Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kiritilgan xorijiy investitsiyalar va
kreditlar tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobida
12
Ko‘rsatkichlar
2011
2012
2013
2014
Jami
100,0
100,0
100,0
100,0
Shu jumladan,
Sanoat
42,5
45,9
46,2
67,7
Qishloq xo‘jaligi
4,6
2,9
3,0
2,3
Transport
24,1
28,4
33,0
14,5
Aloqa
17,2
10,9
10,0
8,7
Komunal xo‘jaligi
2,0
4,2
3,7
3,9
Sog‘liqni saqlash
1,5
1,5
1,0
0,9
Ta’lim
1,2
0,3
0,1
0,3
Boshqalar
6,9
5,9
3,0
1,7
Tahlillar ko‘rsatishicha, respublika tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishda qator muammolar mavjud:
investitsiya infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi — banklar,
investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish
12
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
44
va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali
yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalarini oshirish, ularni investitsion
faoliyatga jalb etish, tashkil etish bilan bog‘liq ishlar bajarilishining sekinligi;
xorijiy investorlarni to‘laqonli ravishda axborot bilan ta’minlash uchun
har bir tarmoq o‘zining saytlarini yaratmaganligi;
ayrim korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilishdagi
mavjud muammolar;
xorijiy investitsiyalarni tarmoqdagi soliq siyosati bilan to‘laqonli
ta’minlashni amalga oshirilmayotganligi;
xomashyo sotib olishga aylanma mablag‘lar yetishmasligi;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning
yetishmasligi;
texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan
mahsulotning xalqaro standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh
emasligi.
Bu
muammolarni
hal
qilish
uchun
korxonalarni
moliyaviy
sog‘lomlashtirish, soliq imtiyozlarini berish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona
joylashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kerakli dasturlarni ishlab
chiqish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun moliyaviy manbalarni
aniqlash zarur.
Mustaqillikning ilk davrlarida biz uchun xorijiy investorlar juda zarur edi.
Buning bir qator obyektiv sabablari sabablari bo‘lgan, albatta.
Shu bois, aksariyat investitsiyalar hukumat kafolati ostida kelishini
ta’minlab berish ustuvor ahamiyat kasb etar edi. Lekin xorijiy investorlarni
doimo hukumat kafolati ostida kirib kelishining ham muayyan chegarasi va
hajmi mavjud. Milliy iqtisodiyotda hukumat kafolati bilan kirib kelgan
investitsiya loyihalari ko‘magida zarur chora-tadbirlar amalga oshirila
boshlandi. Galdagi vazifa milliy iqtisodiyotga xorijlik sheriklarning o‘z
xohishiga muvofiq kirib kelishi, shuningdek, investitsiyalarning to‘g‘ridan
to‘g‘ri ko‘rinishda bo‘lganiga ko‘proq e’tibor berilish zarurati tug‘ila boshladi.
Xo‘sh to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning mazmuniga ega bo‘lish uchun
investitsiyalar qanday ko‘rinishda bo‘lmog‘i darkor. Maxsus adabiyotlarni
o‘rganish va tahlil qilish natijasida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni quyidagi
jihatlari bilan investitsiyalarning boshqa turlaridan keskin ajratish mumkin.
