1.
http. ff. www. gci. 2000. ru (yangi geodezik asboblar bilan ishlash)
2.
http. ff. www. geopribori. ru
2-mavzu. TOPOGRAFIYA VA GEODEZIYA FANINING QISQACHA
RIVOJLANISH TARIXI
Reja
1.
Antik davrida topografiya va geodeziya fanining rivojlanish
2.
O’rta asrlar davrida topografiya va geodeziya fanining rivojlanish
3.
Yangi davrda topografiya va geodeziya fanining rivojlanish
Geodeziya fani ham boshqa fanlar qatori hayotiy
talablar asosida vujudga
kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan rivojlanib borgan. Inson
qadimdan o’zi yashagan hududlarni hayot talabiga ko’ra har tomonlama bilishga
qiziqqan va o’rgangan. Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimiy Misr,
Mesopotamiya,
Hindiston, Xitoy, Gretsiya, O’rta Osiyo va boshqa mamlakatlar
xalqlari o’z ehtiyojlari uchun dehqonchilik qilish va sug’orish kanallarini qazish,
turli
bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini o’zaro taqsimlash kabi
masalalarni yechishda geodezik o’lchash ishlaridan foydalangan.
Masalan, miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yerni
o’lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashtirish maqsadida
kanal qurilishi miloddan VI asr avvalgi vaqtga to’g’ri keladi. U vaqtlarda
s’yomkaning ba’zi bir usullarigina ma’lum bo’lgan. Yunonistonlik olim Eratosfen
miloddan 230 yil ilgari Yer sharining o’lchamlarini aniqlagan va geodeziyaga oid
maxsus
kitob yozib, meridianlar va parallellar ko’rsatilgan geografik kartalar
yaratgan. Ptolomey tomonidan kartalarni yaratishda proeksiyalash usullari joriy
qilinib, Yevropa va Osiyo kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan.
Miloddan VII-VI asr ilgari hozirgi Iroq janubida yashagan xoldeylar Yerni
shar deb faraz qilib, uning radiusi (R) uzunligini hisoblab chiqadi. Miloddan VI asr
avval Pifagor Yerni shar shaklida deb aytganligi fanga ma’lum.
IX asrda
Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag’dodda „Hikmat uyi“ nomli ilmiy
markaz tashkil topgan. Unda O’rta Osiyolik “Surati-al-arz” (“Yer surati”) nomli
asar muallifi Al-Xorazmiy hamda Al-Farg’oniy, Al-Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi
olimlar ham turli geodezik ishlarni olib borgan. Xalifa Xorun Al-Rashid o’g’li Al-
Ma’mun farmoyishiga binoan, 827 yili „Hikmat uyi“ a’zolaridan ikkita ekspeditsiya
tuzilgan. Yer o’lchamlarida bo’lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gradus
o’lchash usuli“ ni ishlatib, Yer o’lchamlarini aniqlash ishi topshirilgan. Ular
meridianning bir gradus yoy uzunligini o’lchab, ishni 56,0 mil (110,5 km) va 56,66
mil (111,82 km) natija bilan yakunlagan va hisoblashlar uchun 111,82 km natija
olingan.
XVII asr boshida Galiley tomonidan ko’rish trubasi, menzulaning ixtiro
etilishi, trigonometriya va analitik geometriya hisoblashlarining joriy etilishi tufayli,
yer qismlarini o’lchash va tasvirlash usullari ancha takomillashtirilgan.
XVIII asr boshlarida yer relefini aniqlash uchun vertikal s’yomka (nivelirlash)
ishlari bajarilgan. M.V.Lomonosov 1775 yilda Geografiya
departamentida kartalar-
ni yangilash, tuzish hamda takomillashtirilgan geodezik asboblarni yaratish ishlarini
olib borgan.
Rossiyalik geodezist-olimlar F.N.Krasovskiy, A.S.Chebotarev va boshqalar
geodezik tadqiqot va nazariy ishlarni keng ko’lamda olib borib,
geodeziyaning
rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar.
Turli mamlakat olimlari tomonidan (qadimda)
aniqlangan Yerning ayrim
o’lchamlari qiymatlari quyidagi 1-jadvalda berilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy
(973 — 1048 yy.) o’z hayotida yozgan 150 ta asaridan 40 tasini geodeziya faniga
bag’ishlab, boy va qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Mazkur asarlar Yer shari
o’lchamlarini ufq pasayish burchagini o’lchash orqali aniqlash, geodeziyaning
to’g’ri va teskari masalalarini yechish yo’llarini tatbiq etib, geografik koordinatalar
yordamida yer yuzasida ikki nuqta orasidagi masofaning uzunligini va chiziq
yo’nalishini, turli shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlagan, geodezik
asboblarni
ixtiro qilgan, kundalik hayotda uchraydigan amaliy geodeziyaga oid
masalalarni yechishning nazariy va amaliy yo’llarini belgilagan, kartografik