O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI “IQTISODIYOT VA
MENEJMENT”KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU
:
Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va roli.
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) ta‟lim yo‟nalishi
Bajardi 2-kurs 118-guruh talabasi
Julliyev Qahramon
Ilmiy rahbar: ______________
Termiz – 2020
MAVZU
:
Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va roli.
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ularni guruhlashni nazariy asoslari
2.
Mamlakatimizda soliqlarni undirish mexanizmining amaldagi holati
tahlili
3.
Soliqlarni davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi rolini oshirish
masalalari
4.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlarni o‟z vaqtida
tushib
turishini ta‟minlash masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuning dolzarbligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‟zining
ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‟lgan mablag‟larning
asosiy
qismini soliqlar orqali to‟playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy
byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun
moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‟lovchi
shaxslarning tadbirkorlik
faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga
bo‟lgan intilishini rag‟batlantiradi, narx belgilashga ta‟sir ko‟rsatadi,
aholining turmush darajasini tartibga solib turadi,
imtiyozlar yordamida
esa aholining kam ta‟minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni
tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan
huquqiy va jismoniy shaxslar o‟rtasida vujudga keluvchi ob‟ektiv majburiy
to‟lovlarga as oslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu
moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‟lib, milliy
daromadning bir qismi bo‟lgan pul mablag‟larini davlat ixtiyoriga safarbar
qilishga
xizmat
qiladi.
O‟zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning ta‟kidlaganidek, “Soliq yukini yanada kamaytirish,
jumladan, yuridik shaxslar uchun foyda solig„i stavkasini 9 foizdan 8
foizga, jismoniy shaxslar uchun eng kam soliq hajmini 8 foizdan 7,5
foizga tushirish iqtisodiyotimiz rivojida
albatta muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunday soliq yengilliklari 130 milliard so„mdan ortiq mablag„ni
tejash va uni korxonalar ixtiyorida qoldirib, ularning o„z aylanma
mablag„larini ko„paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va
texnologik
yangilash, shuningdek, aholi daromadlarini 90 milliard
so„mdan ko„proq oshirish imkonini beradi”.
Soliqlarning jamiyat hayotidagi rolini oshib borishi bilan davlat byudjeti
daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog‟liqdir.
Soliq
bozor konyukturasini boshqarishga o‟ziga xos vosita hisoblanadi. Soliq
vositalari orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo‟lsa ularni
inqiroz holatiga tushib qolishiga sababchi bo‟lishi mumkin. Shu bois
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va ularni to‟g‟ri yo‟naltirish,
samaradorligini oshirish, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni ta‟minlashda
soliq munosabatlari muhim rol o‟ynaydi. Soliq siyosatini oqilona yuritish
nafaqat makroiqtisodiy barqarorlikni ta‟minlashga,
balki mukammal
byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga
erishish mumkin bo‟ladi. Shu nuqtai-nazardan mazkur kurs ishi mavzusi
dolzarbdir.