1.2. Investitiyalarning turlari va xususiyatlari
Bizga ma’lumki, iqtisodiy o‘sish investitsiya resurslarisiz bo‘lishi mumkin
emas, bu resurslar o‘z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga
qaratilgan mablag‘dir. Pul mablag‘lari shaklidagi investitsiyalar nominal
investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga
jalb etilgandan so‘ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o‘sishni
ta’minlaydi.
9
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi
qonunida investitsiyalar tayinlangan obyekti bo‘yicha tabaqalashtirilgan. Shunga
muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan (1.2.1-chizma).
1.2.1-chizma
.
Investitsiyalarning tasniflanishi
Rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalarning uch turi mavjudligi ko‘rsatib
o‘tilgan:
moliyaviy investitsiyalar - ichki moliyaviy va xorijiy mamlakatlarning
pul birliklari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, depozit sertifikatlari, aksiyalar,
veksellar, zayomlar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar hamda ularga
tenglashtiriladigan boyliklar;
moddiy investitsiyalar - asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar,
inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish
fondlarining asosiy hamda aylanma kapital ko‘rinishidagi turlari;
aqliy (intellektual) investitsiyalar - insonning turli aqliy mulklaridan,
ya’ni mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan
foydalanish huquqi shaklidagi investitsiyalar (nou-xau, kashfiyotlar, tovar
belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari).
Iqtisоdiy fаоllik pаsаyib bоrаyotgаn iqtisоdiyot uchun yalpi investitsiyalаr
аmоrtizаsiyadаn kаm bo‘lgаn hоldаgi vаziyat хоsdir, ya’ni iqtisоdiyotdа yil
dаvоmidа kаpitаl ishlаb chiqаrilgаnigа nisbаtаn ko‘prоq is’tеmоl qilinаdi.
Bundаy hоlаtdа sоf investitsiyalаr ishоrаsi mаnfiy bo‘lib, uning mutlаq
qisqаrishini bildirаdi. Nаtijаdа, yil охiridа kаpitаl hаjmi yil bоshidаgigа
qаrаgаndа kаm bo‘lаdi. Investitsiyalаrni хоrijgа chiqаrish, ulаrning mаmlаkаtlаr
o‘rtаsidаgi fаоl hаrаkаti zаmоnаviy jаhоn хo‘jаligi vа хаlqаrо iqtisоdiy
munоsаbаtlаrning
аjrаlib
turuvchi
хususiyatlаrigа
аylаndi.
Хаlqаrо
investitsiyalаr o‘zidа mоddiy bоylik bаrpо etish uchun zаrur bo‘lgаn ishlаb
chiqаrish, pul vа tоvаr shаkllаridа jаmg‘аrilgаn zаxirаlаrni mujаssаmlаshtirаdi.
Ushbu investitsiyalаr dоimiy rаvishdа mаmlаkаt ichidа bir tаrmоqdаn
bоshqаsigа hаmdа dаvlаtlаrаrо hаrаkаtdа bo‘lаdi.
Investitsiya turlari
kapital
investitsiyalar
innovatsion
investitsiyalar
ijtimoiy
investitsiyalar
10
Mamlakatimizda qabul qilingan investitsiyalar to‘g‘risida me’yoriy
hujjatlarni tahlil qilish va investitsiyalarning alohida xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda investitsiyalarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
birinchidan,
qo‘yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy
shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning
moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan
bog‘liq bo‘lib, ko‘pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga
oshiriladi.
Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga
oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini
yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi.
Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to‘lov va moliyaviy majburiyatlarning
barcha
turlarini
o‘zida
mujassamlashtiruvchi,
moliyaviy
aktivlarga
joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari
qimmatli qog‘ozlardir: ulushli (aksiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real
investitsiyalardan farqli o‘laroq, moliyaviy investitsiyalarni ko‘proq portfel
investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi
moliyaviy aktivlarning mukammal yig‘masini (investitsiyalar portfelini)
shakllantirish va qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan turli
operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi;
ikkinchidan
, investitsiyada qatnashish xarakteriga ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri
va portfel investitsiyalarga bo‘linadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar
investorning o‘z moliyaviy mablag‘lag‘larini joylashtirish obyektini tanlash
imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion
kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy
vositachilar to‘plangan mablag‘larni samarali, daromad keltiradigan qilib
joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting
yordamida qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi;
uchinchidan,
investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli
(bir yilgacha bo‘lgan muddatga kiritiladigan investitsiyalar), o‘rta muddatli (bir
yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga kiritiladigan investitsiyalar) va uzoq
muddatli (besh yildan oshiq muddatga kiritiladigan investitsiyalar) bo‘ladi;
to‘rtinchidan,
mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy,
davlat, qo‘shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat
yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati
obyektlariga qo‘yilishini anglatadi.
11
Dаvlаt investitsiyalаri - bu dаvlаt tоmоnidаn milliy dаrоmаdning dаvlаt
budjеti mаblаg‘lаri ko‘rinishidа mаmlаkаt iqtisоdiyotining rivоjlаnishi uchun
sаrflаyotgаn mаbаlаg‘lаridir. Investitsiya munоsаbаtlаri shu dаrаjаdа murаkkаb
vа ko‘p qirrаliki, ko‘pinchа, dаvlаtlаr o‘rtаsidаgi munоsаbаtlаr хususiy shахslаr
o‘rtаsidаgi munоsаbаtlаr bilаn uzviy bоg‘lаngаn bo‘lаdi. Bundаy аlоqа invеstоr
huquq vа tаlаblаrni dаvlаtgа tоpshirgаndа yaqqоl ko‘rinаdi. Хоrijiy
investitsiyalаr hаm dаvlаt yoki хususiy investitsiyalаr shаklidа bo‘lishi mumkin.
Birinchi shаkldа, dаvlаt investitsiyalаri ishtirоk etib, bundа bir dаvlаt bоshqа
dаvlаtgа krеditlаr yoki bоshqаchа shаkldаgi qаrzlаr bеrishi mumkin. Bundаy
munоsаbаtlаrgа хаlqаrо huquq nоrmаlаri qo‘llаnilаdi. Ikkinchi shаkldа esа bir
mаmlаkаt хususiy firmаlаri, kоmpаniyalаri yoki fuqаrоlаri bоshqа
mаmlаkаtning tеgishli sub`еktlаrigа bеrаdigаn investitsiyalаr tushunilаdi;
beshinchidan,
hududiy joylashtirilish bo‘yicha investitsiyalar ichki va
tashqi investitsiyalarga bo‘linadi;
oltinchidan,
investitsiyalar tavakkalchilik darajasi bo‘yicha yuqori
tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida
tavakkalchilik deganda investitsiyalarga mutloq yohud nisbiy miqdordagi foyda
kutilganidan ancha kam, boshqacha aytganda, “tavakkalchilik” atamasi
kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi.
Hozirgi kunga kelib investitsiyalarning bu turlari mamlakatimiz
iqtisodiyotining barcha tarmoqlariga jalb qilinmoqda. Bundan tashqari
investitsiyalash jarayoni ijtimoiy-madaniy sohalarda ham amalga oshirilmoqda,
ya’ni fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va ekologiya sohalariga
investitsiya mablag‘lari ajratilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan ta’lim,
sport, madaniyat va sog‘liqni saqlash maskanlari, ularni zamonaviy texnika
jihozlari bilan ta’minlash ishlari bunga misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |