K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


IV BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
63
IV BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI 
BAHOLASH ASOSLARI 
4.1.
 
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mazmun-
mohiyati 
Har qanday investor yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun investitsion 
qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy me’zon 
investorning boyligini ko‘paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish 
me’zonlariga qaratiladi. Uning omillari – korxona daromadlari o‘sishi, 
moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari 
samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalari bo‘yicha bunday natijalarga erishish uchun, har qanday 
loyihaning samaradorligini baholash zarur bo‘ladi. Shunday qilib, ivestitsiya 
loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 
Chunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan qo‘yilgan kapitalning 
qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur’ati hamda boshqa ijtimoiy- 
iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi. 
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga, YUNIDO
17
(United 
Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda 
investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki me’zon asosida, ya’ni 
moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. 
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala me’zoni ham 
bir-birini to‘ldirib turadi.
Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi 
likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, 
moliyaviy baholash
vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami 
moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari 
bo‘lishini belgilashdir. 
Iqtisodiy baholash
esa investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu 
loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sish 
sur’atining yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. 
Taqdim etilayotgan obyektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki 
moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi 
hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo‘lgan yuridik yoki jismoniy 
shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-
axborot vositalari orqali yoki har xil to‘plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish 
17
YUNIDO - Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) tashkiliy bo`linmasi bo`lib, uning asosiy vazifasi 
BMTga a’zo mamlakatlar sanoatini rivojlanishiga yordam berishdir. 


64
normal holat hisoblanadi. Bu to‘plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy 
holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin. Quyidagi 4.1.1-chizmada har bir 
me’zon bo‘yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish