D. D. Shostakovichning simfonik asarlarid



Download 106,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi106,51 Kb.
#751539
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu-4D.D.Shostakovich



D.D.SHOSTAKOVICHNING SIMFONIK ASARLARID. 
 
Shostakovichning butun uslubiga xos bo‘lgan falsafiy fikrlar va publitsistik 
plakatlar, nozik lirika va grotesk umuman olganda 1920- yillardagi zamon va unga 
xos bo‘lgan jihatlarni aks etgan edi (yana bir bor bu yerda Vsevolod Meyerhold 
teatrini eslash o‘rinli bo‘ladi). D.D.Shostakovich musiqasining inqilobiy davr bilan 
uyg‘unligi juda kuchli bo‘lgan. Masalan, 20-yillarda eng yaxshi san’at asarlaridan 
biri 67 bo‘lgan “Bronenosets Potemkin” nomli ovozsiz filmga D.Shostakovichning 
turli yillardagi simfoniyalari yordamida ovoz berilishi kutilmagan ajoyib badiiy 
natijalarga olib kelgan. “Bronenosets Potemkin” nomli film haqida V.Shklovskiy 
quyidagi fikrni bildirgan: “Bronenosets Potemkin” buyuk shoirning buyuk 
poemasidir” (258, 477). Shunga monand ravisha aytish mumkinki, 
D.D.Shostakovich musiqasi ataylab inqilob haqidagi bunday ajoyib film uchun 
yaratilganday tuyuladi. Agar D.Shostakovichning simfoniyasida kurash ruhi 
bo‘lmaganda, zamondoshlar tomonidan yaxshi his etilgan hayot bilan bevosita 
aloqasi kuzatilmaganda, bunday holat yuz bermasdi. Kompozitorning birinchi 
simfoniyasi uning diplom ishi bo‘lgan. Liriko-dramatik mazmunga ega bo‘lgan bu 
simfoniyada jo‘shqin yoshlik, bardamlik, optimizm, ko‘tarinki ruh, ta’ziyali 
mazmun, histuyg‘ular harakati chatishib ketgan edi. Simfoniya ijrosining 
boshlanishidan undan misoli bahor hidlari ufurib turar, tomoshabinlar uni quvonch 
bahshida etuvchi asar sifatida kutib olar edi. Chunki tinglovchilar o‘zlariga o‘sha 
davrda ma’qul bo‘lgan narsalarni, ya’ni marsh mazmuniga ega bo‘lgan birinchi 
qismni, ikkinchi qismidagi hajviyani, hayot quvonchlariga to‘lgan skertsoni 
(ikkinchi qism) va baland ruh bilan ajralib turgan uchinchi qismlarni tanlab olar edi. 
Uchinchi qismdagi fojeali ohanglar, shuningdek nozik intonatsiyalar qo‘pol 
ko‘rinishlarda transformatsiyalangandan keyin anglashildi. Shunday qilib, 
D.Shostakovichning birinchi katta ishi kompozitorning fikrini, ruhini va o‘sha 
davrdagi ziddiyatlarini birlashtirib, murakkab va dramatik kontseptsiyalarining 
manbai bo‘ldi. Birinchi simfoniyaning keyingi ikkitasi bilan o‘xshamasligi yaqqol 
ko‘zga tashlanar edi. Kompozitor Ikkinchi va Uchinchi simfoniyalarni “Oktabrga 
bag‘ishlov” (1927) va “Birinchi may” (1928) deb nomlab, asarlarning g‘oyalari va 
obrazliligini ta’kidlaydi. Bir qismli xorli simfoniyalardagi ifodaviy vositalar, 
ayniqsa Ikkinchisida shu darajada bo‘rttirilgan, umumlashtirilgan va ma’noliki, ular 
janrni xor bilan ijro etiladigan simfonik plakatga yaqinlashtiradi. Plakatlilik ham 
davrning tarkibiy bir qismi bo‘lib qolgan edi. U shu paytgacha bunday kuch va 
badiiylikka ega bo‘lmagan edi. O‘sha paytda “Okno ROSTA” chiqargan plakatlar 
o‘zining lo‘ndaligi va ifodaviyligi 68 bilan ajralib turardi. O‘sha davrga taalluqli 
bunday tarixiy obidalarni bugungi kunda Moskva shahrining Mayakovskiy 
muzeyida ko‘rish mumkin. Teatr spektakllari yechimlari ham plakatlilik bilan ajralib 
turardi. Bu ayniqsa uning yangi turlarida - TRAMda "Moviy bluza”da ko‘zga 
tashlangan. D.D.Shostakovich bunday ehtirosli va ommabop san’at mohiyatini, 
yuqorida qayd qilinganidek, TRAMda V.Meyerhold bilan birga ishlaganda tushunib 
olgan. D.D.Shostakovich yangi teatrning inqilobiy g‘oyalarini va davrning shahdam 
qadamlari aks etilgandek tuyulgan obrazlilikning sodda tilini o‘ziga yaqin tutgan edi. 
Shu bilan birga kompozitorning simfoniyalarida ramziy elementlar mavjudligini 


sezmasdan bo‘lmaydi. Tasodif emaski, P.L.Filonovning “Boshlar. 
D.D.Shostakovichning Simfoniyasi” kartinasida simfoniya tasvirlangan. Eslatish 
joizki, mazkur kartinada geometrik figuralar chizilgan bo‘lib, ulardan real bo‘lgan 
insonlar yuzlari ko‘rinar edi. Bu yuzlar o‘zlarining bir-biriga o‘xshashligi bilan 
dahshatlidir. D.Shostakovichning Ikkinchi simfoniyasiga tegishli obrazli 
dramaturgik g‘oya biroz boshqacha bo‘lsa ham, xaosdan tartiblilikka, asboblar 
jarangidan xor ijrosiga intilishdan iboratdir. Shu bilan birga, bari bir xor ijrosi 
Filonovning tasvirlarini eslatadi. 

Download 106,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish