52
Saflanish mashqlari bolalarda tо‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat
qiladi.
Ular turli buyumlar bilan, qо‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar (doira,
nog‘ora) jо‘rligida bajarilishi mumkin.
Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha gruhi – asosiy harakatlar,
umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan
funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta’sir
kо‘rsatadi.
5-Bо‘lim.Harakatli о‘yinlar-bolalar jismoniy tarbiyasining
asosiy
metodi va
vositasi.
5.1.Harakatli о‘yinlar haqida tushuncha va ularning xususiyatlari.
5.2.
Harakatli о‘yinlarning turlari
5.3.Harakatli о‘yinlarni о‘tkazish metodikasi.
5.4Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport о‘yinlari.
Tayanch so‘zlar
: Harakatli о‘yinlar, о‘yin faoliyati, emotsional kо‘tarinkilik,
kuchli ishtiyoq, mо‘ljal olish qobiliyati, tezda qaror qabul qilish, harakatli
о‘yinlarning turlari.
5.1Harakatli о‘yinlar haqida tushuncha va ularning xususiyatlari
Harakatli о‘yinlar muhim ahamiyatga ega bо‘lgan kompleks ta’lim-tarbiya
jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning
harakat faoliyati
jismoniy
rivojlanishga,
harakat
kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarning
shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional
quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy
ta’sir etadi. Harakatli о‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va
metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab о‘tilgan vazifalarni
samarali hal etishga
yordam beradi.
Harakatli о‘yinlarni о‘tkazishda erishiladigan sog‘lomlashtirish samarasi
bolalarning о‘yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi
ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Emotsional kо‘tarinkilik
bolalarda barcha uchun umumiy bо‘lgan maqsadga erishishga intilish uyg‘otadi va
u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning о‘zaro mosligida, fazoda va о‘yin
sharoitlarida aniq mо‘ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda
bajarilishida ifodalanadi. Bunda bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli
ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli tо‘siqlarni yengib о‘tishga
yordam
beruvchi irodaning roli oshadi.
53
Harakatli
о‘yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat
kо‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bо‘lib
xizmat qiladi. О‘yin jarayonida bola о‘z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas,
balki maqsadga erishishga qaratadi. U о‘yin shartlariga muvofiq harakat qiladi,
bunda chaqqonlik kо‘rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning
uchun masalan, «Bо‘ri jarlikda» о‘yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni
bilib olganlaridan keyin beriladi.
Harakat faoliyati sifatida harakatli о‘yin muayyan maxsus xususiyatlarga
ega. U boladan signal va о‘yinda tо‘satdan bо‘ladigan о‘zgarishlarga
tezda javob
berishni talab qiladi. О‘yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar mushak
tarangligi darajasining о‘zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan, «Tuzoq»
о‘yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim:
boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib
о‘tadi; о‘zini xavfsiz sezgach,
sekin harakat qilib, tо‘xtab turadi; boshlovchi
yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli о‘yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid
signallar mavjud. Bunday faol harakat faoliyati bola qо‘zg‘alish va tormozlanish
jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimni mashq
qildiradi,
shuningdek, kuzatuvchanlik, topqirlik, о‘zgaruvchan atrof-muhitda
mо‘ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yо‘lini topish, tezda
qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik tashabbus kо‘rsatish,
maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.
Harakatli о‘yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib
taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog‘liq
bekinmachoqlar, ermak о‘yinlar yordamida tarbiyalanganlar.
Undan kattaroq
yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bо‘lgan (о‘z ichiga
bolalarni rom qiluvchi о‘yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni
oluvchi) xalq о‘yinlari katta о‘rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy
jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda, shu nuqtai nazardan ular
qimmatli folklor о‘yinlarini tashkil etadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: