ASQAD MUXTOR
(1 9 2 0 -1 9 9 7 )
Iste’dodli yozuvchi Asqad M uxtor
adabiyotning deyarli
ham m a ja n rla r id a m a h o ra t bilan qalam te b ra tg a n .
Adabiyotimizga yangi mavzu, yangi obrazlar olib kirgan. Uning
adabiyotda o ‘z o ‘rni, o ‘z salmog‘i bor.
A. M uxtor 1920-yil 23-dekabrda F arg‘ona shahrida temir
yo‘l ishchisi oilasida tug'ilgan, bolalar uyida tarbiyalangan.
Yoshligidan adabiyotga qiziqib,
badiiy asarlar mutolaasiga
berilgan. A. M uxtor 1938-1943-yillarda avval 0 ‘zDU (hozirgi
Sam D U )da, so ‘ngra T oshD U (hozirgi 0 ‘zM U )da o ‘qib,
universitet ta ’limini oldi. Shundan keyin Andijon pedagogika
institutida o ‘qituvchi va kafedra mudiri, «Yosh leninchi», «Qizil
0 ‘zbekiston» gazetalari tah ririyatida adabiy xodim b o ‘lib '
ishladi. «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida, « 0 ‘zbekiston
adabiyoti va san’ati» gazetasida bosh muharrir, 0 ‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasida rais o ‘rinbosari bo‘lib xizmat qildi.
A. M uxtorning badiiy ijodi 1938-yildan boshlangan. U
dastlab «Tilak», «Tong edi», «Qasam», «Abadiyat»
kabi ilk
she’rlarini, «Bizning avlod» nomli birinchi dostonini nashr
ettirdi. Ikkinchi ja h o n urushi yillarida yosh shoir harbiy
m udofaa m avzularida «B ugunning xitobi», «Jangchining
bayram kechasi», «G ‘alaba ishonchi», «Vatan», «Yevropadan
xat», «Nur oshiqlari», «G‘alaba» singari she’rlar yozib, o ‘sha
jangovar davr talablariga hozirjavoblik k o ‘rsatdi. A.
M uxtor
ijodi urushdan keyingi davrlarda har tom onlam a o ‘sdi va u
iste’dodli shoir va adib sifatida tanildi.
A. M uxtor she’riyati XX asrdagi o ‘zbek adabiyotining
yorqin bir sahifasini tashkil etadi. Uning asarlari chuqur poetik
323
fikrlarga, ehtirosli tuyg‘ularga, yorqin va jonli tasvirlarga boy.
A. Muxtorning «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim»
(1949), «Rahm at, mehribonlarim» (1954), «Chin yurakdan»
(1956), «Tanlangan asarlar» (1958), «99 miniatyura», «Dunyo
bolalari» (1962), «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «Quyosh belanchagi»
(1971), «Charxpalak» (1976), «Sizga aytar so‘zim» (1978),
«Qaysi asrdan gapirayapsiz» (1982), «Sirli nido» (1984),
«Tundalik» (1997) kabi she’riy to ‘plamlarida bu fazilatlar ochiq
ko‘rinadi. Shu bilan birga, bu kitoblar shoir mahorati
asardan
asarga o ‘sib borganini ham tasdiqlaydi.
A. M u x to rn in g sh e ’riy atd ag i k am o lo ti silliq va oson
kechgani yo‘q. Shoirning urushdan so‘nggi dastlabki yillarda
yozilgan b a’zi she’rlarida zamon
ruhi ochiq sezilmaydi, yorqin
badiiy umumlashmalar va teran xalqona mazmun yetishmaydi.
Chunonchi, «Poyezdda va poyezddagina emas», «Daqiqa va
abadiylik», «Kitob chiqqan soat» kabi she’rlarini mavhum,
tushunilishi qiyin bo ‘Igan mulohazalar,
noaniq fikrlar egallab
olgan. Ammo bunday nuqsonlar shoir she’riyatida ko‘p emas.
A. M uxtor o ‘z hayoti davom ida xilma-xil m avzularda
ko‘plab rang-barang lirik she’rlar yaratdi. «Keksa master so‘zi»,
«B obom ning bobosi», «B og‘im», «Tong otdi», «D adam
mashhur pechkachi o ‘tgan», «Tanish», «Shunday o ‘tgan umr
armonsiz» kabi she’rlarida inson va uning fe’l-atvori, xalqning
b u n y o d k o rlik fao liy a ti ixcham va nafis ifo d alan g an .
«Insonlikning m a’nosi o‘zgardi» she’rida inson hayoti va ruhiy
olamida yuz bergan buyuk sifat o ‘zgarishlari
sodda va ixcham
shakllarda aniq qilib ko ‘rsatib berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: