O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instetuti «tillar» fakulteti


- mavzu ORIYENTIRLASH BURCHAKLARI



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana12.07.2022
Hajmi4,01 Mb.
#783465
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
fayl 2583 20220225

5- mavzu ORIYENTIRLASH BURCHAKLARI. 
 
 
Reja 
 
1.
Oriyentirlash haqida tushuncha 
2.
Haqiqiy azimut Magnit azimuti Rumb Direksion burchak
3.
Haqiqiy azimut bilan magnit azimuti orasidagi munosabat. 
4.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak o‘rtasidagi munosabat 
5.
Yo‘nlishning haqiqiy azimuti bilan rumbi o‘rtasidagi munosabat. 
6.
Azimut bilan gorizontal burchak o‘rtasidagi munosabat. 
7.
Yo‘nalish azimutini kompos bilan aniqlash
 
 Asosiy tayanch tushunchalar: 
Oriyentirlash, Haqiqiy azimut, Magnit 
azimuti, Rumb, Direksion burchak 
 
 
Biz yuqoida gorizont tomonlarini, ya’ni ma’lum nuqtadan turib meridian 
yo‘nalishini aniqlash bilan tanishib chiq dik. Lekin joyda oriyentirlash uchun buning 
o‘zi kifoya qilmaydi. Joyda oriyentirlash uchun kishi o‘zi turgan nuqtaning atrofda 
joylashgan predmet lar yoki nuqtalarning gorizont tomonlariga nisbatan qaysi 
tomonda ekanli gini ham aniqlash kerak bo‘ladi. Agar turgan nuqtamizdan atrofdagi 
pred metlarga tomon chiziqlar o‘tkazsak, bu chiziqlar gorizont tomonlariga nisba tan 
turli yo‘nalishda bo‘ladi. 
Yer yuzasidagi har qanday chiziqning yo‘nalishi asosiy yo‘nalish bilan shu 
chiziq orasida hosil bo‘lgan burchak yordamida aniqlanadi. Bu burchak 
oriyentirlash burchagi
deyiladi. Masalan 24 shakldagi OM sizig‘ini asosiy 
yo‘nalish desak, bu chiziqqa nisbatan OS chiziqning qaysi tomonga yo‘nalgan ligi 
OM va OS chiziqlari yo‘nalishlari orasida hosil bo‘lgan burchakning necha gradus 
ekanligi MOS burchak o‘lchab aniqlanadi. Demak, 24-shaklda OS chizig‘i 
yo‘nalishining oriyentirlash burchagi MOS burchakka tengdir. 
Biron-bir chiziq yo‘nalishini aniqlashda asosiy yo‘nalish qilib geogra fik 
meridian qabul qilinsa, ular orasidagi ular orasida hosil bo‘lgan ori yentirlash 


burchagi – 
haqiqiy azimut, 
asosiy yo‘nalish qilib magnit meridia ni qabul qilinsa – 
magnit azimuti
, to‘g‘ri burchakli koordinataning abssis sa o‘qi qabul qilinsa – 
dreksion burchak deyiladi. Masalan 25 shaklda OS chi ziq yo‘nalishining haqiqiy 
azimuti A burchakdan, manit azimuti 


burchakdan, direksion burchak esa

burchakdan iboratdir.
Haqiqiy azimut, magnit azimuti va direksion burchak boshlang‘ich yo‘na 
lishning shimol tomonidan boshlab soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0
0
dan 360
0
gacha hisoblanadi. Shunday qilib bu burchaklarga qo‘yidagicha ta’rif beriladi. 
Haqiqiy azimut 
– geografik meridianning shimol tomoni bilan chiziq 
yo‘nalishi orasidagi soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0
0
dan 360
0
gacha 
o‘lchanadigan burchakdir. 
Magnit azimuti 
– magnit meridianining shimol tomoni bilan chiziq yo‘nalishi 
orasidagi burchak bo‘lib soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0
0
dan 360
0
gacha 
o‘lchanadi. 
Direksion burchak 
– to‘g‘ri burchakli koordinata abssissa o‘qining shi mol 
tomoni bilan chiziq yo‘nalishi orasidagi burchakdir. Direksion burchak ham soat 
strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0
0
dan 360
0
gacha o‘lchanadi. 
25 – shakilga ko‘ra haqiqiy azimut bilan magnit azimuti bir-biridan magnit 
strelkasining og‘ish burchagiga, haqiqiy azimut bilan direksion burchak esa bir-
biridan haqiqiy meridian va shu nuqtadan o‘tkazilgan abssissa chizig‘i orasida hosil 
bo‘lgan burchakka farq qiladi. Bu burchakni 
meridianlarning yaqinlashishi 
burchagi 
deyiladi. U 

(gamma) bilan belgilanadi.
Ko‘pchilik o‘lchash va hisoblash ishlarida azimut va direksion burchak 
o‘rniga rumbdan foydalaniladi. 
Rumb 
– meridianning shimol yoki janub tomoni bilan chiziq yo‘nalishi 
orasidagi burchak bo‘lib, u 0
0
dan 90
0
gacha hisoblanadi. 
Rumb magnit meridianidan boshlab hisoblansa – magnit rumbi, geografik 
meridiandan boshlab hisoblansa – haqiqiy rumb, abssissa o‘qidan boshlab 
hisoblanganda esa direksion rumb deyiladi. 
Rumb shimol va janubdan sharq va g‘arbga tomon alishi bo‘yicha 00 dan 900 
gacha hisoblanishi sababli uning qaysi chorakda ekanligini ifodalash uchun rumb 
qiymatiga yo‘nalish joylashgan chorak nomi qo‘shib aytiladi. Agar yo‘nalish 
birinchi chorakda bo‘lsa, rumb nomi shimoli-sharq (SHShq), ikkinchi chorakda 
bo‘lsa janubi-sharq (JShq), uchinchi chorakda bo‘lganda janubi-g‘arb (JG‘), 
to‘rtinchi chorakda bo‘lganda shimoli-g‘arb (SHG‘) deyiladi. Masalan 26-shaklda 
Ok chiziq yo‘nalishining rumbi SHShq 50
0
, OL chizig‘ining rumbi JShq 32
0
, OM 
chizig‘ining rumbi JG‘ 40

, ON chizig‘ining rumbi esa SHG‘ 56

dir.
Yer yuzasida har bir chiziq yo‘nalishining to‘g‘ri va teskari oriyentir
burchaklari bo‘ladi. Masalan, 27-shaklda MN chizig‘i M nuqtadan boshlang‘ich 
yo‘nalishining direksion burchagi (

) to‘g‘ri direksion burchak, N nuqtadan 
boshlangan yo‘nalishning direksion burchagi (
2

) esa teskari direksion bur chakdir. 
Xuddi shu kabi haqiqiy azimut, magnit azimuti va rumb ham to‘g‘ri va teskari 
bo‘ladi. 27-shaklda MN chizig‘ining to‘g‘ri rumbi 
r
burchakdan, teskari rumbi esa
r
2
burchakdan iborat. 27 –
shakldan ko‘rinib turibdiki chiziq yo‘nalishining to‘g‘ri 


va teskari rumbi o‘zaro teng bo‘lib, faqat ularning nomlari boshqacha bo‘ladi, xolos. 
Agar yo‘nalishning to‘g‘ri rumbi shimoliy-sharq bo‘lsa, bu yo‘nalishning teskari 
rumbi janubi-garb bo‘ladi. Aksincha, to‘g‘ri rumb janubi-g‘arb bo‘lsa, teskarisi 
shimoli-sharq bo‘ladi.
27-shakldan ko‘rinishicha ma’lum bir yo‘nalishning to‘g‘ri va teskari di 
reksion burchaklari bir-biridan 180
0
ga farq qiladi. Demak, yo‘nalishning to‘g‘ri 
direksion burchagi ma’lum bo‘lsa, shu yo‘nalishning teskari direksion burchagini 
topish uchun to‘g‘ri direksion burchakka 180
0
qo‘shish yoki undan 180
0
ni ayrish 
kerak. Agar chiziq o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, uning teskari di reksion burchagi 
to‘g‘ri direksion burchakka 1800 qo‘shilganiga, chap tomonda yo‘nalgan bo‘lsa, 
to‘g‘ri direksion burchakdan 1800 ayrilganiga teng. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish