muriy 
boshqaruviga keng huquqiy imtiyozlar, investorlarga esa moliyaviy imtiyozlarni 
kafolatlab berishdir. 
Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirishga 
bevosita javob beradigan va kafolatlaydigan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va 
iqtisodiyotga joriy etish bizda bir oz kechroq, aniqrog‘i, 1995-yilda boshlandi. 
1995-yil 30-avgustda “Konsessiya to‘g‘risida”gi, 1996-yil 25-aprelda “Erkin 
iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, 1996-yil 29-avgustda “Xorijdan mablag‘ jalb 
qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi va iqtisodiyotga joriy etildi. Mazkur 
qonunlarning qabul qilinishi xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotimizga kirib 
kelishiga investitsiyalar hajmining yildan yilga oshib borishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. 
"Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasida jahon 
amaliy tajribasida mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy zona turlarining qariyb 
barchasi aks ettirilgan bo‘lib, xorijiy investorlarni kafolatlash uchun ularda 
barcha asoslar mavjud.
Xaritaga nazar tashlasak, dunyoning biron-bir okeaniga chiqish uchun 
bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘qligi, buning uchun kamida ikkita davlat 
hududini bosib o‘tish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Bu jug‘rofiy jihatdan yuqorida 
tahlil qilgan mamlakatlarga nisbatan ancha noqulay joylashganligimizdan 
dalolat beradi. Bu, albatta, erkin iqtisodiy zonalarni keng ko‘lamda tashkil 
etishimizga to‘siq bo‘ladi. Biroq respublikamiz Buyuk Ipak yo‘li ustida va 
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida joylashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, 
aholi soni jihatidan yetakchi o‘rinni egallashimizni inobatga olib, mintaqa 
darajasida erkin savdo zonalarini tashkil etishimiz uchun yetarli imkoniyatlar 


37
mavjud ekani ayon bo‘ladi. Mamlakatimiz mutaxassislari ilmiy salohiyati 
jihatidan eng yuqori o‘rinlardan birini egallashi bir necha bor qayd etilgan. 
Shunday ekan, ular salohiyatidan samarali foydalanish uchun, avvalo, erkin 
ilmiy texnikaviy yoki “Texnopolis” zonalarini tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir. 
Buning uchun mahalliy ma’muriy tashkilotlar erkin iqtisodiy zonalar 
infratuzilmasini yaxshilashga moliyaviy yordam berishi lozim. Shunda bu 
boradagi maqsadlarga erishish uchun zamin yaratiladi. Natijada mamlakatimizga 
xorijiy 
investitsiyalar 
kirib 
kelishi 
ko‘payadi, 
shuningdek, 
mahalliy 
investitsiyalarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi. 
Erkin iqtisodiy zonalar ishlab turishini ta’minlovchi xorijiy investorlar bir 
qator afzalliklarga ega bo‘ladilar: imtiyozli soliqlar, milliy bozorga kirish, kam 
unumli chiqimlarni ta’minlash, shu jumladan, arzonroq ishchi kuchi hisobidan 
qoplash, pasaytirilgan foiz stavkalari bo‘yicha moliyalash imkoni, yerga 
mulkchilik huquqi. 
Erkin iqtisodiy zonalar jahon miqyosida migratsiya qilib yurgan kapitallar 
uchun "qopqon" vazifasini o‘taydi. Xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga jalb 
qilishdan tashqari sanoat erkin iqtisodiy zonalarining yaratilishini 3 asosiy 
vazifa bilan bog‘laydilar: 

sanoat 
eksportini 
rag‘batlantirish 
va 
buning 
asosida 
valyuta 
mablag‘larini qo‘lga kiritish; 

bandlik darajasini oshirish; 

zonalardan xo‘jalik yuritishning yangi metodlarini joriy qilish uchun 
sinov maydonidan poligon sifatida foydalanish. 
Erkin iqtisodiy zonalarning yana bir afzallik xususiyati shundaki, milliy 
mamlakat xorijiy kapital uchun o‘z iqtisodiyotini to‘la ochib berishni yoki 
maxsus investitsion iqlimdan to‘la foydalanishni xohlamaydi, maxsus zona 
sifatida qisman, lokal ochiqlik sifatida qo‘llaydi. 
Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarakterli tomoni shundaki, ularda 
ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda, 
qulay 
bojxona 
investitsion 
moliyaviy 
imtiyozlari 
va 
afzalliklarning 
mavjudligidir.
Ushbu imtiyozlar 4 ga bo‘linadi: 
1)
moliyaviy imtiyozlar: 

subsidiya va imtiyozli kreditlar berish; 

arzon bahoda kommunal xizmatlar ko‘rsatish; 

uchastkalar va ishlab chiqarish, binolari ulardan arzon ijara haqi; 
2)

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish