96 S a id Ahmad. Tanlangan asarlar. 1-tom. — Toshkent: 1971, 7-bet.
312
«Sum bul», «L aylak keldi», «Y alpiz hidi», «O najonlar»,
«Xotinlar», «Odam va bo‘ron», «Oriyat» kabi hikoyalarda bu
hoi ochiq ko‘rinadi. Bu hikoyalarda xalqimizga xos so‘z o'yinlari,
askiya va mubolag‘alar ko‘zga tez-tez tashlanib turadi:
«Gapimga
ishonmadingmi? Mayli, hozir selponing aravasi cho ‘Iga ketadi. Borib
о ‘z ко ‘zing bilan ко
V.
Etigingniyechib, Najim otaning yerida yarim
so a t ya la n g o yo q q im irlam ay tur, undan keyin bilasan. A g ar
tovoningdan ildiz otib, yelkangdan shoxlab ketmasang, shartta
kallamni kesib ol, voy, desam nomardman...» («O riyat»).
Said Ahmad ijodida hajviy hikoyalar ham ko‘p. Yozuvchining
«La’li badaxshon», «Begona», «Xanka bilan Tanka», «Mening
d o ‘stim, Boboyev», «Lampa shisha» kabi hajviy hikoyalarida
h ay o td a uchrab turuvchi nopoklik, m anm anlik, m aishiy
buzuqlik, ig‘vogarlik, ko‘zbo‘yamachilik, rasmiyatchilik singari
illatlar ustalik bilan fosh etilgan. Bunga adibning «Mushtum»
ju rn a li sah ifalarin i bezagan, te leto m o sh ab in la rg a zavq
bag‘ishlagan miniaturalari ham yaqqol.misol bo‘la oladi.
Said A hm ad h ik o y a la ri fik rn in g aniq ligi, su jetn ing
qiziqarliligi, uslubning ravonligi, tilning pishiq va obrazliligi
bilan o ‘quvchilarga g ‘oyat m anzur b o ‘lgan. Buni adibning
mustaqillik davridagi ijodi ham to iiq tasdiqlaydi. Said Ahmad
birgina 1999-yilda 15 tacha hikoya va ocherk yaratgan. Bular
haqida fikr yuritib adibning o ‘zi: «Mening o ‘ylashimcha va
ko‘plab gazetxonlar fikricha, ushbu hikoyalar so‘nggi yillarda
yaratilgan eng yaxshi hikoyalar turkumi boidi», — deb yozgan
edi. Adibning «Sarob», «Azroil o ‘tgan yo‘llarda», «Qorako‘z
Majnun» kabi hikoyalari buning jonli dalilidir. Bu hikoyalarda
sobiq Ittifoq davrida bo‘lib o ‘tgan fojiali voqealarning yorqin
manzaralari g‘oyat ta ’sirli va aniq qilib ko‘rsatib berilgan.
«Sarob» hikoyasida rossiyalik pioner Pavlik Morozovning o ‘z
otasini fosh etib, ko‘rsatgan «jasorat»ini takrorlagan Kimsan
nomli oqpadarning o‘z buzrukvoriga qarshi qilgan yovuzligi va
buning ayanchli oqibati mohirona aks etgan. Shu fojiali voqea
misolida sho‘rolar davridagi ijtimoiy adolatsizliklar, nopokliklar,
kom m unistlarning o ‘z qora niyatlarini am alga oshirishda
b o la larn i o ta larig a qarshi q ay rab ish y u ritish d an ham
qaytmaganliklari ochib tashlangan.
313
K im san yoshligidan m ak tab d a kom m unizm ga cheksiz
s a d o q a t ru h id a ta rb iy a la n a d i. K o m p a rtiy a n in g so x ta,
dabdabali shiorlariga ishonib, oq bilan qorani, poklik bilan
nopoklikni ajratolmay qoladi. U: «Xalqqa sadoqat bilan xizmat
qilaman», — deb «fosh qilish» kasaliga yo‘liqadi. Bu oqpadar
bola, hatto o ‘z otasi halol-pok inson, kamtar va bilimdon ziyoli
Olimjon domlani «xalq dushmani» deya «fosh» etib, qamatadi.
Y illar o'tishi bilan K im sanning o ‘zi ham «aybdor» b o ‘lib
qam aladi. O ta bilan o ‘g ‘il uzoq Sibirda, qam oq lagerida
tasodifan uchrashadi. U vazm inlik bilan o ‘zini otabezori
o ‘g ‘ilga tanitishdan tiyadi. O ta qalbida bir paytning o ‘zida
ikki tuyg‘u — ham aldangan jigarbandiga achinish, mehr-
muhabbat, ham qahr-g‘azab tuyg‘usi alangalanadi. Yozuvchi
Said Ahmad Olimjon otaning ana shu murakkab, iztirobli ruhiy
holatini hamda uning beg'ubor, pokiza va nozik qalbida nish
urgan tuyg‘ular tug‘yonini mahorat bilan tasvirlagan.
Xuddi shuningdek, adib soxta obro‘ ketidan quvib beti qora
b o ig a n va odam lar yuziga qaray olmaydigan noxush holga
tushib bevaqt so‘ligan oqpadar Kimsanning ham jonli obrazini
ustalik bilan chizib bergan.
«Sarob» hikoyasida asosan uchta obraz (ota, bola va mahbus
adib) bor. Ularning uchovi ham yorqin ishlangan. Hikoyada
ishontirish san’ati kuchli bo‘lganidek, unda g‘oya va maqsad
ham aniq.
* * *
Said Ahmad 50-yillardan boshlab qissa va roman janrlarida
ham samarali ravishda ijod qiladi. Uning «Qadrdon dalalar»
(1949), «Hukm» (1958), «G ‘ildirak» (1990) qissalari, «Ufq»
(1964-1970) trilogiyasi va «Jimjitlik» (1989) romani buning
isbotidir. «Qadrdon dalalar» — Said Ahmadning birinchi yirik
nasriy asari. U nda adib urushdan so‘nggi dastlabki yillarda
qo‘riq va bo‘z yerlarni o ‘zlashtirish, paxtachilikni rivojlantirish
so h asid a jo n b o z lik k o ‘rsa tg a n k ish ilarn in g o b ra z la rin i
g a v d a la n tirish g a h a ra k a t qilgan. Q issadagi N a z o k a t,
Hoshimjon, Jo ‘raboy, Hojimat, Rajab bobo obrazlari jonli va
314
ishonarli chiqqan. Biroq asarda o ‘sha davr adabiyoti uchun
xarakterli b o ig a n nuqson-yutuqlarni oshirib, kamchiliklarni
x asp o ‘shlab, voqelikni b o ‘yab-bezab aks ettirish k o ‘zga
tashlanib turadi.
Said A hm adning «U fq» trilogiyasi XX asr o ‘zbek
adabiyotining jiddiy yutug‘idir. Asarda trilogiya janrining o ‘ziga
xos g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va asosiy janriy belgilari yaqqol
namoyon boigan. «Ufq»ning birinchi kitobi — «Qirq besh kun»
romanida xalqimizning XX asrning 30-yillarida Katta Farg‘ona
kanali qurilishidagi qah ram o n on a m ehnati, qu d ratli xalq
harakati yorqin aks ettirilgan. Asarning ikkinchi kitobi «Hijron
kunlari» deb ataladi. Unda xalqimizning urush davridagi og‘ir
hayoti, kurashi, vatanparvarligi, mardligi ehtiros bilan hikoya
qilingan. Trilogiyaning uchinchi kitobi — «Ufq bo‘sag‘asida»
urushdan so‘nggi dastlabki yillardagi xarakterli voqealar, qo‘riq
va bo‘z yerlarni o ‘zlashtirish harakati tasvirlangan. Demak, ko‘p
qirrali hayot haqiqatini keng miqyosda aks ettirish, o ‘zbek
xalqining, xususan, qishloq kishilarining olijanob fazilatlarini
ko'rsatish, ularning buyuk ishlari va yuksak orzu-istaklarini
ifodalash «Ufq» trilogiyasi sujetining asosini tashkil etadi. Asarda
asosiy voqealar va turli taqdirlar bir-biri bilan m ustahkam
bogiangan holda va o ‘zaro aloqada aks ettirilgan.
Trilogiyada xalq hayotining turli qatlamlari teran yoritilgan.
A zizxon, Ik ro m jo n , J a n n a t xo la, R a h m o n b e rd i to g ‘a,
Nizomjon, Asrora, Dildor, Inoyat oqsoqol, Tursunboy singari
xilma-xil obrazlar yaratilgan. Asarda bunday badiiy to ‘qima
obrazlar bilan bir qatorda, xalqimizning asl farzandlari: Usmon
Yusupov, Y o ido sh Oxunboboyev, G ‘afur G ‘ulom kabi tarixiy
shaxs obrazlari ham berilgan. «Ufq»dagi qahram onlardan,
ayniqsa, Ikromjon va Azizxon obrazlari har jihatdan mukammal
va jonli qilib tasvirlangan. Adib Azizxon obrazi orqali K atta
Farg‘ona kanali qurilishi jarayonida, qirq besh kun davomida
sodir b o ig a n quvonchli va unutilm as voqea-hodisalarni,
xalqning haqiqatan buyuk bunyodkor ekanini umumlashtirib
tasvirlab ko‘rsatgan.
Ikromjon obrazi vositasida esa oddiy kishilarning Vatanga
b o ig an cheksiz muhabbati mahorat bilan tasvirlangan.
315
Yozuvchi Ikrom jon obrazini yaratishda xalqimizga xos
milliy xususiyatlar va milliy xarakter belgilaridan unumli
foydalangan. A na shunga k o ‘ra Ikrom jon milliy x arakter
sifatida nam oyon b o ia d i. Xalqimizga xos qiyinchiliklarga
chidash, m ustahkam iroda, hayotbaxsh ruh Ikrom jonning
suyak-suyagiga singib ketgan. Ikrom jonning asar voqeasi
so ‘ngida:
Do'stlaringiz bilan baham: |