Say d u lla m irzayev


«Bu joylarga jim jitlik qidirib keldim»



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

«Bu joylarga jim jitlik qidirib keldim»
desa, 
Mirvali: 
«Jimjitlikni oda m zo d о ‘Iganda topadi. Go ‘rga kirganda»,
— deydi. Yozuvchining o ‘zi esa «...notinch XX asrda jimjitlik 
qidirish telbalik»dir degan xulosani asar to ‘qimasiga singdirib 
yuboradi.
«Jimjitlik» romanida rang-barang obrazlar yaratilgan. Bular 
orasida asarning asosiy obrazi Mirvali alohida ajralib turadi. 
Mirvali obrazida ikki xil kishi — ham yaxshi, ham yovuz odam
97 O 'zbek sovet adabiyoti tarixi. — Toshkent: «O 'qituvchi», 1990, 393-
bet.
318


qiyofasi gavdalantirilgan. Yozuvchi romanning birinchi qismini 
«Bir tanda ikki odam» deb bejiz atamagan, albatta. Haqiqatan 
ham , M irvali — salohiyatli, ishbilarm on, tash abb usko r, 
tashkilotchi. Uning respublika miqyosida rahbar boiishga, hatto 
biror vazirlikni boshqarishga qurbi-qobiliyati yetadi. Biroq Mirvali 
xarakterida amalparastlik, shuhratparastlik, xushomadgo‘ylik, 
ko ‘zbo‘yamachilik, yulg‘ichlik, nopoklik, xiyonat va jinoyat 
qilishdan tap tortmaslik singari yomon illatlar ham talaygina bor.
Yozuvchi M irvalining yaram as qiliqlarini, vahshiyona 
kirdikorlarini tasvirlash bilan birga, Mirvali xarakteridagi illatlar 
q an d ay payd o b o ‘lg an lig in i va q a n d ay q ilib riv o jlan ib
borganligini ham ochib tashlagan.
Mirvali taqdiri misolida Said Ahmad katta bir fikrni o ‘rtaga 
tashlagan va uni obrazli tarzda har jihatdan asoslab bergan. 
Aniqrog‘i, adib Mirvalining hayot yo‘lini va fojiali qismatini 
tasvirlash orqali kimki halollik, to ‘g‘rilik, adolatparvarlik va 
insonparvarlik singari ezgu tushunchalarni mensimay, ularni 
oyoq osti qilsa va порок ishlarni amalga oshirsa, oxir-oqibatda 
xoru zor b o ia d i, degan xulosani olg‘ar surgan. «Jimjitlik» 
romanidagi Hojimurod Xolmatovning fojiali qismati ham ana 
shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
A sarda adolatsizlik va shafqatsizlikning qurboni b o ig a n
N urm at tog‘a qismati juda ta ’sirli va haqqoniy aks ettirilgan. 
N u rm a t to g ‘a o ‘sha d av rdag i b a ’zi jirk a n c h am ald o rlar 
tomonidan g‘ijimlab, ezgilab tashlangan vijdonli bir kimsaning 
obrazi sifatida juda jonli va to iaq o nli b o iib chiqqan. Yozuvchi 
bu obrazni yaratishda N urm at to g‘aning «qam oqdan ozib- 
to ‘zib, bukchayib qaytib kelgandan» keyingi hayoti, uning 
Mirvali q o iid a, tog‘dagi shiyponda yolgizlikda g‘am chekib 
kun o ‘tkazishi, katta baza boshqaruvchisi (sobiq kolxoz raisi) 
Hojimurod Xolmatovga tasodifan duch kelishi va undan qasos 
olishi voqealaridan ustalik bilan foydalangan. N urm at tog‘a 
H ojim urodni o id irm a y d i, lekin o id irg a n d a n ham b a tta r 
qiladi...
Shunisi muhimki, yozuvchi «Jimjitlik» romanida hayotda 
uchraydigan salbiy jihatlar tasviriga ortiqcha berilib ketmaydi, 
romanni har xil salbiy voqea-hodisalar, salbiy shaxslar bilan toidirib
319


tashlam aydi, m e’yorga, turm ush haqiqatiga rioya qiladi. 
Hojimurod, Mirvali, Luqmonov, Rasulbek, Ja’far, Nasim singari 
salbiy obrazlarga qarama-qarshi holda Tolibjon Usmonov, Jayrona, 
Nurmat tog‘a, Erali chavandoz, Mahkamov, Isroil Malikov, Salima, 
Asqarali, Katta ena, Risolat aya, Zaynab va Azizbek kabi sofdil, 
halol, pok kishilar obrazini muhabbat bilan tasvirlaydi. Said Ahmad 
ana shu obrazlar vositasida adolat va haqqoniyat yo‘lidan 
chekinmay, halol yashagan kishilami ulug‘lagan.
Yozuvchi sof, beg‘ubor insoniy fazilatlarni, ayniqsa, sho‘x- 
shaddod tarjim on qiz-Jayrona obrazida yorqin ifodalagan. 
Jay ro na tim solida adib yuksak axloq-odob va m adaniyat 
sohibasi bo‘lgan aqlli, tadbirkor o ‘zbek qizi obrazini yaratgan.
«Jimjitlik» romani qiziqarli sujetga ega. Binobarin, kitobxon 
voqealar davomi, qahramonlar taqdiri va asar yechimini orziqib 
kutadi. Romanda aks ettirilgan voqealar va taqdirlar bir-biri 
bilan o'zaro mustahkam bog‘liq. Voqealarning biri ikkinchisini 
to ‘ldiradi yoki boshqa bir yo ‘nalishda uni davom ettiradi. 
R om andagi M irvali va Shavkat R ahim ov y o ‘nalishi ham, 
Tolibjon va Jayrona chizig‘i ham, N urm at tog‘a va Hojimurod 
bilan bo g iiq hodisalar ham, Salima va Asqarali taqdiri ham, 
oxir-oqibatda, bir markazga kelib tutashadi va asarning umumiy 
mundarijasini hosil qiladi.
A sar voqeasi rom antik ruh bilan yo‘g‘rilgan. Kiyiksovdi 
momo afsonasi, Erali chavandozning qismati, shuningdek, qora 
Lochin va qora Baxmal singari uchqur otlar nomi bilan bog‘liq 
voqealarda bu ruh, ayniqsa, ochiq sezilib turadi. «Jimjitlik» 
ro m an id a milliy xususiyatlar tasviri kuchli, aniq va tiniq 
chizilgan. 0 ‘zbekona hayot m anzaralari, milliy fe’l-atvor, 
xalqimizga xos urf-odat va an ’analar yorqin aks etgan.
Said Ahmad, ayniqsa, xalqimizga xos mehr-oqibat, soddalik 
va halollik, ahillik va donolikni m aftun b o ‘lib tasvirlaydi. 
Tolibjonga uy-joy qurish uchun qishloqda uyushtirilgan hashar 
tasvirini olaylik, Yozuvchi bu hashardan Tolibjonning qanchalik 
ta ’sirlanganligini, quvonganligini ifodalash orqali xalqimizning 
olijanob fazilatlarini ulug‘lagan. 

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish