Kulmatov Shohruh
. variant-12
1. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va shakllantirishda demokratik institutlarning roli
2. O'zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi
3. Yaxshi o'ylangan, o'zaro foydali va amaliy tashqi siyosat ustuvorliklari
Javoblar
1).Yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirish va mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizni ro‘yobga chiqarishda hech bir mubolag‘asiz hal qiluvchi omil ekanini, o‘ylaymanki, kimgadir uqtirib o‘tirishga zarurat bo‘lmasa kerak.
Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkor. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu vazifani hal qilishda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Shular qatorida sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va shu kabi katta sotsial ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asosini yaratib beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
2). Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun kunda O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, 2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda.
Xo‘sh, strategiya nima?
U xalqning maqsadlarini qanday ta’minlaydi? Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.
Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlash maqsadida milliy iqtisodiyot va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, investitsiyalar tarkibini takomillashtirish yo‘li bilan viloyatlar, shahar va tumanlarning iqtisodiy muammolarini yechish, hududlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, har bir shahar va tumanni puxta o‘ylangan reja va loyihalar asosida barqaror taraqqiy ettirish, faoliyat yuritmayotgan sanoat korxonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon bag‘ishlash, ishsizlikni kamaytirish, yalpi bandlikni ta’minlash ishlarini amalga oshirishni dolzarb vazifa sifatida belgilanganligi to‘g‘rsida talaba yoshlarga ma’lumotlar berildi.
3). Ma‘lumki, dunyodagi xar qanday suveren davlat jaxon hamjamiyatiga o'zining tashqi siyosiy qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar ob‘ekti bo'lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O'zbekiston o‗z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi kontseptsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O'zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la xuquqli sub‘ekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanishi belgilab qo'yildi. Davlatning, xalqning oliy manfaatlarini, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur
Bo'lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi Asosiy qonunda belgilab berildi. Mustaqillik davrida O'zbekiston chindan ham jaxon hamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabatlarda o'zini asosli, qat‘iy va o'zgarmas pozitsiyasiga ega bo'lgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu O'zbekistonning jaxon hamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imidjini belgilab beradigan muxim omil sifatida o'z kuch-qudratini ko'rsatdi.
Vaqt o'tgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmoqda, yangidan-yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmoqda. O'zbekiston ana shu jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda o'zining zamonaviy qarashlari va muammolar yechimini topishdagi o'ziga xos yondashuvlari bilan o'zining keng imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Bu xaqdagi xaqqoniy fikrlarni Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstituniyasining 24 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tantanali yig'ilishdagi ma‘ruzasida yaqqol ko'rish mumkin. Ushbu ma‘ruzada Prezident O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining xozirgi zamon talablari va zamonaviy tsivilizatsiya extiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, O'zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yo'li, ichki va tashqi siyosat davom etayotgani davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir. Islom Karimov tamal toshini qo'ygan va jaxon mexvarida butun saloxiyatiyu salobati va qudratini ko'rsatayotgan O'zbekiston davlatining tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi extiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg'or namunalari bilan boyitib borilmoqda. Demak, O'zbekiston bugungi kunda o'z Prezidenti III.M. Mirziyoev raxbarligida o'tgan 25 yilda to'plangan tarixiy tajribalarga tayangan xolda, uni yanada boyitish, takomillashtirish, rivojlantirish yo'lidan bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |