"iqtisodiyot va turizm" fakulteti "iqtisodiyot va menejment"kafedrasi


Soliqlarni davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi



Download 422,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana12.07.2022
Hajmi422,16 Kb.
#782278
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qahramon

3. Soliqlarni davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi 
rolini oshirish masalalari. 
Barcha mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlanishida soliqlar byudjet 
daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan 
belgilangan majburiy to‟lovlar bo‟lib, yuridik va jismoniy shaxslardan 
undiriladi. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida 
jamg‟armalar tashkil etilishi mumkin bo‟lib, ularga qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda majburiy to‟lovlar belgilanadi. Hozirgi davrda 
respublikamizda 
quyidagi 
soliqlar–foyda 
solig‟i, 
daromad 
solig‟i,qo‟shilgan qiymat solig‟i, aksiz solig‟i, yer qa‟ridan 
foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‟lovlar, suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‟i, yer solig‟i, obodonlashtirish 
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‟i, transport vositalariga 
benzin, dizel yoqilg‟isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal 
qilmoqda. Soliqlardan tashqari majburiy to‟lovlar – ijtimoiy 
jamg‟armalarga majburiy to‟lovlar (yagona ijtimoiy to‟lov, Pensiya 
jamg‟armasiga sug‟urta badallari va majburiy ajratmalar), Respublika yo‟l 
jamg‟armasiga majburiy to‟lovlar (majburiy ajratmalar va yig‟imlar), 
davlat boji, bojxona to‟lovlari, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo 
qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‟rsatish huquqi uchun yig‟imlar ham 
amal qiladi. 


Soliqlarni undirish O‟zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga ko‟ra 
soliq inspektsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq Kodeksi soliqlar 
va boshqa majburiy to‟lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish 
hamda O‟zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga va davlat 
maqsadli jamg‟armalariga to‟lash bilan bog‟liq munosabatlarni, 
shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‟liq munosabatlarni 
tartibga soladi. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda bir qancha 
imtiyozlar belgilangan va hozirgi sharoitda ushbu belgilangan imtiyozlar 
ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlanishi uchun 
imkoniyatlar yaratib bermoqda.
O„zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar kundan-
kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo„jalik yurituvchi subyektlarni 
erkinalshuvida namoyon bo„lmoqda. Davlat bilan korxonalar o„rtasidagi 
munosabat endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga 
aylanmoqda. Bu esa ushbu jarayonni chuqur o„rganishni, tahlil qilishni 
taqozo etadi.
Hozirgi sharoitda respublikamizda soliqqa tortish tizimining samarali 
modelini yaratish yuzasidan tinmay ish olib borilmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta„kidlab o„tganidek 
soliq siyosatini takomillashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va 
moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim 
ahamiyatga ega.
Prezident kitobida takidlaganidan: «Bozor sari sayin iqtisodiyotni 
boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy ravishda o„zgaradi. 
Davlat, uning hokimiyatni boshqarish tuzilmalari xo„jalik faoliyatiga 
to„g„ridan-to„g„ri aralashishni yig„ishtirishlari kerak» Iqtisodiy va ijtimoiy 


jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish keng malum vositalar - 
moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati yordamida amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlari rivojlanayotgan sharoitda soliqlar iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo„lib keladi. 
Jamiyat rivojlana boshlagan sari soliq tizimi ham rivojlanib, 
takomillashtirilib boriladi.
Respublikamizning mustaqilligiga 20 yil to„lar ekan, soliqqa tortish 
tizimi mamlakatimizda moliya budjet tizimini eng ahamiyatli tarmog„iga 
aylanib qoldi. To„g„ri soliq siyosati respublikada ijtimoiy-sotsial 
vazifalarni echishda muhim boshqaruvchi omil bo„lib qoladi.
Soliqqa tortish tizimini tahlili shuni ko„rsatadiki, xozirgi davrda 
soliqlarni rag„batlantiruvchi vazifasi moliya-budjet omillari to„g„ri 
ishlatgan holda korxona va tashkilotlarni ishlab-chiqarishini ko„tarishiga, 
ularni kuchaytirishga erishish maqsadida soliq solinadigan bazasini 
batafsil aniqlab, uning kengaytirish imkoniyatlari bo„yicha muayyan tahlil 
qilib, soliq tizimini takomillashtirish bo„yicha umumiy yondoshuvlarga 
aniq yo„lni topib olish lozim. 
Bozor iqtisodiyoti har xil uslublar bilan boshqarilishi mumkin, 
shulardan bittasi davlat byudjetidir, chunki budjetda davlatning sotsial-
ijtimoiy rivojlanishini yo„nalishlari va bu yo„nalishlarni rivojlanishini 
mablag„ bilan taminlash manbalari keltiriladi. Davlat budjetini daromad 
qismini asosiy manbasi esa soliq va majburiy to„lovlardan tashkil topgan.
Davlat budjetiga tushgan soliq va to„lovlarni tushumini tahlil qilish 
natijasida soliq tizimini rivojlantirish samaradorligi, korxonalarni ishlab 
chiqarish sharoitlarni, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solish 
faktorlari o„rganib chiqiladi va ishlab-chiqarish uchun «soliq iqlimi» 
yaratiladi. Tahlil asosida soliqlarning ishlab-chiqarishni o„sish sur‟atlarini 


o„sishi yoki pasayishi, mablag„ to„planishini tezlatilishi yoki 
sekinlashtirilishi, aholining to„lov qobiliyati kengayishi yoki kamayishi 
bo„lgan tasiri o„rganib chiqiladi.
Soliq stavkalarini, imtiyozlar va jarimalarni ustalik bilan qo„llab turib 
davlat muayyan tarmoqlar va ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun 
sharoit yaratiladi. Masalan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 
yil 24 dekabrdagi №PQ-1449-sonli «O„zbekiston Respublikasining 2011 
yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko„rsatkichlari prognozi va davlat budjeti 
parametrlari to„g„risida»gi Qarorida foyda solig„i stavkasi yuridik shaxslar 
uchun 9 foiz qilib belgilanganda, quyidagi yuridik shaxslar uchun 
imtiyozli stavkalar belgilangan:
eksportga 
mahsulot 
chiqaruvchi 
xo„jalik 
sub‟ektlarini 
realizatsiyasida eksport mahsulotlarining xajmi 15-30 foizni tashkil etsa 
soliq stavkasi 30% kamaytiriladi; eksport mahsulotining xajmi 30 foizdan 
yuqori bo„lsa belgilangan stavka 2 baravarga kamaytiriladi.
Soliq stavkalarini boshqa davlatdagi xuddi shunday soliq stavkalariga 
qiyoslanishi esa, mintaqaga xos xususiyatlarini nazarga olgan holda 
boshqa mamlakatlar bilan teng bo„lgan xo„jalik faoliyati shart-sharoitlari 
vujudga keltirilishi lozim. Bu esa o„z navbatida respublikaga chet el 
investitsiyalarni keltirishga imkoniyat yaratib beradi. Lekin ushbu shart-
sharoitlar qattiq qo„yib berilsa investitsiya jalb qilish qiyinlashadi va 
aksincha engillashtirilsa davlat budjetiga salbiy ta„sir ko„rsatiladi. Soliq 
tizimini tahlili shuni ham ko„rsatadi, soliqlarni yig„ish jarayoni imkon 
qadar arzonlashtirilishi kerak, buning uchun respublikada soliqqa tortish 
tartibi takomillashtirilishi bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari va 
boshqa axborot ta„minotlari ham yo„lga qo„yiladi.
Soliqlarni tahlil qilishni asosiy turlari quyidagilar: 


gorizontal (vaqtiy) tahlillash, bu degani soliqlar tushumini oldingi 
davrdagi soliqlar tushumi bilan qiyoslash;
vertikal (tarkibiy) tahlillash, bunda soliqlarning umumiy tushumida, 
har bir soliq manbasini aniqlash va soliqlarning umumiy tushumiga tasirini 
o„rganish;
omilliy tahlillash, bu usul bilan soliqlar tushumini umumiy xajmiga, 
yoki soliqlar turi bo„yicha bo„lgan o„zgarishlarga tasir etuvchi omillarni 
o„rganish.
Soliqlar 
tushumini 
tahlil 
qilishda 
qator 
ko„rsatkichlardan 
foydalaniladi.
Ko„rsatkichlarni mazmuni bo„yicha bo„lar miqdor va sifat 
ko„rsatkichlariga bo„linadi. Masalan: miqdor ko„rsatkichlar bu soliqlar 
tushumini umumiy hajmi, yuridik va jismoniy shaxslarni to„lagan 
soliqlarini umumiy miqdori hisoblansa, sifat ko„rsatkichlari deb soliq 
turlari bo„yicha tushgan tushumlar hisoblanadi.
Ko„rsatkichlar ifodalanish shakli bo„yicha ikki guruhga: mutloq va 
nisbiy ko„rsatkichlarga bo„linadi.
Mutloq ko„rsatkichlar iqtisodiy jarayonni sanaydigan va o„lchaydigan 
boshlang„ich ko„rsatkichdir. Masalan: soliq to„lovchilarning soni; ularning 
turlari; to„lagan soliqlarining hajmini aniqlash kiradi.
Nisbiy ko„rsatkichlar yordamida turli mutloq ko„rsatkichlarni turli 
davrda hajmini bir-biriga solishtirish yo„li bilan aniqlanadi.
Nisbiy ko„rsatkichlar (koeffitsientlar) yordamida soliqlar tushumini 
umumiy xajmini, soliq manbalari bo„yicha o„tgan davrga nisbatan o„sish 
so„r‟atlari, bajarilish foizlari aniqlanadi;


Masalan: soliqlar tushumini umumiy hajmini o„tgan davr 
ko„rsatkichlari bilan solishtirib o„sish suratini, bajarilish foizini aniqlash 
mumkin.
Soliqlar tushumini tahlil qilishda eng ko„p qo„llaniladigan usullarda 
bittasi bu solishtirish usulidir. Bu usulni qo„llash bilan tahlillash 
boshlanadi. Shu usul orqali tahlil qilinayotgan ko„rsatkichlarni farqi 
aniqlanadi. Solishtirishda asos qilib miqdorlar olinadi, jumladan, yangidan 
yaratilgan yalpi daromad, ichki mahsulotning yillik miqdori, milliy 
daromadning miqdori, umumiy soliqlar tushushmining miqdori va 
boshqalar. 

Download 422,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish