geografik muhitning alohida element larini o‘rganadigan fanlar – geologiya,
geomorfologiya, tuproqshunoslik va boshqa lar bilan ham yaqindan bog‘liqdir.
Masalan, joy relyefini topografik kartada to‘g‘ri tasvirlash uchun bu yerdagi
relyefning qanday vujudga kelganligini, uning tipi va xususiyatlarini bilish zarur.
Bunda topografiyaga geomorfologiya fani yordam. Hududni topografik jihatdan
o‘rganish mahsuloti bo‘lgan
topografik kartalar, o‘z navbatiad yer yuzasini
geografik, geologik, geomorfologik va boshqa jihatlardan o‘rganishda va bu
o‘rganish natijalarini qog‘ozda aks ettirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ba’zi bir adabiyotlarda topografiyani kartografiyaning bir tarmog‘i deb
ko‘rsatadilar. Haqiqotda esa kartografiya bilan topografiya bir-biri bilan juda bog‘liq
bo‘lsada, ularning har birining mustaqil o‘rganish predmeti va vazifala ri bor albatta.
Kartografiya geogrfik kartalar haqida fan bo‘lib, uning vazifasi kar talarning
mohiyati va xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, ularnituzish hamda geografik
kartalardan foydalanish usullarini ishlab chiqarishdan iboratdir.
Barcha xildagi geografik kartalarni tuzishda topografik kartalar asos qilib
olinadi.
Kartografiyada
ishlab chiqilgan masalalar, chunonchi kartaning matematik
asoslari, kartani
tuzish va uni rasmiylashtirish, tahrir qilish va nashr qilish kabi
umumiy masalalardan topografiyada foydalanadi. Topografiya bilan kartografiya
yagona maqsad – milliy iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojla riga to‘la javob bera
oladigan yuqori sifatli kartalarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Biroq karta
tuzishning kartografik va topografik usullari bir-biridan farq qiladi. Topografik
metodda kartalar joyning planini olish yoki joyning suratini maxsus asboblar
yordamida qayta ishlash natijasida tuziladi. Kartografik usulda esa kartalar kameral
sharoitda turli
xil kartografik materiallarni, jumladan, topografik kartalarni qayta
ishlash asosida tuziladi. Hozirgi vaqtda aero va kosmik suratlardan foydalanib
kameral sharoitda topogra fik kartalar tuzish keng avj oldi. Lekin aero va kosmik
suratlardan foydalanib kameral sharoitda topografik kartalar tuzishda ham joyda
o‘lchash ishlari bajariladi. Bu o‘lchash ishlari topografik kartani tuzish uchun asos
bo‘ladigan bir qancha nuqtaning planli o‘rnini va balandligini aniqlashdan iboratdir.
Undan tashqari joyga borib aerokosmik suratlardagi obyektlar shartli belgilar bilan
ko‘rsatiladi, obyektlarning nomlari aniqlanadi va topografik ocheriklar yoziladi.
Topografiyani ko‘pincha geodeziya
fani yutiqlariga holda ish yuritadilar.
Lekin topogra fiya bilan geodeziya bir mazmunli fan emas. Geodeziya
yer ustida
o‘lchash ishlai bilan shug‘ullandi. Bu o‘lchash ishlari yerning shakli va kattaligini
aniqlash g‘amda karta va plan tuzishga asos bo‘lib xizmat qiladigan geodezik
tayanch shaxobchalarni barpo qilish maqsadida bajariladi. Bularni o‘rganish va
bajarish oliy geodeziyaning vazifasmga kiradi. Geodezik o‘lchash usullari turli
inshootlarni, masalan, gidrotexnik, gilromelioratsiya inshootlarini qurishda, har xil
sanoat va kommunal qurilishlarda, yerlarni qismlarga bo‘lishda va boshqa shu kabi
ishlarda keng qo‘llaniladi. Bu o‘lchash ishlarini o‘rganish va bajarish geodeziyaning
vazifasi hisoblanadi. Geodezik o‘lchash lardan va bu o‘lchashning yakunlarida
topografiyada foydalaniladi. Masalan, geodezik tayanch shaxobchalarsiz hududning
topografik kartasini tuzish mum kin emas. Undan tashqari, geodezik tayanch
shaxobchalari hududni topografik jihatdan o‘rganish
natijalarini bir siistemaga
birlashtiradi. Topografiya ham, o‘z navbatida ma’lum darajada geodeziyaning
taraqqiyotini belgilaydi. Masalan, mamlakatimizda davlat geodezik tayanch
shaxobchalarini barpo qi lish dasturi va ularni amalga oshirish usullari topografik
kartalar tuzish ehtiyojlariga qarab belgilanadi.
Topografik plan olishdagi o‘lchash natijalarini analiz qilishda va ularni qayta
ishlashda matematika asoslaridan foydalanadi. Plan olishda ishlatila digan asboblar
fizika qonunlariga asoslanib yasalgan. Fotosuratlardan
foydala nib topografik
kartalar tuzishda fotografiya asoslarini bilish kerak. Shunga ko‘ra, topografiyani
o‘rganish uchun matematika, fizika hamda fotografiyadan ham ma’lum darajada
zarur bilimga ega bo‘lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: