300
tanlov muqobil variantlarini baholashi kerak bo`ladi. Bu standartlarni qaror qabul
qilishning mezonlari deb ataladi.
3.
Muqobilliklarni aniqlash.
Muammo sababini bartaraf etadigan barcha
mumkin bo`lgan harakatlarni mumkin qadar yuzaga chiqarish kerak.
4.
Muqobilliklarni baholash.
Faqatgina barcha g’oyalar ro`yxati
tuzilganidan
keyin har bir muqobillikni baholashga o`tish kerak.
5.
Muqobillikni tanlash.
Rahbar ancha ijobiy oqibatlarga olib keladigan
muqobillikni tanlaydi.
Muammolarni yechish jarayoni muqobilliklarni tanlash bilan tugallanmaydi
(12.5-chizma).
12.5-chizma. Qarorni amalga oshirish va baholash.
Muammoni yechish uchun yoki mavjud imkoniyatdan
foyda olish uchun
qaror amalga oshirilishi kerak. Agar qaror taalluqli bo`lgan shaxs tomonidan tan
olinsa, qarorni amalga oshirish samaradorligi darajasi ko`tariladi.
Teskari aloqa bosqichida qaror oqibatlarini o`lchash va baholash yoki olingan
natijalarni rahbar kutgan natijalar bilan solishtirish lozim.
Eng maqbul qarorni ishlab chiqish ko’p jihatdan
omilkor kishilarning va,
ayniqsa, kelgusida shu qarorni bajaruvchilarning fikri naqadar to’la hisobga
olinganligiga bog’liq.
Mezonlar tanlab olingach, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga o’tiladi.
So’ng qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o’tiladi. Bu bosqichda qo’yilgan
vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.
Har qanday qarorni qabul qilishda rahbar quyidagi 10 ta
tamoyilga amal qilsa,
foydadan xoli bo’lmas edi.
1.
Tavsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni to’laligicha hal qiling.
Natijalarni
baholash
Qaror qabul qilish
Qarorni amalga
oshirish
Teskari
aloqani
o`rnatish
Qaror
to`g’risidagi
ma`lumot
301
2.
Ehtimol tutilgan hamma variantlarni ko’rib chiqmagunga qadar qaror qabul
qilmang.
3.
Hatto hamma tan olgan haqiqatlarga
ham shubha bilan qarahg, ularni rad
etishdan qo’rqmang.
4.
Muvaffaqiyat juda oz bo’lib ko’ringanda ham oldingizda turgan muammoga
turli xil nuqtai-nazarlardan qarashga intiling.
5.
Hal qilingan muammoning mohiyatini yaxshiroq
tushunib olishga yordam
beradigan model yoki o’xshashlikni izlang.
6.
Haqiqatga yaqinlashish uchun imkoni boricha ko’proq savollar bering.
7.
Xayolingizga kelgan birinchi qaror bilan qanoatlanib qolmang.
8.
Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin o’z muammolaringiz haqida biror bir
kishi bilan gaplashib ko’ring.
9.
O’z sezgi va hissiyotingizga e’tibor bilan qarang.
10.
Har bir kishi hayotda va har kuni paydo bo’lib turadigan muammolarga o’z
nuqtai-nazaridan qarashini unutmang.
Imkoni boricha kamroq farmoyish berish kerak. Tajriba shuni ko’rsatadiki,
farmoyish qanchalik ko’p bo’lsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik
qiyin bo’ladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi.
Topshiriqlarni har xil vaqtda, bajarish izchilligiga
qarab berish maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: