2. Yer ellipsoidlari va ularning o’lchamlari
Bir necha asrlardan buyon o’lchash ishlarining natijalari shunga olib kelganki,
geoid shakl ellipsning kichik o’qlari atrofida aylanishida hosil bo’lgan Yer - sferoid
shaklga o’xshaydi. Shuning uchun uning o’lchamlari to’rli davrlarda bir necha
olimlar tomonidan hisoblab chiqilgan (2-jadval).
2-jadval
№
Olimlar
nomi
A
v
α
Yili
Metr hisobida
1 Delamber
6375653
6356564
1:334
1800 (Frantsiya)
2
Bessel
6377397
6353079
1:299,2
1841 (Germaniya)
3
Klark
6378249
6356515
1:293,5
1880 (Angliya)
4 Xeyford
6378388
6356909
1:297
1909 (AQSH)
5
Krassovskiy
6378245
6356863
1:298,3
1940 (Rossiya)
Bu yerda a - ellipsoidning katta yarim o’qi
v - ellipsoidning kichik yarim o’qi
α
а
в
а
– qutblarning siqiqligi
Hozirgi vaqtda yer ellipsoidining elementlari F.N.Krassovskiy va
A.A.Izotovlar hisoblab chiqqan va barcha geodezik ishlarda
Krassovskiy ellipsoidi
asos qilib olingan.
Yer – Quyosh tizimidagi uchinchi sayyora bo’lib, Yerdan Quyoshgacha
bo’lgan masofa 149,6 mln. km ni tashkil qiladi. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha
harakati sekundiga 29,8 km ni, Yer orbitasining uzunligi 940 mln. km, Yer o’z o’qi
atrofida 23,43 soatda bir marta aylanib chiqadi.
F.N.Krassovskiy ma’lumotlari bo’yicha Yerning o’lchamlari quyidagilar:
ekvotorial radius yoki katta yarim o’q – 6378,245 km; Qutbiy radius yoki kichik
yarim o’q – 6356,863 km; O’rtacha radius – 6371,110 km; Qutbiy siqiqlik – 1:298
yoki 21,36 km; Ekvatorial siqiqlik – 1:30000 yoki 213 km; Meridian uzunligi –
40008,550 km; Ekvator uzunligi – 40075,696 km; Yer yuzasining maydoni –
510083000 km
2
;
Yerning hajmi – 1,083 x 10
12
km.
Yerning shakli haqidagi masala qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. Yerning
shaklini yassi, yapaloq, tekis, qabariq, doirasimon, sharsimon degan fikrlar asta–
sekin ma’lumotlar yig’ilishi bilan vujudga kelgan. Yerning shakli sharsimon
ekanligini miloddan avval IV asrda Aristotel tomonidan isbotlangan. Mazkur g’oya
VII asrgacha fanda ho’qm surib keldi. Qadimgi olimlar Yerning sharsimon
ekanligini quyidagi dalillar bilan isbotlashgan:
- qirg’oqqa yaqinlashayotgan kemaning avval tepa qismi (machtasi) so’ng
o’rta qismi va oxiri pastki qismining ko’rinishi, yani Yer yassi, tekis bo’lganda
kemaning hamma tomoni birdek ko’rinar edi;
- qirg’oqdan uzoqlashayotgan kemaning dastlab pastki qismini so’ngra o’rta
va yuqori qismini ko’zdan g’oyib bo’lishi;
- tog’larga yaqinlashib kelganda dastlab tog’ tepalari, so’ngra tog’
etaklarining ko’rinishi;
- Oy tutilganda Yerning unga tushadigan soyasi har doim to’g’ri doiraning bir
qismi shaklida bo’lishi;
- Quyosh chiqayotganda dastlab tog’lar tepasini yoritishi. Quyosh botgandan
keyin ham ma’lum vaqt davomida tog’ cho’qqilarining yoritilib to’rishi;
- meridian bo’ylab shimoldan janubga yoki janubdan shimolga qarab
yurilganda yulduzlar o’rnining o’zgarishi. Shimoliy yarim sharda Katta ayiq
yulduzlar to’rkumi va Qutb yulduzi ko’rinadi, janubga borgan sari bu yulduzlar
pasayib boradi, janub tomonida boshqa yulduzlar ko’rinadi. Ekvatorga borganda
Qutb yulduzi ko’rinmay qoladi, Janubiy But yulduzi paydo bo’ladi;
- balandga ko’tarilgan sari ufqning kengayib borishi;
- Dunyo aylana sayohatlarda bir tomonga qarab ketilib, ikkinchi tomondan
kelinishi;
- tongning sharqdan boshlanib kelishi, yani Yer yassi, tekis bo’lganda hamma
joyda tong barobar otar edi;
- ochiq joyda masalan, ko’lning qarama-qarshi tomonida joylashgan ko’p
qavatli uylarning yer yuzasi qabariq bo’lganligi tufayli uning poydevoridan boshlab
emas, balki ma’lum baland qismidan yuqorisi ko’rinadi
1
.
VII asrga qadar olimlar Yerni shar shaklida deb tasavvur qilishgan. Ammo
keyinchalik Yerning qutblari siqilgan va ekvator atrofida qavariq ya’ni shar emas,
balki Yerning ekvator tekisligidagi radiusi Yer o’qining yarmidan uzunroq bo’lgan
ellipsoid yoki sferoid degan fikrlar paydo bo’ldi. Yerning ellipsoid ekanligini isbot
etuvchi asosiy dalillar quyidagilar:
a) o’rtacha kengliklarda to’g’rilangan mayatnikli soat ekvatorga yoki qutb
o’lkalariga keltirilsa, ekvatorda orqada qoladi, qutblarda oldin ketadi. Mayatnikning
bir tebranish davri og’irlik kuchining tezlanishiga bog’liq bo’lganidan, mayatnik
tebranishining sekinlashishi og’irlik kuchining kamayganini, mayatnik
tebranishining tezlashishi esa og’irlik kuchining ortganini ko’rsatadi. Qutbdan
ekvatorga borgan sari markazdan qochish kuchi orta borishini hisobga olganda,
mayatniklarning tebranishida kuzatilgan o’zgarishlarga sabab, ekvatorda Yer
yuzasining har qanday nuqtasi, qutbdagiga nisbatan Yer markazidan uzoqroqda
to’radi (ya’ni tortish markazidan):
b) Meridianning 1
0
li markaziy burchakka to’g’ri keladigan yoyi ekvatorial
kengliklardagiga nisbatan yuqori geografik kengliklarda uzunroq (ekvatorda 110,6
km., 80
0
sh.k., 111,7 km.), chunki sferoidda yoyning egriligi ekvator yaqinidagiga
qaraganda qutb yaqinidan kichik.
1-rasm. Geografik kenglik va uzoqlik
1-rasmni tahlil qilish orqali bilish mumkinki, (φ) kenglik nuqtasi meridional
yuza, ekvator bilan yer sharidagi boshqa nuqta oralig’idagi chiziq burchagi bilan
aniqlanadi. Geografik uzoqlik (λ) Grinvich meridiani va boshqa aniq real
oralig’idagi burchak bilan aniqlanadi. Shunga bog’liq holda Xelsinki shahrining
joylashgan o’rni ekvatordan 60
0
shimol tomonga, ekvatordan esa 25
0
Grinvichdan
sharqiy uzoqlikda joylashgan, aniq koordinata 60
0
10
'
shimoliy kenglik va 24
0
58
'
sharqiy uzoqlik. Ekvator va butun meridianlar bo’ylab 1
0
yoy uzunligi 111,11
masofani tashkil qiladi, yerning aylana ko’rsatkichi 40 000 km, radiusi 6370 km ga
teng. 45
0
li kenglikda yer aylanasi 28301 km, radius 78,6 km
2
.
Hozirgi paytda Yer shaklining bir necha variantlari bo’lib, Yerning shakli
umumlashgan tushunchadir. Shuning uchun Yerni shaklini bir necha taxminlari bor:
sferoid, ellipsoid, uch o’qli ellipsoid, geoid va hakazo.
Sferoid
– Yer shaklining umumiy va yirik ko’rinishi. Bunda Yer bitta aylanish
o’qiga va ekvatorial simmetrik tekislikka ega. Sferoid aniq ifodalangan simmetriya
o’qiga ega emas, uning hamma o’qlari bir xil. Shuning uchun yer shaklining sferoid
ko’rinishi Yerning haqiqiy shakliga o’xshamaydi. Bu nomuvofiqlik geografik
qobiqning yuzamala tuzilishini o’rganganda mintaqalarning aniq ifodalanishida aks
etadi.
Ellipsoid
– asosiy o’q aniq ifodalangan, ekvatorial simmetriya tekisligi
mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko’rinishi oliy
geodeziyada koordinatalarni hisoblashda, kartografik proeksiyalarni tuzishda
ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o’qlari orasidagi farq 21 km, katta yarim o’q –
6378,16 km, kichik yarim o’q – 6356,77 km, ekstsentrisitet – 1/298,25 ni tashkil
qiladi.
Uch o’qli ellipsoid
– Yerning ekvatorial kesimi ham ellips shakliga ega
ekanligi bilan aniqlangan. Bunda yarim o’qlar farqi 200 m atrofida, ekstsentrisitet
esa 1/30000. Yerning bu ko’rinishi geografik tadqiqotlarda umuman
foydalanilmaydi
RA – 1-2
AA – 1-10
QA – 1-9
IM – 1-2
Do'stlaringiz bilan baham: |