Xususan:
• to‘g‘ri (real) kapitalni shakllantiruvchi investitsiya turi uzoq muddatga
mo‘ljallangan investitsiya bo‘lib, asosiy vositalarga sarflanadi va mamlakatdagi
45
ishlab chiqarish apparatining yangilanish ko‘rsatkichlarini tezlashtirishga qulay
imkoniyat tug‘diradi;
• xo‘jalik subyektlari muomalaga chiqargan oddiy aksiyalarning 10% dan
ortiq qismini xarid qilgan investorlar ham to‘g‘ri investitsiyalar hajmining
ko‘payishiga olib keluvchi iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti tajribasidan xorij kapitalini, xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish investitsiyalashda eng samarali vosita ekanligi
ma’lum. Aynan chet el investitsiyalari mamlakatda iqtisodiy va texnologik
yangilanish jarayonini harakatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni boshqa turdagi investitsiyalarga
qaraganda, bir qator ustuvor jihatlari mavjudligini jahon bozorida samarali
ishtirok etayotgan rivojlangan mamlakatlarning amaliy tajribasi namoyon qilgan
va bu jarayon hamon davom etmoqda. Bizningcha milliy iqtisodiyotda
to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar rivoj topishiga bir qator sabablar mavjud,
ularning asosiysi quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatda yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri ishsizlik
miqdorini kamaytirishga yaqindan ko‘mak beradi;
respublikada yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, yangi
soliq to‘lovchi subyekt (yuridik va jismoniy shaxslar)lar qatlamining
kengayishiga olib kelib, soliq yukini yanada pasaytirishga qulay imkoniyat
tug‘diradi;
mamlakatda eksport va import o‘rtasidagi muvozanat eksportning
yuksalishi va importning kamayishiga olib keladi. Bu valyuta zaxiralarini tejash
bilan birga ularning hajmini oshirishga ijobiy turtki bo‘ladi;
milliy iqtisodiyotda hozir juda zarur bo‘lgan zamonaviy menejment usul
va prinsiplarini o‘zlashtirish ortiqcha moliyaviy mablag‘lar sarf etmasdan
amalga oshirish imkoniyatlari tug‘iladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va mavjud holatlarga tayanib xulosa
qiladigan bo‘lsak, manzara unchalik yomon emas. Barcha ko‘rsatkichlar
risoladagidek ketmoqda. Lekin mavjud ilmiy salohiyat, tabiiy resurslarga boy
mintaqa va nisbatan arzon ishchi kuchiga ega bo‘lgan davlatda amaldagi holatni
yanada jadallashtirish imkoniyatlarimavjud bo‘ladi. Buning uchun davlatimiz
tomonidan belgilab berilayotgan yo‘nalishlarni hayotga izchil tadbiq etishimiz
va davr talabiga mos ravishda ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishimiz lozim.
Xulosa
1.
Milliy investitsiya muhiti chet el investitsiyalari oqimi uchun qulay va
maqbul bo‘lishi kerak. Buning uchun jami investitsiya risklari, xavfsizlik,
daromadlilik, chet el investitsiyalari likvidligi, investitsiyalash maqsadlari
46
inobatga olinishi zarur va bular asosida baholanishi shart. Bu borada qulay
mahalliy sharoitlar, investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirlari, konsessiyalar
tashkil etish, eksport sanoati rayonlari, bojxona bojlari amal qilmaydigan va
erkin savdo zonalarini tashkil qilish va tijorat banklari kreditlarining qayta
moliyalashtirish stavkalarini yanada tushirish, ular uchun imtiyozli kredit
stavkalarini joriy etish maqsadga muvofiq.
2.
Maqsadiga
ko‘ra,
xorijiy
investitsiyalar
bevosita
va
portfel
investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – kapitalning to‘g‘ridan
to‘g‘ri eksporti bo‘lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat
qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi
shoxobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar, asosan, xususiy
tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi.
3.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol
jalb etish uchun, nafaqat hududlar, balki tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya
faoliyatining subyekti va obyektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini
tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda chet el investitsiyasini iqtisodiyot
sohalari bo‘yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va
unda tarmoqlarni, asosan, uch guruhga, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish
va ijtimoiy sohalarga bo‘lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga
yo‘naltirib, so‘ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot
rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy sohalarga
ham jalb etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
4.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy tartibga solinishi
huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish,
unung faoliyat subyektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy
yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi.
5.
Har bir region o‘zining hududida u yoki bu tarmoqning rivojlanish
darajasi va mavjudligi bilan farq qiladi. Bu omil erkin iqtisodiy zonalarning
ma’lum yo‘nalishdagi modelini tanlashda rivojlanishi strategiyasini ishlab
chiqarishda va infratuzilmasini yaratishda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |