qiyofasi gavdalantirilgan. Yozuvchi romanning birinchi qismini
«Bir tanda ikki odam» deb bejiz atamagan, albatta.
Haqiqatan
ham , M irvali — salohiyatli, ishbilarm on, tash abb usko r,
tashkilotchi. Uning respublika miqyosida rahbar boiishga, hatto
biror vazirlikni boshqarishga qurbi-qobiliyati yetadi. Biroq Mirvali
xarakterida amalparastlik,
shuhratparastlik, xushomadgo‘ylik,
ko ‘zbo‘yamachilik, yulg‘ichlik, nopoklik, xiyonat va jinoyat
qilishdan tap tortmaslik singari yomon illatlar ham talaygina bor.
Yozuvchi M irvalining yaram as qiliqlarini, vahshiyona
kirdikorlarini tasvirlash bilan birga, Mirvali xarakteridagi illatlar
q an d ay payd o b o ‘lg an lig in i va q a n d ay q ilib riv o jlan ib
borganligini ham ochib tashlagan.
Mirvali taqdiri misolida Said Ahmad katta bir fikrni o ‘rtaga
tashlagan va uni obrazli tarzda har jihatdan asoslab bergan.
Aniqrog‘i, adib Mirvalining hayot yo‘lini
va fojiali qismatini
tasvirlash orqali kimki halollik, to ‘g‘rilik, adolatparvarlik va
insonparvarlik singari ezgu tushunchalarni mensimay, ularni
oyoq osti qilsa va порок ishlarni amalga oshirsa, oxir-oqibatda
xoru zor b o ia d i, degan xulosani olg‘ar surgan. «Jimjitlik»
romanidagi Hojimurod Xolmatovning
fojiali qismati ham ana
shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
A sarda adolatsizlik va shafqatsizlikning qurboni b o ig a n
N urm at tog‘a qismati juda ta ’sirli va haqqoniy aks ettirilgan.
N u rm a t to g ‘a o ‘sha d av rdag i b a ’zi jirk a n c h am ald o rlar
tomonidan g‘ijimlab, ezgilab tashlangan vijdonli bir kimsaning
obrazi sifatida juda jonli va to iaq o nli b o iib chiqqan. Yozuvchi
bu obrazni yaratishda N urm at to g‘aning «qam oqdan ozib-
to ‘zib, bukchayib qaytib kelgandan» keyingi hayoti, uning
Mirvali q o iid a, tog‘dagi shiyponda yolgizlikda g‘am
chekib
kun o ‘tkazishi, katta baza boshqaruvchisi (sobiq kolxoz raisi)
Hojimurod Xolmatovga tasodifan duch kelishi va undan qasos
olishi voqealaridan ustalik bilan foydalangan. N urm at tog‘a
H ojim urodni o id irm a y d i, lekin o id irg a n d a n ham b a tta r
qiladi...
Shunisi muhimki, yozuvchi «Jimjitlik» romanida hayotda
uchraydigan salbiy jihatlar tasviriga ortiqcha berilib ketmaydi,
romanni har xil salbiy voqea-hodisalar, salbiy shaxslar bilan toidirib
319
tashlam aydi, m e’yorga, turm ush haqiqatiga rioya qiladi.
Hojimurod, Mirvali, Luqmonov,
Rasulbek, Ja’far, Nasim singari
salbiy obrazlarga qarama-qarshi holda Tolibjon Usmonov, Jayrona,
Nurmat tog‘a, Erali chavandoz, Mahkamov, Isroil Malikov, Salima,
Asqarali, Katta ena, Risolat aya, Zaynab va Azizbek kabi sofdil,
halol, pok kishilar obrazini muhabbat bilan tasvirlaydi. Said Ahmad
ana shu obrazlar vositasida adolat va haqqoniyat yo‘lidan
chekinmay, halol yashagan kishilami ulug‘lagan.
Yozuvchi sof, beg‘ubor insoniy fazilatlarni, ayniqsa, sho‘x-
shaddod tarjim on qiz-Jayrona obrazida yorqin ifodalagan.
Jay ro na tim solida adib yuksak
axloq-odob va m adaniyat
sohibasi bo‘lgan aqlli, tadbirkor o ‘zbek qizi obrazini yaratgan.
«Jimjitlik» romani qiziqarli sujetga ega. Binobarin, kitobxon
voqealar davomi, qahramonlar taqdiri va asar yechimini orziqib
kutadi. Romanda aks ettirilgan voqealar va taqdirlar bir-biri
bilan o'zaro mustahkam bog‘liq. Voqealarning biri ikkinchisini
to ‘ldiradi yoki boshqa bir yo ‘nalishda uni davom ettiradi.
R om andagi M irvali va Shavkat R ahim ov y o ‘nalishi ham,
Tolibjon va Jayrona chizig‘i ham, N urm at tog‘a va Hojimurod
bilan bo g iiq hodisalar ham, Salima va Asqarali taqdiri ham,
oxir-oqibatda, bir markazga kelib tutashadi va asarning umumiy
mundarijasini hosil qiladi.
A sar voqeasi rom antik ruh bilan yo‘g‘rilgan. Kiyiksovdi
momo afsonasi, Erali chavandozning qismati, shuningdek, qora
Lochin va qora Baxmal singari uchqur otlar nomi bilan bog‘liq
voqealarda bu ruh, ayniqsa, ochiq sezilib turadi. «Jimjitlik»
ro m an id a milliy xususiyatlar tasviri kuchli,
aniq va tiniq
chizilgan. 0 ‘zbekona hayot m anzaralari, milliy fe’l-atvor,
xalqimizga xos urf-odat va an ’analar yorqin aks etgan.
Said Ahmad, ayniqsa, xalqimizga xos mehr-oqibat, soddalik
va halollik, ahillik va donolikni m aftun b o ‘lib tasvirlaydi.
Tolibjonga uy-joy qurish uchun qishloqda uyushtirilgan hashar
tasvirini olaylik, Yozuvchi bu hashardan Tolibjonning qanchalik
ta ’sirlanganligini, quvonganligini ifodalash
orqali xalqimizning
olijanob fazilatlarini ulug‘lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: