10-mavzu. XORIJIY INVESTITsIYaLARNI JALB ETIShDA MOLIYaVIY INSTITUTLARNING ROLI
Reja:
1. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va turlari.
2. Investitsiya muhiti va uning milliy iqtisodiyotdagi orni.
3. Investitsiya muhitiga tasir etuvchi omillar.
4. Togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati.
1. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va turlari.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragbatlantirgan holda jalb qilinadi. Xorijiy investitsiyalarni ichki investitsiyalardan farqli jihatlaridan biri, ularni amalga oshirish bilan boqgliq bolgan qoshimcha uch guruhga ajratilgan barcha risklarni oldindan hisoblab chiqilishidadir.
Xorijiy investitsiyalarni mulkchilik shakliga kora xususiy, davlat, xorijiy va aralash investitsiyalarga tasniflash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga xorijiy investitsiyalarni yonalish obektiga qarab moliyaviy va real investitsiyalarga ham ajratish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy investitsiyalarning tarkibida asosiy orinni shaxsiy mulk egalarining investitsiyalari tashkil etadi. Respublikamizda qimmatli qogozlar bozori esa faqatgina shakllanish bosqichida bolib, moliyaviy kapitalni sohalar ortasida taqsimlash funktsiyasini deyarli bajarmayapti. Xorijiy investitsiyalarni ichki investitsiyalardan farqli jihatlaridan biri, ularni amalga oshirish bilan bogliq bolgan qoshimcha uch guruhga ajratilgan barcha risklarni oldindan hisoblab chiqilishidadir.
1.1-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi1
Xorijiy investorlar bilan qoshma korxonalar tashkil qilish mamlakatga:
yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi;
yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan taminlash, shu bilan birga xorijiy ilgor boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;
jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eskport qilish evaziga mamlakatga qadri baland valyutalarning koproq kirib kelishini taminlaydi.
Yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishi quyidagi jihatlarga bogliq: a) xorijiy mamlakatlardagi korxonalar ortasida operatsiya aloqalarining shakllanishiga komaklashish; b) yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi va ichki tizimi yaxshilanishiga xizmat qilish; v) eksportning intellektual mulk obektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnik-tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar korsatish kabi turlarini rivojlantirish yoli bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarining jahon xojaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish; g) ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan-texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yonalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni qollab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish; d) innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qollab-quvvatlashning eng maqbul uygunlashuvi asosiy yollarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha etkazish; e) ozbek olimlari-mutaxassislarining chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish; yuqori darajali marketing tadqiqotlari otkazish, tijorat va texnologiya menejmenti sohasidagi yutuqlarni organish, xorijiy bozorlarning konyunkturasi, sigimi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qoshma korxonalar tashkil etish boyicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy malumotlarni organish va h.k..
Investitsiya muhiti va uning milliy iqtisodiyotdagi orni
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsiya muhiti modelini ishlab chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy investorga tasir korsatuvchi omillar togrisida aniq tushunchalarga ega bolish, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo boladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yolga qoyish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy investitsiya ishtirokida amalga oshirilishi lozim bolgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda nafaqat oz manfaatlari bilan chegaralanmasdan investorning maqsad va imkoniyatlari bilan hisoblashish alohida etiborga loyiqdir.
Investitsiya muhiti tushunchasi ozining murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikro iqtisodiyot darajasida korib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarni oz ichiga oladi.
Makroiqtisodiyot darajasida yondashilganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati, xalqaro shartnomalar shartlarini bajarish xorijiy mulkni milliylashtirish, turli masalalar boyicha xalqaro shartnomalar tizimida ishtirok etish davlat boshqaruv tizimilarining mustahkamligi, siyosiy rahbariyatning muqarrarligi, davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi, davlat apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul muomalasi va davlat byudjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori va boshqalar hal qiluvchi orinda turadi. Investitsiya muhitiga kapitalni qabul qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks ettirilgan togridan-togri xarajatlar va xorijiy firmalarining faoliyatini chegaralovchi yoki taqiqlovchi omillardan tashqari, toliq aniqlanmagan bazi bir qoidalar va muvofiqlashtirilmagan jarayonlarning mavjudligi salbiy tasir etadi.
Davlat investtsiya siyosatini yuritishdan kozlanadigan maqsadlar qatoriga shuni kiritish kerakki, davlat doimiy ravishda investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratishga harakat qilib kelmoqda. Investorlarning huquqlarini himoya etish va majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat olib bormoqda.
Investitsion muhit deganda, mamlakatning malum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini taminlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Investitsion muhit holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun xujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishi talab etiladi.
Investitsiya muhitini baholash jarayonida investor investitsiyalashning risk darajasini qanchalik ekanligini aniqlaydi. Investitsiya muhiti darajasi qanchalik yomon bolsa, investor oz tadbirkorlik riskini shunchalik yuqori belgilaydi. Uning asosiy tashkil etuvchilari sifatida investitsion faollik va oz ichiga investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini oluvchi investitsion jozibadorlik tushunchalari korsatib otiladi.
Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda tasir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi korsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi investitsion muhitga bevosita, togridan togri bogliqdir.
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor-firmasi va ikkinchi tomondan xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xojalik subyektlari, yani sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat tashkilotlari ortasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu darajada investitsiya iqlimi umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va madaniy jabhalarda yaqqol korinadi. Makro va mikroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona investitsiya muhitini tashkil etadi va potentsial investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlarning bolajak munosabatlarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |