50
III BOB. INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA
INVESTITSIYA MUHITI
3.1. Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitning o‘rni
Mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan bozor
islohotlarining hozirgi
bosqichida investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat
o‘zgarishlarini belgilovchi muhim omil bo‘lmoqda. Doimiy olib borilayotgan
investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy
investorlar uchun har
tomonlama qulay investitsiya muhitini yaratish imkonini yaratmoqda.
Investitsiya muhiti sarmoyani samarali qo‘yish uchun yangi imkoniyatlar
va rag‘batlarni shakllantiradi. Boshqacha qilib aytganda, qulay investitsiya
muhiti yaratilishi korxonalar uchun daromadlar o‘sishi
va xarajatlar hamda
risklar kamayishini ta’minlaydi. Natijada qulay investitsiya muhiti yaratilishi
tufayli mehnat unumdorligining o‘sishi, innovatsiyalarni tatbiq qilish, sifat va
mahsulot
raqobatbardoshligi, aholi bandligini ko‘tarish, turli darajadagi
byudjetga soliq to‘lovlarini oshirish ta’minlanadi. Har tomonlama qulay
investitsiya muhiti korxonalar faoliyat samaradorligiga ta’sir etadi, bu esa
investitsiyalashga xos bo‘lgan daromadlar va kapitalning o‘sishiga olib keladi.
Investorlar iqtisodiy samara olish maqsadida amalga oshirmoqchi bo‘lgan
investitsion faoliyatida bir nechta investitsion elementlar ishtirok etadi. Investor
o‘z ixtiyoridagi investitsion resurslarini tadbirkorlik loyihasiga sarflashdan oldin
asosiy diqqat-e’tiborini, asosan, ikkita investitsion elementga qaratishi lozim.
Bular: investitsiya muhiti va investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillardir.
Investitsiya muhitiga shunday ta’rif berish mumkin:
“Investitsiya muhiti –
ma’lum bir hududga kiritiladigan investitsiyalarning
samaradorligini oshirish
uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yaratilgan shart-sharoitlar
yig‘indisi”.
Har tomonlama qulay investitsiya muhiti biznes tuzilmalarning faoliyati
samaradorligiga ta’sir etadi, bu esa investitsiyalashga xos bo‘lgan daromadlar va
kapitalning o‘shishiga olib keladi.
Investitsiya muhiti investorlarning mamlakatga va davlatning iqtisodiyotiga
nisbatan harakatlariga ishonchini oshiradi, uzoq muddatli investitsiyalashga yo‘l
ochadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida
o‘zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda.
Bunday islohotlarning olib
borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning
investitsion
siyosati, uning ustuvor yo‘nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion
faolligiga bog‘liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish,
uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o‘tkazildi, investitsion
51
faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi
hamda hayotga tadbiq qilinmoqda.
Xo‘jalik subyektlari darajasidagi investitsiya muhiti yaralishi investitsiya
faolligini ko‘rsatuvchi makroiqtisodiy omillardan biri sifatida tavsiflanadi.
Investitsiya muhitining ushbu o‘ziga xos ahamiyatini hisobga olib, uning
boshqaruvini tashkil etish zarur. Investitsiya siyosati
investitsiya muhitiga
boshqarish omillar orqali ta’sir etishi investitsiyalash shartlarining sifatini
yaxshilashga turtki bo‘ladi.
Qulay investitsiya muhiti shakllanishining asosiy iqtisodiy omillari
iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlari va bozor institutlarining, eng avvalo,
mustahkam xo‘jalik qonunchiligi, rivojlangan kredit-bank
tizimi mavjudligi
hisoblanadi.
Investitsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-
tadbirlar ham ma’lum ahamiyatga ega. Investitsiya muhitini yaxshilashning
asosiy yo‘nalishlari tahlili ko‘rsatishicha, ularning ko‘pi uzoq muddatli
xarakterga ega ekan. Investitsiya qonunchiligini yaxshilash
orqali investitsiya
muhitining yanada jozibadorligini oshirish mumkin.
Mamlakatdagi
investitsiya
muhitiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi
(3.1.1-rasm). Omillar juda ham ko‘p va turlichadir.
3.1.1-chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: