307
ifodalanadigan salbiy oqibatlarni kamaytirish.
Bu xarajatlar uch asosiy ko`rinishda bo`ladi: Buyurtmani joylashtirish.
1.
Saqlash.
2.
Zaxiralarning yetarli bo`lmagan darajasi bilan bog’liq bo`lgan xarajatlar.
Bu muammoni yechish bo`yicha bir qancha modellar ishlab chiqilgan.
Chiziqli dasturlashtirilgan model.
Bu model raqobatchilik ehtiyojlari mavjud
bo`lgan holda taqchil resurslarni taqsimlashda optimal usulni aniqlash uchun
qo`llaniladi. Chiziqli dasturlashtirish odatda ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklarni
yechish uchun shtabli bo`linmalardagi mutaxasssislar tomonidan qo`llaniladi.
Masalan, bunday modellarga optimal ishlab chiqarish assortimentini aniqlash,
texnologik
jarayonni boshqarish, zaxiralarni boshqarish, ishchilarni taqsimlash,
transport masalalari kabilar kiradi.
Immitatsion model.
Yuqorida ko`rsatilgan hamma modellar immitatsion
modellar
hisoblanadi, chunki ularning hammasi reallikni aks ettiradi. Shunga
qaramasdan, modellashtirishning uslubi sifatida,
immitatsiya
real holatning
o`zgarishlarini aniqlash uchun model yaratish va uni eksperimental qo`llash
jarayonini bildiradi. Masalan, ishlab chiqarish bo`yicha
mutaxassislar va
moliyachilar, ishlab chiqarish faoliyati o`sishi, yangi texnologiya yoki ishchilar
tarkibini o`zgartirish natijasida qo`shimcha foyda olish immitatsioн modellarini
tuzishi mumkin. Marketing bo`yicha mutaxassis narx o`zgarishi natijasida yoki
reklama asosida maqsulot sotish hajmining o`sishini immitatsiya qilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlil modeli.
Bu model xarajatlarni
va iqtisodiy foydani hamda
korxonalar faoliyati rentabelligini baholashning hamma uslublarini o`z ichiga
oladi. Oddiy iqtisodiy model zararsizlik nuqtasini aniqlashga asoslangan, ya`ni
umumiy daromad jami xarajatlar bilan tenglashadigan,
korxona foyda olishni
boshlaydigan nuqtani aniqlashdagi qaror qabul qilish uslubi.
Zararsizlik nuqtasi (break-even point-BEP) shunday holatni ko`rsatadiki, unda
umumiy daromad (total revenue - TR) umumiy xarajatlarga (total costs - TC) teng
bo`lib qoladi. Zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulot sotiladigan narxni, bir
birlik mahsulot o`zgaruvchan va doimiy xarajatlarini hisobga olish kerak:
308
VC
P
TFC
BEP
Bunda: TFC - doimiy xarajatlar;
R - mahsulot birligi narxi;
VC - o`zgaruvchan xarajatlar.
Narx (price - P) firma har bir birlik tovar va xizmatlarni sotishdan qanchalik
daromad olishini ko`rsatadi. Bir birlik mahsulot o`zgaruvchan xarajatlari (variable
cost - VC) - bu har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga to`g’ri bog’liq bo`lgan
amaldagi xarajatlar. Jami doimiy xarajatlar (total fixed cost - TFC) bu boshqaruv
apparatiga ketgan xarajatlar, tsex xarajatlari va h.k.z.
Zararsizlik nuqtasini tahlil qilish firma uchun ko`proq qulay bo`lgan muqobil
yo`llarni tanlash imkonini beradi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo`linadi, omillar aniqlanadi;
tanlab olingan omillarning o`zaro aloqasi aniqlanadi va o`zaro ta`siri baholanadi,
vazifani hal etish modeli belgilanadi;
tadbirlar majmui ishlab chiqiladi;
qarorlar
variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo`llari aniqlanadi.
Modellashtirishni quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: