2.
Mamlakatimizda
soliqlarni
undirish
mexanizmining
amaldagi holati tahlili
Respublikamizda asosan soliqlar budjet tizimi daromadlarini
shakllantiradi. Davlat budjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy va ma‟naviy hayotini moliyaviy mablag„ bilan ta‟minlaydi va bu
O„zbekiston Respublikasining budjet tizimida umumrespublika budjeti
yetakchi bo„g„inidir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita
davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi -
O„zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta‟minlaydi.
Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo„lgan,
umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq
xo„jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni,
mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning
moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag„ bilan ta‟minlashga ishlatiladi.
Umumrespublika budjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog„iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika budjetidan
davlat budjetining bu bo„g„ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma
ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog„iston Respublikasining budjeti pul mablag„larini
respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga
oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish
uchun markazlashtiradi.
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‟ra O‟zbekiston Respublikasi
hududida soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar amal qiladi. Soliqlar joriy
qilishga faqat O‟zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‟lovlar tarkibiga quyidagilar
kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‟i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‟i;
3) qo‟shilgan qiymat solig‟i;
4) aksiz solig‟i;
5) yer qa‟ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‟lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili O‟zbekiston Republikasi Prezidentining
qarorida belgilangan normativlar bo‟yicha tegishli mahalliy budjetlar
o‟rtasida taqsimlanadi.
7) ijtimoiy jamg‟armalarga majburiy to‟lovlar:
yagona ijtimoiy to‟lov;
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‟lash fondidan yagona ijtimoiy
to‟lov belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamg‟armalari
(budjetdan tashqari Pensiya jamg‟armasi, Bandlikka ko‟maklashish davlat
jamg‟armasi) hamda O‟zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi
Kengashi o‟rtasida taqsimlanadi.
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‟armasiga sug‟urta
badallari;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‟armasiga majburiy ajratmalar.
8) Respublika yo‟l jamg‟armasiga majburiy to‟lovlar:
Respublika yo‟l jamg‟armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‟l jamg‟armasiga yig‟imlar.
9) budjetdan tashqari Umumta‟lim maktablari, kasb-hunar kollejlari,
akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish,
mukammal ta‟mirlash va jihozlash jamg‟armasiga majburiy ajratmalar;
10) davlat boji. Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni
amalga oshirganlik va bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar,
shuningdek
mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan
majburiy to‟lovdir. Bunday vakolatli muassasalarga misol qilib sud va
natorial idoralari, O‟zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va
uning konsullik muassasalarini keltirish mumkin. Davlat bojining
stavkalari O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi;
11) bojxona to‟lovlari. Bojxona organlari bojxona ishini amalga
oshirishda belgilangan tartibda bojxona to‟lovlarini undiradi. Bojxona
to‟lovlarining quyidagi turlari mavjud:
bojxona boji;
import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan qo‟shilgan qiymat
solig‟i;
import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aksiz solig‟i;
bojxona yig‟imlari.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‟lanadigan umumdavlat
soliqlari:
12) yagona soliq to‟lovi;
13) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‟yicha qat‟iy belgilangan
soliq.
Mahalliy budjetlar O„zbekiston Respublikasi budjet tizimining muhim
tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy
organi o„z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq
moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-
ehtiyojlarni to„laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan
tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to„g„ri olib borish imkonini
beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining
ko„payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to„g„risida tinmay
g„amxo„rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish
sur‟atlari to„g„ridan-to„g„ri mahalliy xo„jalik zahiralarini safarbar qilish,
mablag„larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog„liq
bo„ladi, bu esa o„z navbatida umuman O„zbekiston Respublikasi davlat
byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy
byudjetlardan uy-joy-kommunal xo„jaligi va obodonlashtirish, maorif va
sog„liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha
tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta‟minot sohasidagi tadbirlar
mablag„ bilan ta‟minlanadi.
Qoraqalpog„iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig„imlar soliq
Kodeksi, O„zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari,
shuningdek Qoraqalpog„iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham
tartibga solinadi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig‟i;
2) yer solig‟i;
3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‟i;
4) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‟isi va gaz ishlatganlik
uchun olinadigan soliq;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni ko‟rsatish huquqi uchun yig‟im;
6) yagona yer solig‟i (soliq solishning soddalashtirilgan tartibidagi
soliq)
Yuqorida ko‟rib o‟tganimizdek, Respublikamizda mahalliy davlat
hokimiyati idoralarining asosiy daromad manbai hisoblangan mahalliy
soliqlar va yig‟imlar bilan bog‟liq muammolar markazida ularning
mahalliy budjetlar xarajatlarini to‟liq miqdorda moliyalashtira
olmasligidadir. Shuning uchun ham umumdavlat soliqlaridan mahalliy
budjetlarga ajratmalar, ya‟ni tartibga solinadigan soliqlardan to‟liq yoki
qisman ajratmalar belgilash tizimi amal qiladi va ulardan kelib chiqib
mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlari yana bir
qadar oshirilgan bo‟lsada, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati
idoralarining soliqlar va yig‟imlar bo‟yicha vakolatlari qonunchilik nuqtai-
nazaridan bir qadar cheklangan, amalda esa o‟z hududlarida undiriladigan
barcha soliqlar va yig‟imlarni nazorat qilish tizimi amal qiladi. Shu o‟rinda
ta‟kidlash lozimki, respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli
hokimiyat organlarining soliqlar va yig‟imlar bo‟yicha vakolatlarini
yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu
boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo‟nalish qilib belgilanishi lozim.
Jahon tajribasi shuni ko‟rsatadiki, mahalliy budjetlarga soliqlardan
ajratmalar yagona normativ asosida amalga oshirilsa va bu normativlar
uzoq muddat o‟zgarmas saqlansa, salbiy holatni kamaytirishi mumkin.
Faqat shu holdagina, mahalliy budjetga ma‟lum davrda qonuniy tartibda
yig‟ilgan soliqlarning bir qismi barqaror tushib turishiga imkon yaratiladi.
Mahalliy hokimiyat ana shu o‟ziga tegishli tushumni ta‟minlash uchun
barcha imkoniyatini ishga soladi.
Xulosa qilib aytsak, tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlashni isloh
qilishning muhim chorasi, respublikamiz bo‟yicha ma‟lum davrda barqaror
normativlarning joriy etilishi hisoblanadi. Tartibga soluvchi soliqlar
bo‟yicha belgilangan rejadan ortiq tushumlardan esa mahalliy budjetlar
ixtiyorida qoldiriladigan tushumlari 50% qilib belgilash maqsadga
muvofiqdir.
Ma‟lum muddat belgilangan barqaror normativlar budjet aniqligini,
istiqbol rejalarini yaxshilanishini, budjet boqimandalarini kamayishini
hamda budjet parametrlarini ishlab chiqishda kelishuvchanlik amaliyotini
qisqartirishni ta‟minlaydi. Rejadan ortiq tushumlarni yagona normativ
asosida
taqsimlash,
rejadan
ortiqcha
tushumlar
yig‟ilishada
manfaatdorlikni oshiradi, respublika va mahalliy budjetlar daromad
bazasini mustahkamlab dotatsiya hajmini kamaytiradi.
Ta‟kidlab o„tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili
qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo„yicha tegishli budjetlar
o„rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |