ongidagi fazilatlarn i tasvirlab, yangiliklarni k o ‘rsatishga
k o ‘proq e’tibor beradi. Bu xususiyat yozuvchining ocherk va
pub litsistik
asarlarid a, ayniqsa, ochiq nam oyon b o ‘ladi.
D arhaqiqat, G 'a fu r G ‘ulom ocherk va badiiy publitsistika
janrlarida yuzdan ziyod asar yaratgan va ularda zamonning
muhim g‘oyalarini aks ettirgan. Uning 30-yillarda yozilgan «Oq
J o ‘ran in g b o lalari» , « Z arb d o rn in g tu g ‘ilishi», « T o ‘q va
madaniy», «Semurg* qanotida» kabi ocherklarida halol mehnat
qilayotgan odamlarning jonli obrazlari tasvirlangan.
G ‘a fu r G 'u lo m n in g ikk in ch i ja h o n u ru sh i d av rid a
yaratilgan «Onalar», «Momoyi gisu naburida», «Shams ul-
hayot» singari ocherk va publitsistik maqolalarida xalqimizning
vatanparvarligi, qahramonligi, bosqinchi yovlarga qarshi olib
borgan matonatli kurashi aniq va ta ’sirli qilib ko‘rsatilgan.
G ‘afur G ‘ulom urushdan so'nggi yillarda «D arg‘a», «Piri
b a d a v la tla r» , «Q irq y o shd ag i q irch illam a y igitday»,
«Vatandoshlarimga tasalli», «Samarqand sayqali», «Toshkent
oqshomi» singari ocherk va publitsistik maqolalar yozib, hayot
haqiqatini aks ettirdi.
G ‘afur G ‘ulom ning nasrdagi m ahorati «Netay» (1930),
«Tirilgan m urda» (1934), «Shum bola», «Y odgor» (1936)
qissalarida yanada ochiq k o ‘rinadi. «Netay» qissasi sujeti
asosida o ‘tmishning achchiq hayot haqiqati yotadi.
Aytish kerakki, «Netay» qissasida ijobiy obrazlar bo‘sh va
yuzaki aks ettirilgan. Asar kompozitsiyasida
ortiqcha epizodlar
va o ‘rinsiz ta ’kidlar bor.
G ‘afur G ‘ulom ijodida «Shum bola» qissasi g‘oyat muhim
o ‘rin egallaydi. Asar har jihatdan mahorat bilan yaratilgan.
Asar sujeti — qiziqarli va ta ’sirli. Yozuvchi sujet yaratishda
hayot haqiqatiga tayanadi. Shu bilan birga, badiiy to ‘qimadan
unum li fo yd alan ib , sujet ipiga q ah ram o n n in g qiziq sar-
guzashtlarini, kechmish-kechirmishlarini ustalik bilan tizadi.
Voqea Shum bola tilidan yoqimli, zavqli tarzda hikoya qilinadi.
Yozuvchi asarda tasvirlangan ko‘p voqealarga komik tus bergan.
B unda u xalq o g ‘zaki ijodi b o y lik la rid a n m o h iro n a
foydalangan. Shum bola bilan Sariboy dialogi mashhur «Bir
yolg‘onda qirq yolg‘on» ertagi shakli asosida tuzilgan b o iib ,
184
unda yozuvchi Sariboyning ayanchli holatidan o ‘quvchilarni
qah-qaha otib kulishga «majbur» qila olgan.
Shum bolaning xatti-harakatlari, sho‘xliklari k o ‘pincha
bolaning yoshiga mos b o ‘lmaganligi uchun ham o'quvchida
kuchli kulgi uyg‘otadi. Shum bola ayasidan yashirib lippasida
moy, telpagi
ostida tuxum olib chiqadi, pochchasining noyob
qushlarini don o ‘rniga qatiq bilan boqib o id irib q o ‘yadi,
sh ariat qonu n-qo id alarin i bilm agan holda m u rd ash o ‘ylik
qiladi, o 'zin in g yolg‘on-yashiq x ab arlari bilan x o 'jay in i
S ariboyning o ‘takasini yoradi, eshonning h o ‘kizi o ‘rniga
uyqusirab eshagini so‘yib q o ‘yadi, o ‘ynashlar ustidan chiqib,
ularning «jinoyat»larini fosh etmoqchi b o ‘ladi... Bularning
ham m asi shum bola xarakterini ochishga bevosita xizmat
qilgan ham da qissaning qiziqarli, o'qishli va zavqli b o ‘lib
chiqishini ta ’minlagan. Shunisi muhimki,
bu detallar asarda
faqat qiziqchilik, b o ‘lar-bo‘lmasga kulgi hosil qilish uchun
ishlatilmaydi. Balki turli personajlarning qiyofasini ochishga
b o ‘ysundiriladi.
«Shum bola» qissasi G ‘afur G ‘ulom tarjimai holidagi ayrim
hollarni eslatadi. Chunonchi, G ‘afur G 'ulom «Shum bola»
qissasidagi Hoji bobo obrazi haqida gapirib: «Hoji boboga
m arh u m d ad am n in g k o ‘p qiziq x isla tla rin i, s o ‘zlarin i
shund o q q ina yozib q o ‘ya qoldim . D adam ham k o ‘chada
yurganlarida hassalarining uchi bilan yo‘ldagi qog‘ozlami titib
ko‘rardilar, non tushib qolgan bo‘lsa, olib o'pardilar, ko‘zlariga
surtib, keyin devor kovagigami, balandroq joygami q o ‘yardilar.
Hoji bobo ham shunaqa qiladi»51, — degan edi.
Yozuvchining
bu s o ‘zlari ham «Shum b o la» n in g m a ’lum d a ra ja d a
avtobiografik xarakterdagi asar ekanini tasdiqlaydi.
Biroq u bir butun holida avtobiografik asar emas, balki
badiiy to'qim a qissadir. G 'afur G ‘ulom «Shum bola» qissasi
ustida ju d a k o ‘p m ehnat qilgan. A sarni 1941-yilda va 60-
yillarning boshida ikki marta qayta ishlagan; har safar uni yangi
boblar, yangi voqea va detallar bilan boyitgan. Ana shu ijodiy
Do'stlaringiz bilan baham: