Dunyoning hech yerida bunaqa odamlarni ко ‘rmagandi. Yaxshi-
yom on kunlarda bir-birining pinjiga kirishi, bittasining dardiga
hammasining joni og ‘rishiga, bittasining quvonchiga hammasi bab-
baravar yayrab ketishiga hayron bo 'lib qolgan edi».
Asarda Said Ahmad
ijodiga xos xushchaqchaq yumor, so‘z
o ‘yinlari k o ‘zga tashlanib turadi. Sovxozda G ‘afur G'ulomning
60 y oshlik yubileyini n ish o n la sh , E rali chav a n d o zn in g
Toshkentga G ‘afur G ‘ulom uyiga m ehmon b o ‘lib borishi
voqealari tasviri samimiy yumor, hazil-mutoyiba, so‘z o ‘yinlari
bilan ajib bir yo‘sinda bezatilgan. Roman yengil o ‘qiladi va
yengil hazm etiladi.
Said Ahmad obrazlar
tilini ham, muallif nutqini ham puxta
ishlagan. Qahramonlar tili ularning fe’l-atvori va tushunchasiga
mos — tabiiy qilib berilganki, asar toliqmay o ‘qiladi.
«Jim jitlik» rom anida y u tu q lar bilan birga,
bir qancha
nuqsonlar ham bor. Shavkat Rahimov obrazining nuqul salbiy
tom ondan aks ettirilishi na mantiqiy va na badiiy jihatdan
asoslanmagan. K o‘pincha, qahramonlar o ‘z tabiatlaridan kelib
chiqib emas, balki yozuvchi irodasiga ko‘ra harakat qilishadiki,
bu hoi badiiy asar saviyasini tushirib yuboradi. Yozuvchi
ro m an n ing b a ’zi o ‘rin la rid a psixologik
ta h lild an yetarli
foydalanmagan. H atto, rom anda asosiy obraz Mirvali fe’l-
atvoriga taalluqli b o ig a n chuqur ruhiy holatlar tasviri kam.
Romanda yetarli asoslanmagan, binobarin, ishontirish quvvati
zaif b o ig a n voqea va ho d isalar ham uchraydi. T o g ‘dagi
maishatxona bilan bog iiq b o ig a n
ayrim voqealar va ularning
tasvirida ishontirish quvvati juda kuchsiz.
* * *
Said Ahmad iste’dodli dramaturg hamdir. Uning «Kelinlar
qo‘zg‘oloni» (1976), «Kuyov» (1980), «Farmonbibi arazladi»
(1990) sing ari h ay o tiy , x u sh ch aq ch a q k o m e d iy alari
to m o sh a b in la rg a
m a n zu r
b o ig a n .
Said
A hm ad
komediyalarining sujeti hayotda mavjud b o ig a n ziddiyatlar
va yumoristik kulgi asosiga qurilgan.
Dramaturg xalqimizning
ajoyib milliy urf-odatlarini, odob-axloqini e’zozlash bilan birga,
321
kundalik turmushda uchrab turadigan turli qusurlarni samimiy
yumor vositasida ochib tashlagan.
Said A hm ad kom ediyalari orasida, ayniqsa, «K elinlar
qo‘zg‘oloni» o ‘zining qiziqarliligi bilan million-million kishilarga
manzur bo'lgan. Pyesada Farmonbibi boshliq yetti o‘g‘il va yetti
kelindan tashkil topgan katta bir oilaning hayoti zo‘r mahorat
bilan nam oyish ettirilgan. Y ozuvchi bu oiladagi halollik,
to ‘g‘rilik, tartib-intizom, odob-axloq va samimiylikni m a’qullash
hamda qo‘llab-quwatlash bilan bir qatorda, b a’zi bir g‘ayritabiiy
holatlami beg‘araz kulgi ostiga oladi. «Kelinlar qo‘zg‘oloni»ning
sho‘rolar davrida yaratilgani va unda o ‘n besh personaj
ishtirok
etishi hisobga olinsa, komediyadagi mustaqillikka intilayotgan
har bir oila muayyan ramziy m a’no tashishi anglashiladi.
«K elinlar q o ‘zg‘oloni» kom ediyasining tili — siqiq va
obrazli, jonli va ravon. Komediyaning
boshidan oxirigacha
samimiy, xushchaqchaq kulgi hukm ronlik qiladi. Ana shu
xushchaqchaqlik ruhi «Kuyov» komediyasi mazmuniga ham
singib ketgan. A sarda m ashhur seleksioner, keksa bog‘bon
G ‘ani ota obrazi mahorat bilan yaratilgan. Shu orqali yolg‘izlik
fojiasi komediya janri talablariga mos ravishda ochib berilgan.
Komediyada k o ‘rsatilishicha, G ‘ani
ota moddiy boylikka
muhtoj emas. Otada tanmahram yo‘q. U qarigan chog‘ida beva
qolib, yolg‘izlik azobini tortadi. Otaning ana shu yolg‘izlik
dardiga davo izlab, «yelib-yugurishi», bu yo‘lda chekkan «azob-
uqubatlari», ichki kechinma va ruhiy holatlari komediyada juda
qiziqarli va ta ’sirli qilib ko ‘rsatilgan. Shu asosda eru xotinning
q o ‘sha qarishi haqidagi xalq hikm atining asl m a ’nosi va
m ohiyati obrazli ravishda gavdalantirilgan. Qisqasi, Said
Ahmadning «Kuyov» asari tarbiyaviy-estetik ahamiyatga molik
hayotiy komediyadir.
Said Ahmadning so‘z san’ati sohasidagi xizmatlari davlat
tomonidan munosib taqdirlangan. 0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi
Said A hm adga «Ufq» trilogiyasi uchun H am za nom idagi
respublika Davlat mukofoti berilgan. Said Ahmad 2000-yilda
« 0 ‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: